Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida (O‘RQ-763-son)
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida (O‘RQ-763-son)
12.04.2022
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 16-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2021-yil 30-sentabrda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning toʻlovga qobiliyatsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning amal qilishi davlat muassasalariga va boshqa notijorat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar mustasno.
2-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilik
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda yuridik va jismoniy shaxslarning toʻlovga qobiliyatsizligiga oid munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
bankrot — sudning qaroriga asosan toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan va oʻziga nisbatan tugatishga doir ish yuritish yoki mol-mulkini sotish tartib-taomili qoʻllaniladigan qarzdor;
bir turdagi kreditorlar — qarzdorga nisbatan bir xil talablarga ega boʻlgan va ularni qanoatlantirishda bir-biriga nisbatan imtiyozga ega boʻlmagan kreditorlar guruhi;
kelishuv bitimi — taraflarning oʻzaro yon berish asosida toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritishni tugatish haqidagi bitimi;
kreditorlar — qarzdor pul majburiyatlari boʻyicha va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarish yuzasidan qaysi yuridik yoki jismoniy shaxslar oldida javobgar boʻlsa, ayni shu yuridik yoki jismoniy shaxslar, bundan qarzdor qaysi fuqaroning hayotiga yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi uchun javobgar boʻlsa, ayni shu fuqaro, shuningdek oʻz ishtirokida kelib chiqadigan majburiyatlar boʻyicha qarzdor yuridik shaxsning muassasalari (ishtirokchilari) mustasno;
kreditorlar yigʻilishining yoki kreditorlar qoʻmitasining vakili — toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etishiga kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan vakolat berilgan shaxs;
kuzatuv tartib-taomili — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini taʼminlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini oʻtkazish, kreditorlar talablari reyestrini tuzish va birinchi kreditorlar yigʻilishini oʻtkazish uchun qarzdorni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza qabul qilingan kundan eʼtiboran keyingi toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomiliga qadar sud tomonidan qoʻllaniladigan tartib-taomil;
mol-mulkni sotish tartib-taomili — jismoniy shaxsga nisbatan kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qanoatlantirish uchun toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasida qoʻllaniladigan tartib-taomil;
moratoriy — qarzdor yuridik shaxs tomonidan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha majburiyatlar bajarilishini toʻxtatib turish;
pul majburiyati — qarzdorning fuqarolik-huquqiy shartnomasi boʻyicha, shuningdek boshqa asoslarga koʻra kreditorga muayyan pul summasini toʻlash majburiyati;
soliqlar va yigʻimlar — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va (yoki) davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanadigan majburiy toʻlovlar;
soxta toʻlovga qobiliyatsizlik — yuridik va jismoniy shaxs, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorning oʻz majburiyatlarini iqtisodiy jihatdan bajara olishi haqida bila turib, pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirish va (yoki) soliq hamda yigʻimlar boʻyicha oʻz majburiyatini toʻliq hajmda bajara olmasligi toʻgʻrisida eʼlon berishi natijasida kreditorlarga zarar yetkazilishi;
sud boshqaruvchisi (muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi, moliyaviy boshqaruvchi) — toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini oʻtkazish uchun sud tomonidan tayinlanadigan shaxs;
sud sanatsiyasi tartib-taomili — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning toʻlov qobiliyatini tiklash va uning kreditorlar oldidagi qarzini toʻlash uchun qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga oʻtkazmagan holda sud tomonidan qoʻllaniladigan tartib-taomil;
sudgacha sanatsiya qilish — qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) yoki uning mol-mulki egasi, kreditorlar va boshqa shaxslar tomonidan qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash hamda toʻlovga qobiliyatsizligining oldini olish uchun koʻriladigan chora-tadbirlar;
tashqi boshqaruv — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uni moliyaviy jihatdan sogʻlomlashtirish uchun qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga oʻtkazgan holda sud tomonidan qoʻllaniladigan toʻlov qobiliyatini tiklash tartib-taomili;
tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili — kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qanoatlantirish, qarzdorning majburiyatlardan ozod etilganligini hamda tugatilganligini eʼlon qilish maqsadida sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan tartib-taomil, bundan jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishlar mustasno;
toʻlovga qobiliyatsizlik — sud tomonidan eʼtirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlar talablarini toʻla hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini toʻla hajmda bajarishga qodir emasligi;
toʻlov qobiliyatini tiklash tartib-taomili — sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni oʻz ichiga oladigan hamda qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadigan tartib-taomil;
toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish — yuridik va jismoniy shaxs, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar va hujjatlar taqdim etilganligi, buxgalterlik hisobotlari buzib koʻrsatilganligi yoki oʻzining toʻlovga qobiliyatsizligi boshqacha tarzda qasddan yashirilganligi natijasida kreditorlarga zarar yetkazish;
qarzdor — kreditorlarning pul majburiyatlari yuzasidan talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlmagan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar;
qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki uning mol-mulki egasining vakili — toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish jarayonida muassislar (ishtirokchilar) yoki qarzdor mol-mulkining egasi tomonidan vakolat berilgan shaxs;
qarzdor xodimlarining vakili — toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili oʻtkazilayotganda oʻz manfaatlarini ifodalash uchun qarzdorning xodimlari tomonidan vakolat berilgan shaxs;
qarzni tarkibiy jihatdan oʻzgartirish tartib-taomili — jismoniy shaxsga nisbatan toʻlov qobiliyatini tiklash va kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasida qoʻllaniladigan tartib-taomil;
qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish — yuridik shaxsning boshqaruv organi tarkibiga kiradigan shaxs, muassis (ishtirokchi) yoxud yuridik shaxsning mulkdori, shuningdek jismoniy shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini koʻzlab toʻlovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki koʻpaytirish;
qishloq xoʻjaligi korxonasi — qishloq xoʻjaligi kooperativi, fermer xoʻjaligi va yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xoʻjaligi, shuningdek faoliyatining asosiy turi qishloq xoʻjaligi mahsulotini ishlab chiqarishdan iborat boʻlgan boshqa yuridik shaxslar;
shaharni tashkil etuvchi hamda unga tenglashtirilgan korxona — xodimlari, ularning oila aʼzolari ham qoʻshib hisoblanganda tegishli aholi punkti aholisining kamida yarmini yoki xodimlarining soni kamida uch ming nafar kishini tashkil etadigan yoxud davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi saqlab turilishini taʼminlaydigan, shuningdek strategik ahamiyatga ega boʻlgan yoki tabiiy monopoliyalar subyekti boʻlgan yuridik shaxs.
4-modda. Joriy toʻlovlar
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish jarayoni boshlangan sanadan eʼtiboran yuzaga kelgan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar joriy toʻlovlardir.
Kreditorlarning joriy toʻlovlar boʻyicha talablari kreditorlar talablarining reyestrida aks ettirilmaydi.
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish jarayonida kreditorlarning joriy toʻlovlar boʻyicha talablarini qanoatlantirish ushbu Qonun 150-moddasining birinchi qismiga muvofiq amalga oshiriladi.
vaqtincha toʻlovga qobiliyatsizlik — agar tegishli majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida qarzdor tomonidan bajarilmagan boʻlsa, shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonalar tomonidan esa olti oy ichida bajarilmasa, sudga murojaat etish sanasida qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishga qodir emasligi;
doimiy toʻlovga qobiliyatsizlik — agar sudga ariza berish sanasidagi va ariza berilgan yilning boshidagi hisobot davrida, agarda ariza yilning birinchi choragida berilgan boʻlsa, oʻtgan yilning boshidagi hisobot davrida qarzdorning majburiyatlari uning aktivlari qiymatidan oshib ketgan boʻlsa.
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlar soddalashtirilgan tartibda koʻrib chiqilayotganda, jismoniy shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilayotganda qoʻllanilmaydi.
6-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish ushbu Qonunning 7-moddasiga muvofiq sudga murojaat etish huquqiga ega boʻlgan shaxsning (organning) arizasi asosida qarzdor yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi, shuningdek qarzdor jismoniy shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyidagi sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishlar Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha, ushbu Qonunda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
7-modda. Sudga murojaat etish huquqi
Qarzdor pul majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan unga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga qarzdorning oʻzi va kreditor ega.
Qarzdor va kreditor toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizada qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashga yoxud tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillarini qoʻllash zarurligini koʻrsatishi mumkin.
Qarzdor soliqlar va yigʻimlar boʻyicha majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan unga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga qarzdorning oʻzi, davlat soliq xizmati organlari, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan va (yoki) pul majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi oldida qarzi boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha vakolatli davlat organi va uning hududiy boshqarmalari (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi) ega boʻladi.
8-modda. Qarzdorning sudga murojaat etishi asoslari
Ushbu Qonunning 5-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan alomatlar mavjud boʻlganda qarzdor toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli.
Agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qarzdor yuridik shaxs oʻz muassislarining (ishtirokchilarining) yoki mol-mulki egasining qarori yoxud mol-mulkining egasi tomonidan vakil qilingan organning qarori asosida qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etadi.
9-modda. Qarzdorning, tugatish komissiyasining yoki tugatuvchining sudga ariza berish majburiyati
Qarzdor yuridik shaxsning rahbari, qarzdor jismoniy shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor quyidagi hollarda qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza bilan sudga murojaat etishi shart, agar:
bir yoki bir nechta kreditorlarning talablarini qanoatlantirish qarzdorning boshqa kreditorlar oldidagi pul majburiyatlarini va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini toʻliq hajmda bajarishini imkonsiz qilib qoʻyishga olib keladigan boʻlsa;
qarzdorning taʼsis hujjatlariga muvofiq qarzdorni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga vakolatli boʻlgan organ tomonidan qarzdorni tugatish toʻgʻrisida ariza bilan sudga murojaat etish haqida qaror qabul qilingan boʻlsa;
qarzdorning mol-mulkiga qaratilgan undiruv qarzdorning xoʻjalik faoliyatini imkonsiz qilib qoʻyishi yoki boshqa kreditorlar talablari qanoatlantirilmasligiga olib kelishi mumkin boʻlsa.
Agar yuridik shaxs tugatilayotganda kreditorlarning talablarini toʻliq hajmda qanoatlantirish imkonsizligi aniqlangan boʻlsa, tugatish komissiyasi yoki tugatuvchi sudga qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza bilan murojaat etishi shart.
Qarzdorning, tugatish komissiyasining yoki tugatuvchining arizasi ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay sudga yuborilishi kerak.
10-modda. Qarzdorning arizasini sudga berish majburiyatini bajarmaganlik uchun qarzdor rahbarining, tugatish komissiyasi aʼzolarining yoki tugatuvchining subsidiar javobgarligi
Qarzdorning rahbari, tugatish komissiyasi aʼzolari yoki tugatuvchi tomonidan sudga qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza taqdim etilmaganligi ushbu Qonunning 9-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin qarzdorning yuzaga kelgan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha majburiyatlari qarzdor rahbarining, tugatish komissiyasi aʼzolarining yoki tugatuvchining subsidiar javobgarligiga sabab boʻladi.
11-modda. Korxonalarning iqtisodiy qodirligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish majburiyati
Toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari, davlat statistika organlari vakolatli davlat organiga ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korxonalar haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishi, shuningdek vakolatli davlat organining soʻroviga koʻra korxonalarning iqtisodiy qodirligi toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlarni taqdim etishi shart.
2-bob. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish ishtirokchilarining, kreditorlar yigʻilishining, jamoat birlashmalarining, sud boshqaruvchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
12-modda. Kreditorlar va kreditorlarning yigʻilishi
Toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari qoʻllanilayotganda barcha kreditorlarning manfaatlarini kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi himoya qiladi. Sud qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizani ish yuritishga qabul qilib olgan kundan eʼtiboran kreditorlar qarzdorga oʻz talablarini yakka tartibda qanoatlantirish maqsadida murojaat qilishga haqli emas.
Qarzdorga nisbatan bajariladigan barcha harakatlar kreditorlar nomidan kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Kreditorlar yigʻilishida yoki kreditorlar qoʻmitasida qarzdor xodimlarining vakili, sud boshqaruvchisi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili ovoz berish huquqisiz ishtirok etadi.
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda yagona kreditor ishtirok etgan hollarda kreditorlar yigʻilishining mutlaq vakolatlariga taalluqli qarorlarni qabul qilishni shu kreditorning oʻzi amalga oshiradi.
Kreditorlar yigʻilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga quyidagi qarorlarni qabul qilish kiradi:
kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisidagi qaror;
kreditorlar qoʻmitasi aʼzolarini saylash, qoʻmitaning miqdoriy tarkibini belgilash va aʼzolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi qaror;
sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish va ularning muddatini uzaytirish yoki muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish haqidagi qaror;
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini boshlash yoki qarzdorning faoliyatini toʻxtatmasdan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini boshlash haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish toʻgʻrisidagi qaror;
sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash hamda qarzlarni toʻlash jadvalini maʼqullash haqidagi qaror;
tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar jismoniy shaxslarning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilayotganda qoʻllanilmaydi.
Ushbu modda beshinchi qismining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan, kreditorlar yigʻilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga kiritilgan qarorlar, ushbu Qonun 86-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan qarzdorning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi muvaqqat boshqaruvchining xulosasi asosida qabul qilinishi mumkin.
Agar kreditorlar yigʻilishida qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, sud muvaqqat boshqaruvchining qarzdorning faoliyatini tiklash uchun imkoniyat mavjudligi toʻgʻrisidagi xulosasini inobatga olgan holda, qarzdorga nisbatan uning toʻlov qobiliyatini tiklash tartib-taomillaridan birini joriy etishga haqli.
Kreditorlar yigʻilishini tashkil etish va oʻtkazish sud boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Kreditorlar yigʻilishi, basharti unda qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha majburiyatlari umumiy summasining kamida uchdan ikki qismi miqdorida talablar bildirayotgan, ovoz berish huquqiga ega boʻlgan kreditorlar hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Kreditorlar yigʻilishda oʻz vakillari orqali ham ishtirok etishi mumkin. Kvorum mavjud boʻlmagan taqdirda, oʻn kunlik muddatda kreditorlarning takroriy yigʻilishi chaqiriladi, basharti yigʻilishni oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida kreditorlar lozim darajada xabardor etilgan boʻlsa, takroriy yigʻilish hozir boʻlgan kreditorlarning sonidan qatʼi nazar, vakolatli hisoblanadi.
Kreditor oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan sud qarori, kreditorlar yigʻilishining qarori, sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi), shuningdek toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini amalga oshirish davrida sud boshqaruvchisi uning talablarini qanoatlantirishni rad etganligi ustidan shikoyat berishga haqli.
13-modda. Bir turdagi kreditorlar guruhlari
Bir turdagi kreditorlar quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
birinchi guruh — qarzdorning garov bilan taʼminlangan majburiyatlari boʻyicha kreditorlar;
ikkinchi guruh — qarzdorga nisbatan garov bilan taʼminlanmagan shartnomalardan, mahsulot yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish, shuningdek majburiy sugʻurta va bank kreditlarini sugʻurta qilish shartnomalaridan kelib chiqadigan talablar boʻyicha kreditorlar;
uchinchi guruh — soliqlar va yigʻimlar boʻyicha kreditorlar;
toʻrtinchi guruh — mehnat shartnomalariga koʻra mehnatga haq toʻlash va kompensatsiyalar toʻlash boʻyicha, alimentlar undirish toʻgʻrisidagi talablarni qanoatlantirish uchun hisobvaraqdan pul mablagʻlarini oʻtkazishni yoki berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha, mualliflik shartnomalari yuzasidan haq toʻlash boʻyicha, qarzdorning mehnatga oid va unga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi majburiyatlarining teng darajada bajarilishini taʼminlovchi toʻlovlar va talablar, shuningdek fuqarolarning jinoiy yoki maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida oʻz mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga doir talablari boʻyicha kreditorlar;
beshinchi guruh — hisoblangan dividendlar boʻyicha qarzdorning aksiyalari egalari.
Kreditorlar yigʻilishida ushbu Qonun 12-moddasi beshinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan masalalarni koʻrib chiqishda birinchi, ikkinchi va uchinchi guruh kreditorlari ovoz berish huquqiga ega.
Kreditorlar yigʻilishida ushbu Qonun 12-moddasi beshinchi qismining toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan masalalarni koʻrib chiqishda birinchi hamda ikkinchi guruh kreditorlari ovoz berish huquqiga ega.
Agar kreditor qarzdorga taalluqli tan olingan talablarni saqlovchi boʻlsa, kreditorlar yigʻilishida ovoz berish huquqiga ega boʻladi.
14-modda. Kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabardor etish
Lozim darajada xabardor etish deganda kreditorga, tegishli vakolatli organga, shuningdek ushbu Qonunning 12-moddasiga muvofiq kreditorlar yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaxsga kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilishi haqidagi xabarni kreditorlar yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin pochta aloqasi orqali yoki bunday xabar kreditorlar yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida besh kun oldin olinishini taʼminlovchi boshqa usulda yuborish tushuniladi.
Kreditorni yoki kreditorlar yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaxsni shaxsan xabardor qilish uchun zarur maʼlumotlarni aniqlash imkoni boʻlmaganda yoxud mazkur shaxslarni shaxsan xabardor etish imkonini bermaydigan boshqa holatlar mavjud boʻlgan taqdirda kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilishi haqidagi xabarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda va u belgilagan ommaviy axborot vositasida eʼlon qilinishi ana shunday shaxslarni lozim darajada xabardor qilish deb eʼtirof etiladi.
Kreditorlar yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
qarzdor yuridik shaxsning nomi va joylashgan yeri;
kreditorlar yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy;
kreditorlar yigʻilishining kun tartibi;
kreditorlar yigʻilishida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan materiallar bilan tanishish tartibi;
kreditorlar yigʻilishi ishtirokchilarini roʻyxatga olish tartibi;
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi.
Sud boshqaruvchisi kreditorlar yigʻilishida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan materiallar bilan yigʻilish oʻtkaziladigan sanadan kamida uch ish kuni ilgari tanishish uchun kreditorlarga imkoniyat yaratishi kerak.
15-modda. Kreditorlar yigʻilishini chaqirish tartibi
Kreditorlar yigʻilishi sud boshqaruvchisining tashabbusiga koʻra yoki kreditorlar qoʻmitasining talabiga binoan yoxud pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha majburiyatlar yuzasidan talablari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha majburiyatlar yuzasidan talablar umumiy summasining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi kreditorlarning talabiga binoan yoki kreditorlar umumiy sonining uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqiriladi.
Kreditorlar yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabda kreditorlar yigʻilishi kun tartibiga kiritilishi lozim boʻlgan masalalar taʼriflangan boʻlishi kerak.
Sud boshqaruvchisi kreditorlar qoʻmitasining yoki ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan kreditorlarning talabiga binoan chaqirilayotgan kreditorlar yigʻilishi kun tartibining masalalari taʼrifiga oʻzgartishlar kiritishga haqli emas.
Kreditorlar yigʻilishi kreditorlar qoʻmitasining yoki ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan kreditorlarning talabiga binoan tegishli ariza bilan sud boshqaruvchisiga murojaat etilgan paytdan eʼtiboran kechi bilan oʻttiz kunlik muddat ichida sud boshqaruvchisi tomonidan chaqiriladi.
Kreditorlar yigʻilishi, agar kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, qarzdorning joylashgan yerida (yashash joyida) oʻtkaziladi. Kreditorlarning birinchi yigʻilishini qarzdorning joylashgan yerida (yashash joyida) oʻtkazish mumkin boʻlmasa, kreditorlarning birinchi yigʻilishi oʻtkaziladigan joy sud boshqaruvchisi tomonidan belgilanadi.
16-modda. Kreditorlar yigʻilishining bayonnomasi
Kreditorlar yigʻilishida bayonnoma yuritiladi.
Kreditorlar yigʻilishi bayonnomasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilayotgan sanadagi holatga koʻra kreditorlarning talablari reyestri;
kreditorlar vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;
kreditorlar yigʻilishi ishtirokchilarining roʻyxatga olish varaqlari;
kreditorlar yigʻilishi ishtirokchilariga tanishib chiqish va (yoki) tasdiqlash uchun taqdim etilgan materiallar;
kreditorlar yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida kreditorlar hamda tegishli vakolatli organlar tegishli tarzda xabardor etilganligining dalillari;
ovoz berish byulletenlari;
sud boshqaruvchisining ixtiyoriga koʻra yoki kreditorlar yigʻilishi qaroriga binoan boshqa hujjatlar.
Kreditorlar yigʻilishining bayonnomasi hamda unga ilova qilingan hujjatlar kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran ikki kundan kechiktirmay sudga topshirilishi lozim.
17-modda. Kreditorlar yigʻilishi tomonidan qarorlarni qabul qilish tartibi
Ovozga qoʻyilgan masalalar boʻyicha kreditorlar yigʻilishining qarorlari yigʻilishda hozir boʻlgan ovoz berish huquqiga ega kreditorlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ovoz berish huquqiga ega boʻlgan har bir kreditor kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilayotgan sanadagi holatga koʻra umumiy kreditorlik qarzidagi oʻz ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega boʻladi.
Kreditorlar yigʻilishi quyidagi qarorlarni ovoz berish huquqiga ega boʻlgan barcha kreditorlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qiladi:
kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisidagi qaror;
sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish, ularning muddatini uzaytirish yoki muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish haqidagi qaror;
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini boshlash haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish toʻgʻrisidagi qaror;
sud boshqaruvchisini tayinlash, almashtirish yoki vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish haqidagi qaror.
Agar kreditorlarning yigʻilishida ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qarorlarni qabul qilish uchun ovoz berish huquqiga ega boʻlgan kreditorlarning zarur kvorumi boʻlmasa, kreditorlarning takroriy yigʻilishi chaqiriladi, basharti kreditorlarning yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida kreditorlar lozim darajada xabardor etilgan boʻlsa, ushbu takroriy yigʻilish bunday qarorlarni ovoz berish huquqiga ega boʻlgan va yigʻilishda hozir boʻlgan kreditorlar sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilishga vakolatlidir.
Kreditorlar yigʻilishining ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda kreditorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki ushbu qarorga qarshi ovoz bergan kreditorning arizasiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Agar kreditorlar yigʻilishining qarori toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzsa, bunday qaror sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Kreditor va (yoki) toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxs qabul qilingan qaror haqida bilgan yoki bilishi kerak boʻlgan kundan eʼtiboran yigirma kun ichida ariza berishi mumkin.
Sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish, ularning muddatini uzaytirish yoki muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish haqidagi qaror, agar buni yoqlab birinchi va ikkinchi guruh kreditorlarining koʻpchiligi ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Birinchi va ikkinchi guruh kreditorlarining koʻpchiligi qarshi ovoz bergan taqdirda, shuningdek ovoz berish chogʻida har bir guruhda zarur ovozlar soni toʻplanmagan boʻlsa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish haqida qaror qabul qilinadi.
Ovoz berish huquqiga ega boʻlgan har bir guruh kreditorlari ovoz berishda ishtirok etish uchun teng huquqqa ega.
18-modda. Kreditorlarning talablari reyestri
Kreditorlarning talablari reyestrini sud boshqaruvchisi yuritadi.
Kreditorlarning talablari hisobi kreditorlar talablari reyestrida Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida yuritiladi. Kreditorlarning chet el valyutasida ifodalangan talablari kreditorlarning talablari reyestrida, agar kreditor va qarzdor oʻrtasida tuzilgan shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kreditorlar yigʻilishi oʻtkaziladigan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan rasmiy kurs boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga olinadi. Kreditorlarning talablari reyestrida har bir kreditor haqidagi, pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha majburiyatlar yuzasidan kreditor talablarining aniqlangan miqdori, uning har bir talabining qanoatlantirish navbati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Kreditor talablari bayon etilgan arizada oʻzi haqidagi maʼlumotlarni, shu jumladan firmaning toʻliq nomini, joylashgan yerini (pochta manzilini), elektron pochta manzilini (mavjud boʻlgan taqdirda), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini, shuningdek bank rekvizitlarini (mavjud boʻlgan taqdirda) koʻrsatishi shart.
Talablari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan shaxs oʻzi xususidagi maʼlumotlar oʻzgarganligi haqida, shuningdek qarzdorga nisbatan oʻz talablarining miqdori va tarkibi oʻzgarganligi, shu jumladan talablaridan uchinchi shaxslar foydasiga voz kechganligi haqida sud boshqaruvchisini bir haftalik muddat ichida xabardor qilishi kerak. Bunday maʼlumotlar taqdim etilmagan yoki oʻz vaqtida taqdim etilmagan taqdirda, shu munosabat bilan yetkazilgan zarar uchun sud boshqaruvchisi va qarzdor javobgar boʻlmaydi.
Kreditorlarga kreditorlarning talablari reyestri bilan tanishish imkoniyati taʼminlanishi kerak. Sud boshqaruvchisi kreditor yoki uning vakili talabi bilan mazkur kreditorga yoki uning vakiliga talablari qanoatlantirilishining miqdori, tarkibi va navbati toʻgʻrisida bunday talab olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida kreditorlarning talablari reyestridan koʻchirma yuborishi shart. Bunday koʻchirmani tayyorlash va yuborish xarajatlari kreditorning zimmasiga yuklatiladi.
Kreditorlarning talablari reyestrini tuzishda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
19-modda. Kreditorlar qoʻmitasi
Kreditorlar qoʻmitasi kreditorlarning manfaatlarini ifoda etadi hamda sud boshqaruvchilarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Kreditorlar qoʻmitasi tarkibiga kreditorlar yigʻilishi tomonidan belgilanadigan miqdorda kreditorlar vakillari kiritiladi.
Agar kreditorlar soni yigirmatadan kam boʻlsa, kreditorlar qoʻmitasining vazifalari kreditorlar yigʻilishining qarori bilan kreditorlar yigʻilishi zimmasiga yuklatish nazarda tutilishi mumkin.
Oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun kreditorlar qoʻmitasi quyidagilarga haqli:
sud boshqaruvchisidan qarzdorning moliyaviy ahvoli va toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilining borishi toʻgʻrisida axborot taqdim etishni talab qilishga;
sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat berishga;
toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etish uchun oʻz vakilini saylashga;
ushbu Qonunda va sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv rejasida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga.
Kreditorlar qoʻmitasi quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqli:
kreditorlar yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi qaror;
sud boshqaruvchisining tayinlanishi, almashtirilishi yoki vazifasidan ozod qilinishi toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etishni kreditorlar yigʻilishiga tavsiya qilish haqidagi qaror;
qarzdorning yirik bitimlarini hamda amalga oshirilishidan qarzdor manfaatdor boʻlgan bitimlarini tasdiqlash yoki ularni tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror.
Kreditorlar qoʻmitasining majlisida masalalarni hal etishda kreditorlar qoʻmitasining har bir aʼzosi bir ovozga ega boʻladi. Kreditorlar qoʻmitasining aʼzosi ovoz berish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kreditorlar qoʻmitasining qarorlari kreditorlar qoʻmitasi aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Kreditorlar qoʻmitasi majlislarida qarzdor xodimlarining vakili, sud boshqaruvchisi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili ovoz berish huquqisiz ishtirok etishi mumkin.
20-modda. Kreditorlar qoʻmitasini saylash
Kreditorlar qoʻmitasining aʼzolari kreditorlar yigʻilishi tomonidan sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv tartib-taomillari va tugatishga doir ish yuritish amalga oshiriladigan davrga saylanadi. Kreditorlar yigʻilishining qaroriga binoan kreditorlar qoʻmitasi barcha aʼzolarining vakolatlari muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Bunday qaror bir vaqtning oʻzida kreditorlar qoʻmitasining barcha aʼzolariga nisbatan qabul qilinishi mumkin.
Eng koʻp ovoz olgan nomzodlar kreditorlar qoʻmitasi tarkibiga saylangan hisoblanadi.
Kreditorlar qoʻmitasining aʼzolari oʻz tarkibidan kreditorlar qoʻmitasining raisini saylashi mumkin.
Agar kreditorlar qoʻmitasida aʼzolar besh kishidan ortiq boʻlsa, kreditorlar qoʻmitasi raisi majburiy tarzda saylanadi.
21-modda. Manfaatdor shaxslar
Qarzdor yuridik shaxsga nisbatan manfaatdor shaxslar quyidagilardan iborat:
qonunchilikka muvofiq qarzdorga nisbatan bosh yoki tobe boʻlgan yuridik shaxs;
qarzdorning rahbari, shuningdek kuzatuv kengashi, kollegial ijroiya organi tarkibiga kiruvchi shaxslar, bosh buxgalter (buxgalter), shu jumladan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilmasidan oldingi bir yil davomida bekor qilingan hollarda ham;
yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdorning mol-mulki egasi.
Ushbu Qonunda jismoniy shaxsga, shuningdek qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan manfaatdor shaxs deganda uning xotini (eri), nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan oʻzidan oldingi va keyingi qarindoshlari, opa-singillari, aka-ukalari hamda ularning nasl-nasab shajarasi boʻyicha oʻzidan keyingi qarindoshlari, xotinining (erining) ota-onasi, opa-singillari va aka-ukalari tushuniladi.
Sud boshqaruvchilariga, kreditorlarga nisbatan manfaatdor shaxslar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq aniqlanadi.
22-modda. Sud boshqaruvchilari
Oliy maʼlumotga hamda kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan, shuningdek vakolatli davlat organida attestatsiyadan oʻtgan shaxslar sud boshqaruvchilari etib tayinlanishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan, fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishga ixtisoslashuvi boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan advokat ham sud boshqaruvchisi boʻlishi mumkin.
Sud boshqaruvchilari etib quyidagilar tayinlanishi mumkin emas:
qarzdorga yoki kreditorlarga nisbatan manfaatdor shaxslar;
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar;
oʻziga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili joriy etilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki jismoniy shaxslar;
ilgari sud boshqaruvchisi vazifasini bajarayotganda qarzdorga, kreditorlarga zarar yetkazgan va bu zararning oʻrnini qoplamagan shaxslar;
vakolatli davlat organi qarori bilan sud boshqaruvchisi attestatining amal qilishi tugatilgan (bekor qilingan) va (yoki) vaqtincha toʻxtatib turilgan (sud boshqaruvchisi attestatining amal qilish muddati vaqtincha toʻxtatib turilgan muddatga) shaxslar;
oʻziga nisbatan boshqa shaxslarning ishlarini va (yoki) mol-mulkini boshqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga cheklov belgilangan shaxslar (bunday faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar).
Sud ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan asoslarga muvofiq toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar taqdim etgan dalillar boʻlgan taqdirda, sud boshqaruvchiligiga tavsiya etilgan nomzodni tayinlashni rad etadi yoki sud boshqaruvchisini vazifalarini bajarishdan ozod etadi.
Sud boshqaruvchisi toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarga zarar yetkazilishi hodisasi uchun oʻz javobgarligini sud tomonidan sud boshqaruvchiligiga tayinlangan sanadan eʼtiboran oʻn kun ichida sugʻurtalashi kerak.
Ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan talablar toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibini amalga oshirayotgan sud boshqaruvchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Kreditorlar yigʻilishi sud boshqaruvchisidan qarzdorning mol-mulkini sugʻurta qilish shartnomasini tuzishni talab qilishga haqli.
23-modda. Sud boshqaruvchisining huquqlari va majburiyatlari
Sud boshqaruvchisi:
kreditorlar yigʻilishini chaqirishga;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda kreditorlar qoʻmitasi chaqirilishini talab qilishga;
oldindan davlat boji toʻlamay turib, daʼvo arizalari va boshqa arizalar bilan sudga murojaat etishga;
ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq haq olishga;
boshqa shaxslarni ular faoliyatiga qarzdorning mablagʻlari hisobidan haq toʻlagan holda, agar kreditorlar bilan tuzilgan bitimda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, shartnoma asosida jalb etishga;
davlat xizmatlaridan, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan xizmatlardan oldindan haq toʻlamasdan foydalanishga;
qarzdorning mulki, hisobvaraqlari va depozitlari, shu jumladan kredit kartalari, elektron balanslari va elektron pul oʻtkazmalari toʻgʻrisida jismoniy va yuridik shaxslardan (shu jumladan kredit tashkilotlaridan) hamda davlat organlaridan bepul axborot olishga;
qarzdor jismoniy shaxsdan uning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini amalga oshirishga doir faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni soʻrab olishga;
oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun davlat soliq xizmati va bojxona organlaridan, budjetdan tashqari jamgʻarmalardan, koʻchmas mulkka oid hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlardan hamda qarzdor korxona va unga tegishli mol-mulk toʻgʻrisida zarur axborotga ega boʻlgan boshqa vakolatli organlardan axborot olishga;
oʻz vazifalarini bajarishni muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida sudga ariza berishga haqli.
Sud boshqaruvchisi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Sud boshqaruvchisi:
qarzdorning mol-mulki but saqlanishi yuzasidan choralar koʻrishi;
kreditorlarning talablari reyestrini shakllantirishi va yuritishi;
qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilishi;
qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni kreditorning talabiga koʻra oʻn kunlik muddatda taqdim etishi;
soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish yoki qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlarini aniqlashga doir harakatlarni amalga oshirishi va choralar koʻrishi hamda bunday alomatlar aniqlanganligi haqida kreditorlar yigʻilishiga, sudga, vakolatli davlat organiga, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi;
qarzdor jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
qarzdor jismoniy shaxs tomonidan kreditorlarning talablari toʻla hajmda qanoatlantirilishi uchun mablagʻlarning oʻz vaqtida toʻliq toʻlanishini nazorat qilishi;
sud hujjatlari bilan oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi shart.
Sud boshqaruvchisining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Sud boshqaruvchisi toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini oʻtkazayotganda qarzdorning va kreditorlarning manfaatlarini koʻzlab oqilona ish yuritishi shart.
Agar sud boshqaruvchisi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda qarzdorga, kreditorlarga va uchinchi shaxslarga zarar yetkazilgan boʻlsa, mazkur zarar sud boshqaruvchisidan sud tartibida undirilishi mumkin.
24-modda. Sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmalari
Sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmalari sud boshqaruvchilarini ixtiyoriy asosda birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotlaridir.
Sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmalari sud boshqaruvchilarning kasbiy darajasini yuksaltirishi va saqlab turishi, ularning kasbiy manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashishi kerak.
Sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmalari:
sud boshqaruvchilari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
davlat hokimiyati organlari hamda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan munosabatlarda sud boshqaruvchilarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
davlat hokimiyati organlaridan va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlaridan oʻz vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan axborotni soʻrab oladi;
ushbu Qonunda belgilangan tartibda sud boshqaruvchisi lavozimiga nomzodni sudga taqdim etadi;
sud boshqaruvchilarining kasbga oid odob qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
sud boshqaruvchilari faoliyatini reyting asosida baholashni, ular tomonidan qonunchilikka, kasbga oid odob qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
sud boshqaruvchilarini tayyorlash dasturlarini ishlab chiqadi va ushbu dasturlarni vakolatli davlat organiga tasdiqlash uchun kiritadi;
sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazishda ishtirok etadi;
oʻz aʼzolari faoliyatini oʻrganadi va tahlil qilib boradi.
Sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
25-modda. Sud boshqaruvchisining javobgarligi
Sud boshqaruvchisi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunga muvofiq javobgar boʻladi.
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar sud boshqaruvchisidan uning harakatlari (harakatsizligi) natijasida yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini talab qilishga haqli.
Agar sud boshqaruvchisi zimmasiga ushbu Qonunning 23-moddasiga muvofiq yuklatilgan vazifalar bajarilmaganligi yoxud lozim darajada bajarilmaganligi qarzdorga yoki kreditorlarga zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa, bu sud boshqaruvchisini oʻz vazifalarini bajarishdan ozod etish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.
26-modda. Sud boshqaruvchisiga haq toʻlash
Sud boshqaruvchisiga vazifalarini bajarganligi uchun haq toʻlash miqdori va tartibi bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda kreditorlarning yigʻilishi tomonidan belgilanadi, sud tomonidan tasdiqlanadi hamda, agar kreditorlar bilan tuzilgan bitimda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qarzdorning mol-mulki hisobidan toʻlanadi.
Jismoniy shaxsga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida sudga ariza bergan arizachi tomonidan moliyaviy boshqaruvchiga haq toʻlash uchun sudning depozit hisobvaragʻiga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yetti baravari miqdorida oldindan pul mablagʻlari oʻtkaziladi.
Sudning depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilgan pul mablagʻlarining oʻrni jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi jarayonida qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan ushbu Qonun 221-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda qoplanadi. Qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulki mavjud boʻlmagan taqdirda, agar kreditorlar yigʻilishida boshqacha kelishuv belgilangan boʻlmasa, moliyaviy boshqaruvchiga haq toʻlash sudning depozit hisobvaragʻiga arizachi tomonidan oʻtkazilgan pul mablagʻlari bilan cheklanadi.
Toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanilganda, agar qarzdor bilan boshqacha kelishuv belgilangan boʻlmasa, sud boshqaruvchisiga haq toʻlash xarajatlarining oʻrni qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza bergan arizachi tomonidan qoplanadi. Bunda sud boshqaruvchisiga haq toʻlash uchun sudning depozit hisobvaragʻiga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yetti baravari miqdorida oldindan toʻlov amalga oshiriladi. Sud boshqaruvchisiga haq har bir yakunlangan ishi uchun toʻlanadi.
Davlat soliq xizmati organining arizasiga asosan jismoniy shaxsga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik va (yoki) toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanilganda, sud boshqaruvchisiga haq toʻlash xarajatlari sudga ariza bergan davlat soliq xizmati organi tomonidan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Bunda sud boshqaruvchisiga toʻlanadigan haq miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilanadi va ushbu moddada belgilangan tartibda toʻlanadi.
Agar sud boshqaruvchisiga haq toʻlash xarajatlari sudning depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilmagan boʻlsa, sud qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizani qaytaradi.
Qarzdor jismoniy shaxsning uni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisidagi arizasi bilan sudga murojaat etilganda sud moliyaviy boshqaruvchiga toʻlanadigan haqni sudning depozit hisobvaragʻiga oʻtkazishni kechiktirishi mumkin.
Sud boshqaruvchisiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi nizolar sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Kreditorlar yigʻilishining qarori bilan sud boshqaruvchisiga uning faoliyati yakunlariga koʻra quyidagi hollarda qoʻshimcha haq belgilanishi mumkin, agar:
kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditor qarzdorlik toʻliq toʻlangan boʻlsa, ushbu toʻlangan qarzdorlikka doir talablar summasining besh foizigacha miqdorda;
kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlarning yetmish besh foizidan koʻprogʻi qanoatlantirilgan boʻlsa, mazkur kreditorlar talablari summasining uch foizigacha miqdorda;
kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlarning ellik foizidan koʻprogʻi qanoatlantirilgan boʻlsa, mazkur kreditorlar talablari summasining bir foizigacha miqdorda.
Koʻrilayotgan ish boʻyicha qoʻshimcha haq sud boshqaruvchisiga ushbu ish boʻyicha toʻlangan umumiy summaning yarmidan oshmasligi kerak.
Qarzdor toʻlov qobiliyatini tiklash tartib-taomilidan tugatishga doir ish yuritish tartib-taomiliga oʻtgan taqdirda ushbu davr uchun sud boshqaruvchisiga qoʻshimcha haq toʻlanmaydi.
27-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish bilan bogʻliq xarajatlar
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrni, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qarzdorning mol-mulki hisobidan qoplanadi.
Sud boshqaruvchisi oʻz huquq va majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash maqsadida shartnoma asosida jalb etilgan shaxslarga haq toʻlashni, sud xarajatlarini, qarzdorning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, mol-mulkini xatlovdan oʻtkazish, baholash xarajatlarini, zarur hollarda, auditor xizmatlaridan foydalanganlik xarajatlarini, auksion xarajatlarini, hujjatlarni saqlashga topshirish xarajatlarini, shuningdek toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni toʻlashni amalga oshirishi mumkin.
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishga sud boshqaruvchisi tomonidan jalb etilgan shaxslarning xizmatlariga toʻlanadigan haqning miqdori qarzdor aktivlari balans qiymatining bazaviy hisoblash miqdoriga (bundan buyon matnda BHM deb yuritiladi) nisbatan hisob-kitob qilingan summadan kelib chiqib (bundan ushbu Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan xarajatlar mustasno), agar balans qiymatining summasi:
BHMning ming baravarigacha boʻlsa — qarzdor aktivlari balans qiymatining oʻn ikki foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda;
BHMning ming baravaridan besh ming baravarigacha boʻlsa — qarzdor aktivlari balans qiymatining oʻn foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda;
BHMning besh ming baravaridan oʻn ming baravarigacha boʻlsa — qarzdor aktivlari balans qiymatining sakkiz foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda;
BHMning oʻn ming baravaridan ortiq boʻlsa — qarzdor aktivlari balans qiymatining besh foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda foizlarda belgilanadi. Bunda xarajatlar BHMning koʻpi bilan ikki ming ikki yuz baravaridan oshmasligi kerak.
Ushbu moddaning maqsadlari uchun qarzdor aktivlarining balans qiymati toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilishidan oldingi oxirgi hisobot sanasidagi moliyaviy hisobotlar asosida aniqlanadi.
Qarzdor aktivlarining haqiqiy balans qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan hollarda u baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan baholash qiymati asosida aniqlanadi. Ushbu qoidalar sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv tartib-taomillariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ish bilan bogʻliq xarajatlar haqidagi maʼlumotlar tegishincha sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv va tugatish, shuningdek qarzni tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va mol-mulkni sotish rejasida aks ettiriladi.
Garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotish bilan bogʻliq xarajatlar, agar kreditorlar yigʻilishida yoki kreditorlar qoʻmitasi majlisida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, garov bilan taʼminlangan kreditor tomonidan amalga oshiriladi.
3-bob. Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasini tartibga solish
28-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarida pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar yuzasidan majburiyatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining kreditor tariqasidagi talablarini taqdim etishning yagona tartibini tasdiqlaydi;
sud boshqaruvchilari sifatida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning attestatsiyadan oʻtishi tartibini, ularga nisbatan malaka va kasbga oid talablarni hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritish tartibini tasdiqlaydi;
sud boshqaruvchilarining faoliyati toʻgʻrisidagi tartibni tasdiqlaydi;
sanatsiya fondini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibini belgilaydi;
mol-mulkni realizatsiya qilish tartibini belgilaydi;
vakolatli davlat organi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
29-modda. Vakolatli davlat organining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vakolatli davlat organidir.
Vakolatli davlat organi:
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korxonalarning moliyaviy ahvoli monitoringini toʻlovga qobiliyatsiz, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida yuritadi hamda ularning elektron maʼlumotlar bazasi shakllantirilishini tashkil etadi;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari boʻyicha qarzi bor korxonalarning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etadi;
sud boshqaruvchilarining attestatsiyasini oʻtkazadi hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish, ularning sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarini kelishib oladi;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish va ularning toʻlovga qobiliyatsizligi tartib-taomillari jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi;
toʻlovga qobiliyatsizlik jarayoni ustidan monitoring olib boradi;
sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan qonunchilikka muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonunchilik muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda uni vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida sudga ariza bilan murojaat etadi;
toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishning soddalashtirilgan tartibi jarayonida, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korxonalarni tugatishga doir ish yuritish amalga oshirilayotganda sud boshqaruvchiligiga nomzodlarni taqdim etish huquqiga ega;
moliyaviy holati boʻyicha monitoring yuritilayotgan korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati haqidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi uchun ushbu korxonalarning rahbarlariga yoki boshqa mansabdor shaxslariga jarimalar soladi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Vakolatli davlat organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, agentliklar, boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
4-bob. Toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari va sudgacha sanatsiya qilish
Qarzdor yuridik shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda quyidagi tartib-taomillar qoʻllaniladi:
kuzatuv;
sud sanatsiyasi;
tashqi boshqaruv;
tugatishga doir ish yuritish.
Qarzdor jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda quyidagi tartib-taomillar qoʻllaniladi:
qarzni tarkibiy jihatdan oʻzgartirish;
bankrotlikni tan olish va mol-mulkni sotish.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili qoʻllaniladi.
31-modda. Suddan tashqari bajariladigan tartib-taomillar
Suddan tashqari bajariladigan tartib-taomillar sudgacha sanatsiya qilishni yoki qarzdorni ixtiyoriy ravishda tugatishni (faoliyatini tugatishni) oʻz ichiga olishi mumkin.
32-modda. Sudgacha sanatsiya qilish asosi
Sudgacha sanatsiya qilish toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilguniga qadar amalga oshiriladi.
Ushbu Qonunning 5-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari yuzaga kelgan taqdirda, qarzdorning rahbari bu haqda qarzdorning muassislariga (ishtirokchilariga), boshqaruv organlariga yoki qarzdor mol-mulkining egasiga yozma shaklda xabar qilishi shart.
Toʻlovga qobiliyatsizlikning oldini olish maqsadida qarzdorning muassislari (ishtirokchilari), boshqaruv organi yoki qarzdor mol-mulki egasining qarzdorni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisidagi arizasi sudga taqdim etilguniga qadar qarzdorni moliyaviy jihatdan sogʻlomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻriladi. Qarzdorni moliyaviy jihatdan sogʻlomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar qarzdor bilan tuzilgan bitimga asosan kreditorlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ham koʻrilishi mumkin.
33-modda. Sudgacha sanatsiya qilishga oid huquqiy munosabatlarning obyekti va subyektlari
Sudgacha sanatsiya qilishning obyekti qarzdor yuridik shaxsdir.
Sudgacha sanatsiya qilishning subyektlari qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari), qarzdor mol-mulkining egasi, davlat organlari va boshqa shaxslar boʻlishi mumkin.
34-modda. Sudgacha sanatsiya qilishning asosiy chora-tadbirlari
Sudgacha sanatsiya qilishning asosiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarni toʻliq yoki qisman sotib olish;
ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot chiqarishga moslab qayta ixtisoslashtirish;
chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;
xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanishi hamda faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatish;
qarzdorning faoliyatni davom ettirishi uchun kreditorlarga toʻlanadigan toʻlovlar muddatini kechiktirish va (yoki) uni boʻlib-boʻlib toʻlash yoxud qarzlardan chegirma berish toʻgʻrisida qarzdor va kreditorlar oʻrtasida kelishuvga erishishga qaratilgan bitim;
soliqlar hamda yigʻimlarni toʻlashni va kreditlarni qaytarishni sudgacha sanatsiya qilish muddatiga kechiktirish;
qarzdor yuridik shaxsni qayta tashkil etish.
Sudgacha sanatsiya qilish tartib-taomilida boshqa chora-tadbirlar ham boʻlishi mumkin.
Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan organning qarori asosida amalga oshiriladi.
Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda oʻtkazish tartibi qonunchilikda tartibga solinadi.
Sudgacha sanatsiya qilish qarzdorga davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda oʻtkazilayotganda qarzdorga uning xizmat koʻrsatib kelayotgan bankdagi ishlab turgan hisobvaraqlari toʻxtatib qoʻyilib, soʻmlardagi va (yoki) valyutadagi sanatsiya hisobvaragʻi ochiladi. Sanatsiya hisobvaragʻidan foydalanish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
35-modda. Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda oʻtkazish muddati
Qarzdorni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish oʻn ikki oydan yigirma toʻrt oygacha muddatga joriy etiladi.
36-modda. Davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya qilishni bekor qilish
Davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish tartib-taomili uning samarasizligi aniqlanganligi munosabati bilan bekor qilinishi mumkin.
5-bob. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarni sudda koʻrish
37-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish asoslari
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish ushbu Qonunning 5-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan alomatlar mavjud boʻlganda sud tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ishni yuritish kreditorlarning, qarzdorning va ushbu Qonun bilan vakolat berilgan shaxslarning arizasi asosida joriy etiladi.
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish va toʻlovga qobiliyatsizlikni tiklash tartib-taomillaridan birini qoʻllash haqida sudga ariza bilan murojaat qilishga qarzdorning vaqtincha toʻlovga qobiliyatsizligi asos boʻladi.
Qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish hamda uni bankrot deb topish, shuningdek tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish uchun qarzdorning doimiy toʻlovga qobiliyatsizligi asos boʻladi.
Kreditorning qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish hamda uni bankrot deb topish, shuningdek tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida ariza bilan sudga murojaat etishi uchun kreditor talablarining asosliligini tasdiqlovchi dalillar, shu jumladan sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, mazkur talablar qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar, notariusning ijro xati asos boʻladi.
Davlat soliq xizmati organi tomonidan qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza berish uchun soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha qarzni undirish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar asos boʻladi.
38-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar quyidagilardan iborat:
qarzdor;
sud boshqaruvchisi;
kreditorlar, ular tomonidan qarzdorga ushbu Qonunda belgilangan tartibda talablar taqdim etilgan paytdan eʼtiboran;
vakolatli davlat organi;
qarzdorning majburiyatlari boʻyicha taʼminot bergan shaxs.
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda qarzdor yuridik shaxs xodimlarining vakili, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) vakili yoki qarzdorning mol-mulki egasi, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning vakili, kreditorlar yigʻilishi (kreditorlar qoʻmitasi) vakili hamda boshqa shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda qoʻllaniladigan har qanday tartib-taomil jarayonida sudga soxta toʻlovga qobiliyatsizlikka, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirishga yoki qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelgan alomatlarni aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlash haqidagi iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.
39-modda. Qarzdorning arizasi
Qarzdorning oʻziga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizasi sudga yozma yoki elektron shaklda beriladi va tegishincha qarzdor yuridik shaxsning rahbari, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor, qarzdor jismoniy shaxs yoki ularning vakillari tomonidan imzolanadi.
Qarzdorning oʻziga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
ariza berilgan sudning nomi;
arizachining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud boʻlgan taqdirda);
pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlar talablari summasining qarzdor tomonidan tan olingan miqdori;
qarzdorning xodimlar hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, ularga mehnat haqini va toʻlanishi lozim boʻlgan ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlash borasidagi qarzdorligi summasi;
mualliflik shartnomalari boʻyicha toʻlanishi kerak boʻlgan haq summasi;
soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha qarz miqdori;
kreditorlarning talablarini toʻla hajmda qanoatlantirishga qodir emaslikning asosi;
qarzdorga nisbatan daʼvo arizalari sudlar tomonidan ish yuritishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi, shuningdek soʻzsiz (akseptsiz) hisobdan chiqarish uchun taqdim etilgan ijro hujjatlari haqidagi maʼlumotlar;
qarzdordagi mavjud mol-mulk, shu jumladan pul mablagʻlari, debitorlik qarzi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
qarzdorning bank hisobvaraqlari raqamlari, bankning pochta manzili;
ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning oʻzini toʻlovga qobiliyatsiz deb topish haqidagi arizasida qarzdorning tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham koʻrsatiladi.
Kreditorlarga hamda toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga qarzdor oʻz arizasidan koʻchirma nusxa yuborishi shart. Agar qarzdor ariza berguniga qadar qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili, qarzdorning xodimlari vakili saylangan (tayinlangan) boʻlsa, mazkur shaxslarga ham qarzdor arizasining koʻchirma nusxasi yuboriladi.
40-modda. Qarzdorning arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar
Qarzdorning oʻziga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizasiga Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qarzdorlik mavjudligini, shuningdek kreditorlarning talablarini qarzdor toʻla hajmda qanoatlantirishga qodir emasligini, qarzdorning arizasiga asos boʻlgan boshqa holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Qarzdorning oʻziga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizasiga quyidagilar ham ilova qilinadi:
qarzdor yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari, yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar, shuningdek jismoniy shaxs pasportining koʻchirma nusxasi;
qarzdorning kreditorlari va debitorlari roʻyxati, ularning joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud boʻlgan taqdirda), uning kreditorlik hamda debitorlik qarzi yoyilmasi koʻrsatilgan holda;
qarzdor yuridik shaxsning soʻnggi hisobot sanasidagi holatga koʻra buxgalteriya balansi yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatlar;
qarzdor jismoniy shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulki tarkibi va qiymati toʻgʻrisidagi hujjatlar;
qarzdor yuridik shaxs muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining qarzdor oʻziga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi haqidagi qarori;
agar qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza berilguniga qadar qarzdor xodimlarining yigʻilishi oʻtkazilib, unda toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda ishtirok etish uchun qarzdorning xodimlari vakili saylangan boʻlsa, ushbu yigʻilish bayonnomasi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlarning asl nusxasi yoki tasdiqlangan koʻchirma nusxalari ilova qilinadi.
41-modda. Kreditorning arizasi
Kreditorning qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizasi sudga yozma yoki elektron shaklda beriladi. Kreditor yuridik shaxsning arizasi uning rahbari yoki vakili tomonidan, kreditor jismoniy shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning arizasi esa shu jismoniy shaxsning oʻzi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Kreditorning qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
ariza berilayotgan sudning nomi;
arizachining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud boʻlgan taqdirda);
qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud boʻlgan taqdirda);
qarzdorning kreditor oldidagi talab kelib chiqishiga sabab boʻlgan pul majburiyati miqdori, shuningdek uni bajarish muddati;
kreditor talablarining asosliligini tasdiqlovchi dalillar, shu jumladan sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, mazkur talablar qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar, notariusning ijro xati;
ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati.
Kreditor qarzdorga oʻz arizasidan koʻchirma nusxa yuborishi shart.
42-modda. Kreditorlar talablarini birlashtirish
Kreditorning qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizasi turli majburiyatlar boʻyicha birlashtirilgan qarzdorlikka asoslangan boʻlishi mumkin.
Kreditorlar qarzdorga nisbatan oʻz talablarini birlashtirishga hamda iqtisodiy sudga bitta ariza bilan murojaat etishga haqli. Bunday ariza oʻz talablarini birlashtirgan kreditorlar tomonidan imzolanadi.
43-modda. Kreditorning arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar
Kreditorning qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizasiga Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qarzdorning kreditor oldidagi pul majburiyatlarini, shuningdek qarzi mavjudligini va uning miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar, toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomilida hamda jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishda sud boshqaruvchisiga haq toʻlash xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Kreditorning uning vakili tomonidan imzolangan arizasiga vakilning arizani imzolashga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi ishonchnoma ham ilova qilinadi.
Kreditorning qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizasiga quyidagilar ham, agar mavjud boʻlsa, ilova qilinadi:
kreditorning qarzdorga nisbatan talablarini koʻrib chiqqan sudning qarori;
ijro hujjati (ijro varaqasi, qarzdor tomonidan akseptlangan toʻlov talablari, notariusning ijro xati va boshqalar) yoki kreditor talablari qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar.
44-modda. Vakolatli davlat organining arizasi
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari boʻyicha qarzi bor korxonaga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi vakolatli davlat organining arizasi sudga yozma yoki elektron shaklda, qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova qilingan holda beriladi.
Vakolatli davlat organining arizasi sudga ushbu Qonunning 41 va 43-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda beriladi.
45-modda. Davlat soliq xizmati organining va boshqa vakolatli organning arizasi
Davlat soliq xizmati organining hamda boshqa vakolatli organning qarzdorga nisbatan soliqlar va yigʻimlar boʻyicha toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizasi ushbu Qonunning 41 va 43-moddalarida nazarda tutilgan talablarga javob berishi kerak.
Davlat soliq xizmati organining hamda boshqa vakolatli organning qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizasiga qonunchilikka muvofiq soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha qarzni qaytarib olishga doir chora-tadbirlar koʻrilganligi dalillari ilova qilinishi kerak.
46-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish
Qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizani qabul qilish haqidagi masalani yoki toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish yoxud qaytarish toʻgʻrisidagi masalani sudya ariza tushgan paytdan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay hal etadi.
Sudya qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi va ushbu Qonun talablariga rioya etgan holda berilgan arizani oʻz ish yurituviga qabul qiladi.
Sudya qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizani ish yurituviga qabul qilar ekan, kuzatuv tartib-taomilini joriy etish va muvaqqat boshqaruvchini tayinlash toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.
Sudning toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ajrimi sud tomonidan davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga, qarzdor joylashgan yerdagi (yashash joyidagi) davlat ijrochisiga yuboriladi. Qarzdor yuridik shaxsning oʻziga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ajrimning koʻchirma nusxasini oʻz vakolatxonalari va filiallari joylashgan yerdagi shunday shaxslarga (organlarga) yuborish majburiyati uning zimmasiga yuklatiladi.
Agar ushbu Qonun 37-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan shart buzilgan boʻlsa, sudya qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizani qabul qilishni rad etadi.
Agar qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza ushbu Qonunning 39 — 45-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa, sudya arizani qaytaradi. Ariza bilan murojaat etish qarzdorning rahbari uchun majburiy boʻlgan va arizaga ushbu Qonunning 40-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan hollarda bunday ariza sud tomonidan qabul qilinadi, yetishmayotgan hujjatlar esa toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida talab qilib olinadi.
47-modda. Kreditorlarning talablarini taʼminlashga doir chora-tadbirlar
Sud toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxsning arizasi asosida Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga muvofiq kreditorlar talablarini taʼminlashga doir chora-tadbirlar koʻrishga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida kreditorlarning talablarini taʼminlash boʻyicha nazarda tutilgan chora-tadbirlardan tashqari sud bitimlarni sud boshqaruvchisining roziligisiz tuzishni taqiqlab qoʻyishga, qimmatli qogʻozlarni, valyuta qimmatliklarini va boshqa mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxslarga topshirishni qarzdorning zimmasiga yuklatishga hamda qarzdorning mol-mulki but saqlanishini taʼminlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar koʻrishga haqli.
Kreditorlarning talablarini taʼminlashga doir chora-tadbirlar tegishincha sud tomonidan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillaridan birini joriy etish toʻgʻrisida yoki sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topishni rad etish haqida qaror qabul qilinguniga qadar yoxud sud tomonidan kelishuv bitimi tasdiqlanguniga qadar amal qiladi.
Sud ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelguniga qadar kreditorlarning talablarini taʼminlashga doir chora-tadbirlarni bekor qilishga haqli.
Sudning kreditorlar talablarini taʼminlashga doir chora-tadbirlar koʻrish haqidagi ajrimi ustidan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar tomonidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
48-modda. Qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza yuzasidan qarzdorning yozma fikri
Kreditor, davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organning qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida arizasi qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi sud ajrimini olgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda qarzdor, agar ushbu Qonunda boshqacha qoidalar belgilanmagan boʻlsa, sudga, arizachiga va toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga mazkur ariza yuzasidan yozma fikrini yuborishga, shuningdek arizada koʻrsatilmagan barcha kreditorlarni oʻziga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganligi haqida xabardor qilishga haqli.
Qarzdorning sudga yuborayotgan yozma fikriga uning koʻchirma nusxasi arizachiga hamda toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinishi kerak.
Qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza yuzasidan yozma fikrda Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak. Qarzdorning yozma fikri mavjud emasligi toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishning koʻrilishiga monelik qilmaydi.
49-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda, ushbu Qonunda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda sudya tomonidan amalga oshiriladi.
Qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza tushgan kundan eʼtiboran sudya besh kundan kechiktirmay kuzatuv tartib-taomilini joriy etish haqidagi masalani hal qiladi.
Kreditorlarning talablari yuzasidan qarzdor yoki muvaqqat boshqaruvchi yoxud davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organda eʼtirozlar mavjud boʻlsa, sudya ularning eʼtirozlari asosliligini tekshiradi.
Sudyaning qarzdor yoki muvaqqat boshqaruvchi yoxud davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organ eʼtirozlari asosliligini tekshirishi toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishning belgilangan muddati tugashiga kamida bir oy qolganda oʻtkaziladi.
Sud qarzdor yoki muvaqqat boshqaruvchi yoxud davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organning eʼtirozlari asosliligini koʻrib chiqish natijalari asosida kreditorlar talablarini kreditorlarning talablari reyestriga kiritish haqida yoki ularni reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Ajrimda kreditorlarning, agar ularga nisbatan eʼtirozlar asossiz deb topilgan boʻlsa, talablari miqdori va ularni qanoatlantirish navbati koʻrsatiladi.
Kreditorlarning talablari yuzasidan eʼtirozlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud chiqargan ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning amal qilishini toʻxtatib qoʻymaydi.
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash paytida, shuningdek toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish koʻrilayotganda sud qarzdorning moliyaviy ahvolini aniqlash uchun ekspertiza tayinlashga haqli.
50-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish muddati
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish sud majlisida qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran ikki oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqilishi kerak. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish alohida hollarda bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
51-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud hujjatlari
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud quyidagi sud hujjatlaridan birini qabul qiladi:
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi qaror;
qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror;
sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish va uning muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ajrim;
tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish va uning muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ajrim;
toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish haqida ajrim;
toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizani koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim;
kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrim.
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud hujjatlari, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, darhol ijro etilishi lozim. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud hujjatining koʻchirma nusxasi sud tomonidan darhol qarzdorning turgan joyidagi (yashash joyidagi) davlat ijrochisiga yuboriladi.
52-modda. Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi qaror
Toʻlovga qobiliyatsizlikka oid tiklash tartib-taomillaridan birini joriy etish, kelishuv bitimini tasdiqlash yoki toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish uchun asoslar mavjud boʻlmaganda sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi qarori ushbu Qonunning 5-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlangan hollarda qabul qilinadi.
Sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi qarorida qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash, tugatish boshqaruvchisini tayinlash va unga haq toʻlash haqidagi koʻrsatma aks ettirilishi kerak.
Sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi qarori ustidan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi har qanday shaxslar, shu jumladan kreditorlarning biri tomonidan, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb etilmagan, huquqlari va majburiyatlari haqida sud qaror qabul qilgan shaxslar tomonidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi qarorida qarzdorning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganligi koʻrsatiladi.
53-modda. Sud tomonidan chiqarilgan sud hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish
Sud tomonidan kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv tartib-taomillarini joriy etish, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish, sud boshqaruvchisini tayinlash, almashtirish yoki vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida chiqarilgan ajrimlar haqidagi, qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qarorlar, mazkur hujjatlarni bekor qilish yoki oʻzgartirish haqida qarorlar qabul qilinganligi haqidagi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi. Ommaviy axborot vositalarining roʻyxati, davriyligi va mazkur maʼlumotlarni eʼlon qilish muddati, koʻrsatiladigan xizmatlarning narxlari hamda moliyalashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Sud boshqaruvchisi tegishli sud hujjati olingan sanadan eʼtiboran uch kun ichida ommaviy axborot vositasining manziliga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan eʼlonni yuboradi.
Eʼlon qilish uchun yuborilgan sud hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ular olingan kundan eʼtiboran uch kun ichida eʼlon qilinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlarni eʼlon qilish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplash, agar ushbu Qonunda yoki kreditorlar yigʻilishining yoxud kreditorlar qoʻmitasining qarorida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qarzdorning pul mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Qarzdorda pul mablagʻlari mavjud boʻlmasa, bunday maʼlumotlarni eʼlon qilish haqini toʻlash toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza bilan sudga murojaat etgan arizachi hisobidan amalga oshiriladi, bu mablagʻlarning oʻrni keyinchalik qarzdorning mol-mulki hisobidan qoplanadi.
Qarzdorda eʼlon qilish xarajatlarining oʻrnini qoplash uchun yetarli mol-mulk mavjud boʻlmasa, xarajatlarning oʻrnini qoplash qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etgan arizachi hisobidan amalga oshiriladi.
Sud tomonidan chiqarilgan sud hujjatlari haqidagi maʼlumotlar boshqa ommaviy axborot vositalarida ham eʼlon qilinishi mumkin.
54-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayoni haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish
Toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayoni haqidagi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi shart.
Toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayoni haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplash, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qarzdorning mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi. Qarzdorda eʼlon qilish xarajatlarining oʻrnini qoplash uchun yetarli mol-mulk mavjud boʻlmasa, xarajatlarning oʻrnini qoplash kreditorlar yigʻilishining yoki kreditorlar qoʻmitasining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Agar qarzdorning kreditorlari soni ellik nafardan ortiq boʻlsa yoki ularning sonini aniqlash mumkin boʻlmasa, qarzdorga nisbatan qoʻllaniladigan har bir toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili boshlanishi haqidagi maʼlumotlar ham ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi shart.
Kreditorlar yigʻilishining yoki kreditorlar qoʻmitasining qarori asosida eʼlon qilinishi shart boʻlgan maʼlumotlar boshqa ommaviy axborot vositalarida ham eʼlon qilinishi mumkin.
Toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayoni haqida eʼlon qilingan maʼlumotlarda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud boʻlgan taqdirda);
sud hujjatini qabul qilgan sudning nomi, shu sud hujjati qabul qilingan sana va joriy qilingan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilining nomi, shuningdek toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishning tartib raqami;
tayinlangan sud boshqaruvchisining familiyasi, ismi, otasining ismi va uning pochta manzili, elektron pochta manzili (mavjud boʻlgan taqdirda);
toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish boʻyicha keyingi sud majlisining sud tomonidan belgilangan sanasi;
qarzdorning qarzini toʻlash istagini bildirgan shaxslarning sud boshqaruvchiga murojaat qilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa axborot.
55-modda. Sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori
Sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori quyidagi hollarda qabul qilinadi:
sud toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror qabul qilguniga qadar kreditorlarning bildirilgan talablari qanoatlantirilganda;
soxta toʻlovga qobiliyatsizlik aniqlanganda.
Sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qabul qilinishi mumkin.
Qarzdorda yetarli hajmda likvid mol-mulk mavjudligidan dalolat beruvchi dalillar mavjud boʻlgan taqdirda sud qarzdorning iltimosnomasiga koʻra toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishni keyinga qoldirishga, qarzdorga kreditorlarning talablarini sud tomonidan belgilangan muddatda qanoatlantirishni taklif etishga haqli, bu muddat oʻttiz kundan oshmasligi kerak.
56-modda. Qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishni rad etish haqida qaror qabul qilish oqibatlari
Sud tomonidan qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishni rad etish haqida qaror qabul qilinishi qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza qabul qilinganligi va (yoki) kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligi oqibati boʻlgan barcha cheklovlarning amal qilishi tugatilishi uchun asos boʻladi.
57-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish asoslari
Sud toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishni quyidagi hollarda tugatadi:
sud sanatsiyasi tartib-taomili jarayonida qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanganda;
tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonida qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanganda;
kelishuv bitimi tuzilganda;
toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi barcha kreditorlar bildirilgan talablaridan voz kechganda;
kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlarning barcha talablari har qanday toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili jarayonida qanoatlantirilganda.
Sud qonunga muvofiq boshqa hollarda ham toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatishi mumkin.
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishni tugatish haqida sud ajrimi chiqarilgan sanadan eʼtiboran sud boshqaruvchisi davlat soliq xizmati organini ushbu ajrim toʻgʻrisida uch ish kuni ichida yozma shaklda xabardor qiladi.
58-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishni toʻxtatib turish
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha toʻxtatib turilishi mumkin.
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishni toʻxtatib turish sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan ariza va shikoyatlarni, shuningdek kreditorlarning talablari miqdori, tarkibi va ularni qanoatlantirish navbatiga doir kelishmovchiliklarni sud tomonidan koʻrib chiqishga monelik qilmaydi.
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish toʻxtatib turilgan taqdirda sud ushbu Qonunning 51-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan sud hujjatlarini qabul qilishga haqli emas.
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishni toʻxtatib turish sudning ushbu Qonunda nazarda tutilgan ajrimlarni chiqarishi uchun, shuningdek sud boshqaruvchisi va toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirishi uchun monelik qilmaydi.
Korxonaning rahbariga yoki muassislariga (ishtirokchilariga) yoxud mulkdoriga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga va (yoki) jismoniy shaxsga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelgan harakatlari (harakatsizligi) uchun jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan taqdirda, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yuzasidan sud qarori qabul qilinguniga qadar toʻxtatib turiladi.
59-modda. Sud xarajatlarini va sud boshqaruvchilariga haq toʻlash xarajatlarini taqsimlash
Sud xarajatlari, shu jumladan toʻlov muddati kechiktirilgan yoki boʻlib-boʻlib toʻlanadigan davlat boji boʻyicha xarajatlar, maʼlumotlarni ushbu Qonunning 53 va 54-moddalarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish xarajatlari, shuningdek sud boshqaruvchilariga haq toʻlash xarajatlari qarzdorning mol-mulki hisobidan navbatdan tashqari toʻlanadi.
Kelishuv bitimida ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan xarajatlarni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilishi mumkin.
Sud qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi alomatlari aniqlanmaganligi munosabati bilan uni bankrot deb topishni rad etish haqida qaror qabul qilgan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlar sudga qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza bilan murojaat etgan kreditorlarga tegishli boʻladi va kreditorlar oʻrtasida ularning talablariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Sud xarajatlarini va sud boshqaruvchilariga haq toʻlash xarajatlarini taqsimlash tartibi sudning toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorida yoki ajrimida belgilanadi.
60-modda. Arizalar va shikoyatlarni koʻrib chiqish
Kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv yoki tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillari jarayonida sud boshqaruvchisi bergan arizalar, shu jumladan oʻzi bilan kreditorlar oʻrtasida, oʻzi bilan qarzdor oʻrtasida kelib chiqqan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida ushbu Qonunga muvofiq berilgan arizalar, shuningdek kreditorlarning oʻz huquq va qonuniy manfaatlari buzilganligi xususidagi shikoyatlari olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatdan kechiktirmay sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Sud boshqaruvchisining arizasiga, kreditorning shikoyatiga mazkur arizani yoki shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga ularning koʻchirma nusxalari yuborilganligiga oid dalillar ilova qilinishi kerak. Mazkur arizalar va shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan sud ajrim chiqaradi. Bu ajrim ustidan qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyat berilishi mumkin.
Quyidagilar:
mehnat shartnomasi asosida ishlovchi shaxslarga mehnat haqi toʻlash va ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlash boʻyicha talablarning miqdori hamda tarkibi xususida sud boshqaruvchisi va qarzdor xodimlarining vakili oʻrtasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar;
kreditorlarning, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakillari tomonidan ularning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini buzayotgan sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan shikoyatlar ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Sudning ajrimi ustidan shikoyat berish huquqiga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan berilgan, shuningdek ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibni buzgan holda yoki tegishli ariza yoxud shikoyatni tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmagan holda berilgan ariza va shikoyatlar qaytarilishi kerak.
61-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishdagi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra chiqarilgan sud ajrimlarni qayta koʻrish boʻyicha ish yuritish
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda arizalar, shikoyatlar (iltimosnomalar) va kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra chiqarilgan sud ajrimi Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilangan tartibda, ushbu moddada nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda qayta koʻrilishi lozim.
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishdagi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra chiqarilgan sud ajrimi chiqarilgan paytdan eʼtiboran oʻn kun oʻtgach qonuniy kuchga kiradi.
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishdagi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqishda ishtirok etgan shaxslar apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Sudning ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi ajrimiga apellyatsiya shikoyati sud tomonidan ajrim chiqarilgan paytdan eʼtiboran oʻn kun ichida beriladi va u sudga kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻn kun ichida koʻrib chiqilishi lozim.
Sudning ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan, apellyatsiya tartibida koʻrilmagan ajrimi ustidan kassatsiya shikoyati ajrim qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran bir oy ichida beriladi va u sudga kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻn kun ichida koʻrib chiqilishi lozim.
62-modda. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ish yuritishning oʻziga xos xususiyatlari
Agar qarzdorning ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlsa, sud toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor qiladi.
Vakolatli davlat organi toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganligi haqidagi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida sudga sudgacha sanatsiya qilish oʻtkazilishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi oʻz munosabatini maʼlum qiladi.
Kreditorlar sudgacha sanatsiya qilish oʻtkazilishiga rozi boʻlgan taqdirda, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish tugatiladi.
Kreditorlar sudgacha sanatsiya qilish oʻtkazilishiga rozi boʻlmagan taqdirda toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish muhokamasi ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6-bob. Bitimlarning haqiqiy emasligi
63-modda. Qarzdor tuzgan bitimlarning haqiqiy emasligi
Qarzdor tuzgan har qanday bitim, shu jumladan qarzdor toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilguniga yoki tashqi boshqaruv yoxud sud sanatsiyasi tartib-taomillari joriy etilguniga qadar tuzgan bitim qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha sud boshqaruvchisining arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Agar bitimlar toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilguniga qadar uch yil ichida qarzdor yoki uning vakili tomonidan tuzilgan va ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ular Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 115 — 126-moddalarida va ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra haqiqiy emas deb topiladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslardan tashqari toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilguniga qadar tuzilgan quyidagi bitimlar haqiqiy emas deb topilishi mumkin:
qarzdor tomonidan tuzilgan past qiymatdagi bitimlar, shu jumladan oʻz tovarlarini ayni shu turdagi tovarlar bilan ayirboshlash yoki hadya qilish orqali tuzilgan bitimlar;
bitim narxi va (yoki) undagi boshqa shartlar aynan shunga oʻxshash tuzilgan bitim bilan solishtirilganda qarzdorning holatini jiddiy ravishda yomonlashtirsa, agar ushbu bitim moliyaviy yoʻqotishlarga olib kelgan boʻlsa;
shunga oʻxshash yoki ayni shunday mol-mulkning narxidan farq qiladigan va kreditorlar manfaatlariga zarar yetkazmagan boʻlsa ham qarzdorning holatini jiddiy yomonlashtiradigan narx boʻyicha mol-mulkni tekinga yoki toʻlov asosida (shu jumladan vaqtinchalik foydalanishga) topshirish toʻgʻrisida bitim;
bitim bir kreditorning talablarini boshqa kreditorlarning talablariga nisbatan afzalroq qanoatlantirishga olib kelsa;
qarzdorning mol-mulkini hadya qilish shartnomalari, bundan doimiy tijorat operatsiyalarida tuziladigan shartnomalar mustasno, agar ular toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilishidan bir yil oldin tuzilgan bitimlardan sezilarli darajada farq qilsa.
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilganidan keyin yoki toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza berilishidan oldingi oʻttiz olti oy ichida qarzdor yuridik shaxs tomonidan tuzilgan, qarzdorning ishtirokchisi qarzdorning ishtirokchilari tarkibidan chiqqanligi munosabati bilan unga mol-mulkdagi ulushini toʻlash (ajratib berish) bilan bogʻliq boʻlgan bitim sud boshqaruvchisining yoki kreditorning arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi va bitimning haqiqiy emasligi oqibatlari qoʻllanilishi mumkin, shunday bitim boʻyicha olingan barcha mol-mulk (pul mablagʻlari) esa qarzdorga qaytariladi. Bu holda ishtirokchi ushbu Qonunning 150-moddasiga muvofiq toʻrtinchi navbatdagi kreditor deb eʼtirof etiladi.
64-modda. Kreditorlarga zarar yetkazuvchi bitimlarning haqiqiy emasligi
Qarzdor tomonidan manfaatdor shaxs yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyekt bilan tuzilgan bitim, agar mazkur bitimning bajarilishi natijasida qarzdorga va (yoki) kreditorlarga zarar yetkazilgan boʻlsa yoki zarar yetkazilishi mumkin boʻlsa, sud boshqaruvchisining arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
65-modda. Baʼzi kreditorlarning talablarini boshqa kreditorlarning talablariga nisbatan afzalroq qanoatlantirish bilan bogʻliq bitimlarning haqiqiy emasligi
Qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza qabul qilinganidan keyin qarzdor tomonidan muayyan kreditorga yoki oʻzga shaxsga nisbatan tuzilgan bitim, agar bunday bitim qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha ayrim kreditorlarning talablari boshqa kreditorlarning talablariga nisbatan afzalroq qanoatlantirilishiga olib kelsa, quyidagi shartlardan biri mavjud boʻlgan taqdirda sud boshqaruvchisining yoki kreditorning arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin:
bitim qarzdorning yoki uchinchi shaxsning muayyan kreditor oldidagi majburiyatlari bajarilishini bitim bajarilguniga qadar taʼminlashga qaratilgan boʻlsa;
bitim tuzilguniga qadar vujudga kelgan majburiyatlar boʻyicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirish navbatining oʻzgarishiga olib kelgan boʻlsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa;
bitim boshqa kreditorlar oldida belgilangan muddatda bajarilmagan majburiyatlar mavjud boʻlganda bitim tuzilgan paytda bajarish muddati kelmagan baʼzi kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga olib kelgan boʻlsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa;
agar talablarni qanoatlantirishga nisbatan muayyan kreditorga koʻproq afzallik berilgan boʻlsa yoki afzallik berishi mumkin boʻlsa va ushbu Qonunda nazarda tutilgan kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tartibi buzilishiga olib kelsa.
66-modda. Qarzdorning huquqiy vorislari bilan bogʻliq bitimlarning haqiqiy emasligi
Agar bitimlar qarzdor tomonidan merosxoʻrlari va nizolashilayotgan bitimdan manfaatdor boʻlgan boshqa huquqiy vorislari foydasiga tuzilgan boʻlsa, ushbu bitimlar haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
67-modda. Bitimning haqiqiy emasligi oqibatlari
Qarzdor tuzgan bitim sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan va ushbu bitimning haqiqiy emasligi oqibatlari qoʻllangan taqdirda, taraf bitim boʻyicha olingan barcha narsalarni boshqa tarafga qaytarishi shart, ularni natura shaklida qaytarishning imkoni boʻlmagan (shu jumladan, olingan narsalar mulkdan foydalanish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni koʻrsatish shaklida boʻlsa) taqdirda, agar qonunda bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari nazarda tutilmagan boʻlsa, ular qiymatining oʻrnini pul bilan qoplashi kerak.
Bunda qarzdor bilan bitim tuzgan taraf ushbu Qonunga muvofiq qanoatlantirilishi lozim boʻlgan talablarini qarzdorga nisbatan taqdim etishga haqli.
Agar ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda mol-mulkning yoʻqotilishi, shikastlantirilishi yoxud uchinchi shaxslar tomonidan asossiz ravishda olinishi munosabati bilan mol-mulkni natura shaklida qaytarish mumkin boʻlmasa, talab qilingan mol-mulkning dastlabki xaridori qarzdor oldida yoʻqotilgan zararning oʻrnini qoplash uchun javobgar boʻladi.
Mol-mulk qiymatini qaytarish mumkin boʻlmagan taqdirda, qarzdorning mol-mulkini boshqa shaxsga berish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan shaxs ushbu Qonunda belgilangan tartibda subsidiar tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin.
68-modda. Bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida ariza berish vakolatiga ega boʻlgan shaxslar
Qarzdor tuzgan bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi sudga qarzdorning nomidan sud boshqaruvchisi tomonidan oʻz tashabbusi bilan yoki kreditorlar yigʻilishining yoxud kreditorlar qoʻmitasining, shuningdek talablari kreditorning reyestriga kiritilgan bir yoki bir necha kreditorlarning qaroriga koʻra berilishi mumkin.
Bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talab boʻyicha daʼvo muddati sud boshqaruvchisi ushbu Qonunda nazarda tutilgan bitimni haqiqiy emas deb topish uchun asoslar mavjudligini bilgan yoki bilishi shart boʻlgan kundan eʼtiboran hisoblab chiqariladi.
7-bob. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda qarzdor rahbarining va boshqa shaxslarning javobgarligi
69-modda. Qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxs
Agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagi holatlar qarzdorning ishlarini boshqarish deb eʼtirof etiladi:
ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish huquqiga yoki qarzdorning xatti-harakatlarini boshqacha tarzda belgilash, shu jumladan bitimlarini bajarish va ularning shartlarini belgilash imkoniyatiga toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari yuzaga kelguniga qadar uch yil mobaynida ega boʻlish;
toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari paydo boʻlgan paytdan boshlab va toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza sud tomonidan qabul qilingunigacha boʻlgan davrda ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish yoki qarzdorning xatti-harakatlarini boshqacha tarzda belgilash, shu jumladan bitimlarini bajarish va ularning shartlarini belgilash huquqiga ega boʻlish.
Qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxslar quyidagilardan iborat:
qarzdorning ijroiya organi rahbari va aʼzolari, tugatish komissiyasi yoki qarzdorning tugatuvchisi;
mustaqil ravishda yoki manfaatdor shaxslar bilan birgalikda aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining ellik va undan ortiq foiziga ega boʻlgan shaxslar;
masʼuliyati cheklangan jamiyat yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar ustav fondining (ustav kapitalining) yarmidan koʻpini tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan shaxslar;
rahbarni tayinlash (saylash) huquqiga ega boʻlgan shaxslar.
70-modda. Kreditorlarning talablari toʻliq qanoatlantirilmaganligi sababli subsidiar javobgarlik
Agar yuridik shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi shu yuridik shaxs uchun majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaxsning yoki yuridik shaxs mol-mulki egasining yoxud qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxsning gʻayriqonuniy harakatlari tufayli yuzaga kelgan boʻlsa, yuridik shaxsning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda bunday shaxs zimmasiga uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Boshqa holatlar isbotlanmaguniga qadar sud hujjati bilan belgilangan quyidagi holatlar gʻayriqonuniy harakatlar tufayli kreditorlar talablarini toʻliq qanoatlantirishni imkonsiz qilib qoʻygan deb hisoblanadi:
agar qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxs foydasiga yoxud ushbu shaxs tomonidan qarzdorning bir yoki bir nechta bitimlarini (bunday bitimlar ushbu shaxsning koʻrsatmasiga koʻra tuzilgan boʻlsa), shu jumladan ushbu Qonunning 6-bobida nazarda tutilgan bitimlarni tuzish natijasida kreditorlarning mulkiy huquqlariga jiddiy zarar yetkazilgan boʻlsa;
soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish yoki qarzdorni qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlari benefitsiarlar va affillangan shaxslarning birgalikdagi xatti-harakatlari bilan aniqlanganligi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud boʻlsa;
qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxslarni qonunchilik hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisida sud hujjati qabul qilinganligi munosabati bilan yuzaga kelgan qarzdorlik kreditorlar talablari reyestriga kiritilgan talablar umumiy miqdorining yetmish foizidan oshgan boʻlsa.
Agar qarzdorning ishlarini boshqaruvchi bir nechta shaxsning gʻayriqonuniy harakatlari kreditorlarning talablarini toʻliq qanoatlantirishni imkonsiz qilib qoʻysa, bunday shaxslar solidar tartibda subsidiar javobgar boʻladi.
Agar subsidiar javobgarlikka tortilgan shaxs qarzdor faoliyatiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatganligi isbotlanmagan boʻlsa, sud shaxsni sudbsidiar javobgarlikdan ozod qilishi yoki javobgarlik miqdorini kamaytirishi mumkin.
Qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxsning subsidiar javobgarligi miqdori kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan talablar summasi bilan tugatish massasi oʻrtasidagi farqqa teng boʻladi.
Agar qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxsning subsidiar javobgarligi miqdori bunday shaxsning aybi bilan kreditorlarning mulkiy huquqlariga yetkazilgan zarar miqdoridan kam ekanligi isbotlangan boʻlsa, ushbu boshqaruvchi shaxs hisobidan qanoatlantirilishi lozim boʻlgan talablar miqdori tegishli ravishda kamaytirilishi mumkin.
Agar yuridik shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi shu yuridik shaxs uchun majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan muassisning (ishtirokchining) yoki yuridik shaxs mol-mulki egasining gʻayriqonuniy harakatlari tufayli yuzaga kelgan boʻlsa, ushbu shaxslar qarzdorning kreditorlari oldidagi majburiyatlari qanoatlantirilguniga qadar qarzdor rahbari va (yoki) boshqa yuridik shaxs muassislari (ishtirokchisi) yoki mulkdori sifatida ishtirok etishga haqli emas.
71-modda. Subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
Qarzdor bankrot deb topilgan va tugatishga doir ish yuritish jarayoni boshlangan kundan eʼtiboran toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek sud boshqaruvchisi oʻz tashabbusiga koʻra yoki kreditorlar yigʻilishining yoxud kreditorlar qoʻmitasining qaroriga muvofiq yoki vakolatli davlat organining koʻrsatmasiga asosan sudga subsidiar javobgarlikka tortish haqidagi ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Ushbu Qonunning 70-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini tamomlash toʻgʻrisida sud ajrimi chiqarilgandan soʻng qarzdorning xodimlari yoki sobiq xodimlari mol-mulk yetarli emasligi sababli qoplanmay qolgan qarzdorlik masalasi boʻyicha subsidiar javobgar boʻladigan shaxslarni subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisida sudga murojaat etishga haqli.
Ushbu Qonunning 70-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisida ariza berish huquqiga ega boʻlgan shaxs, subsidiar javobgarlikka tortish uchun tegishli asoslar mavjudligini bilgan yoki bilishi kerak boʻlgan kundan eʼtiboran uch yil ichida, biroq qarzdorni tugatishga doir ish yuritishni tamomlash haqida sud ajrimi chiqarilgandan soʻng uch yildan kechiktirmay sudga subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
72-modda. Subsidiar javobgarlikka tortiladigan shaxsning huquqlari
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasida sudga berilgan arizaga asosan subsidiar javobgarlikka tortiladigan shaxs toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaxsdir.
Subsidiar javobgarlikka tortilgan shaxs toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasida qarzdorga nisbatan qayta talab qoʻyish (regress) huquqiga ega, uning talablari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlik qarzdorligiga doir barcha boshqa talablar qanoatlantirilganidan soʻng qanoatlantiriladi.
73-modda. Subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish
Subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi ariza ushbu bobda belgilangan tartibda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Arizada koʻrsatilgan shaxs qarzdorning ishlarini boshqaruvchi ekanligi toʻgʻrisida yetarli maʼlumot mavjud emasligi aniqlansa, sud subsidiar javobgarlikka tortishni rad etishi mumkin.
Subsidiar javobgarlikka tortiladigan shaxsga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan taqdirda, ushbu shaxsni javobgarlikka tortish masalasi toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasida koʻrib chiqiladi.
Agar ushbu Qonunning 70-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish jarayonida subsidiar javobgarlik miqdorini aniqlash mumkin boʻlmasa, sud arizani koʻrib chiqishni subsidiar javobgarlikka tortish uchun zarur boʻlgan barcha dalillar aniqlanguniga va kreditor bilan hisob-kitoblar tugaguniga qadar toʻxtatib turish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Ushbu ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Agar sud tomonidan arizani koʻrib chiqish jarayonida daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan boʻlsa, ushbu arizani koʻrib chiqish toʻxtatib turilgan davrda ham daʼvoni taʼminlash choralari amal qiladi.
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar yakunlanganidan soʻng qarzdorning mol-mulki yetarli emasligi sababli kreditorlarning talablari qanoatlantirilmagan taqdirda, tugatish boshqaruvchisi tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni, shuningdek kreditorlar yigʻilishining kreditorlarning qanoatlantirilmagan talablari miqdori toʻgʻrisidagi qarorini ilova qilgan holda subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi ishni tiklash haqidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi.
Subsidiar javobgarlik miqdorini belgilash toʻgʻrisidagi masala va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomilini oʻtkazish natijalari haqidagi tugatish boshqaruvchisining hisoboti sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
74-modda. Subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi talab qilish huquqidan foydalanish
Tugatishni boshqaruvchi subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisida talab qilish huquqidan foydalanish usulini tanlash haqida kreditorlarni qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxslarni subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qonuniy kuchga kirgan sud hujjati olingan sanadan eʼtiboran uch kun ichida xabardor qiladi.
Bunday xabarnoma olingan sanadan eʼtiboran oʻn kun ichida kreditor tugatish boshqaruvchisiga subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisida quyidagi talab qilish huquqidan foydalanish usullaridan birini tanlashga doir arizani yuborishga haqli:
toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasida qarzni undirish;
talab qilish huquqini sotish;
talab qilish huquqidan yoki uning bir qismidan boshqa kreditor foydasiga voz kechish.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xabarnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran yigirma kun ichida tugatish boshqaruvchisi sudga kreditorlar tomonidan subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi talab qilish huquqidan foydalanish usulini tanlash natijalari haqidagi hisobotni yuboradi.
Hisobotda har bir kreditorning tanlovi, talablarning miqdori va navbati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak.
Kreditor ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddat ichida ariza taqdim etmagan taqdirda, kreditor ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan usulni tanlagan deb hisoblanadi.
Sudning subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi hujjati asosida sud:
ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan usulni tanlagan har bir kreditorga ushbu Qonunning 150-moddasida nazarda tutilgan talabni qanoatlantirish navbati va miqdori koʻrsatilgan holdagi ijro hujjatini talablarining summasiga muvofiq beradi;
toʻlovga qobiliyatsizlikka doir ijro hujjatini qolgan summani undiruvchi sifatida qarzdorga beradi.
Agar ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan usulni tanlagan kreditorlarning talablari summasi mazkur modda ikkinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan usulni tanlagan kreditorlarning talablari summasidan ortiq boʻlsa, tugatish boshqaruvchisi toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasida subsidiar javobgarlik boʻyicha qarzni undirishni amalga oshiradi. Aks holda, sud boshqaruvchisi talab qilish huquqini sotish va boshqa kreditor foydasiga voz kechish usullarini tasdiqlash uchun kreditorlar yigʻilishini chaqiradi.
Agar subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi sud hujjatining ijrosini taʼminlash haqidagi ijro varaqasi toʻlovga qobiliyatsizlik doirasidagi ish boʻyicha undiruvchi sifatida qarzdorning nomiga berilgan boʻlsa va uning ijrosi ushbu Qonunning 140-moddasida nazarda tutilgan tugatishga doir ish yuritish muddatining oshishiga olib kelsa, qarz boshqa shaxs foydasiga talablardan voz kechish yoki qarzni boshqa shaxsga oʻtkazish orqali undirilishi mumkin.
75-modda. Subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi sud hujjatini ijro etish
Subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi sud hujjatiga ega boʻlgan har qanday kreditor ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatishni talab qilishga haqli. Mazkur ijro ishini yuritish jarayonida undiruvchilarning talablari ushbu Qonunda nazarda tutilgan navbat boʻyicha qanoatlantirilishi kerak.
Subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi sud hujjatini ijro etish hisobiga kelib tushgan pul mablagʻlari kreditorlar talablarini qanoatlantirish uchun yoʻnaltiriladi. Tugatish boshqaruvchisi ushbu qoida talablarini amalga oshirish maqsadida mazkur mablagʻlarni sudning maxsus depozit hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
76-modda. Subsidiar javobgarlik toʻgʻrisidagi arizani toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasidan tashqari koʻrib chiqish
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yuritish tamomlangandan keyin talablari toʻliq qanoatlantirilmagan shaxslar toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasidan tashqari subsidiar javobgarlikka tortish uchun asoslar mavjud boʻlganda, sudga subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisida ariza berish huquqiga ega.
Agar subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi ariza ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq berilgan boʻlsa, arizani koʻrib chiqishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
agar arizada qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxslarni subsidiar javobgarlikka tortishdan manfaatdor boʻlgan shaxslar koʻrsatilmagan boʻlsa, sud bunday arizani harakatsiz qoldiradi va manfaatdor shaxslarni aniqlash maqsadida arizachiga toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish bilan tanishish huquqini beradi;
ariza, talab qiluvchi shaxslarning sonidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy va Fuqarolik protsessual kodekslari qoidalariga muvofiq koʻrib chiqiladi;
shaxsni subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi sud hujjatida har bir kreditor foydasiga undiriladigan summa va talablarni qanoatlantirish navbati koʻrsatiladi;
qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxslarni subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatida sud har bir kreditorga toʻlanishi lozim boʻlgan summa toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan tashqari har bir kreditorning talabini qanoatlantirish navbatini koʻrsatadi.
77-modda. Subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishda kelishuv bitimini tuzishning va tasdiqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish jarayonida kelishuv bitimi tuzilishi mumkin.
Subsidiar javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan kelishuv bitimini bajarish uchun yetarli miqdordagi mol-mulk toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etilgan taqdirda, ushbu kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
Kelishuv bitimi faqat subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisida ariza bergan shaxs hamda subsidiar javobgarlikka tortilgan shaxs oʻrtasida tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi shartlari (shu jumladan kompensatsiya berish, talablarni ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga, aksiyalarga, obligatsiyalarga yoki boshqa qimmatli qogʻozlarga aylantirilgan aksiyalarga, innovatsion gʻoyalar va boshqalarga almashish) subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisida ariza bergan shaxslarning bir ovozdan maʼqullashi asosida tuziladi.
Kelishuv bitimi shartlari belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, kreditor subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqan sudga qarzni undirish uchun ijro varaqasini olish maqsadida murojaat etishga haqli.
8-bob. Kuzatuv tartib-taomili
78-modda. Kuzatuv tartib-taomilini joriy etish
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganda kuzatuv tartib-taomili sud qarzdor — yuridik shaxsga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizani ish yuritishga qabul qilgan sanadan eʼtiboran joriy etiladi, bundan ushbu Qonunga muvofiq qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlikning boshqa tartib-taomili qoʻllanilishi kerak boʻlgan hollar mustasno. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan taqdirda sudning arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimida kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligi koʻrsatiladi.
79-modda. Kuzatuv tartib-taomilini joriy etish oqibatlari
Kuzatuv tartib-taomili joriy etilgan paytdan eʼtiboran:
mulkiy undiruvlar boʻyicha ijro hujjatlarini ijro etish toʻxtatib turiladi, bundan ish haqi boʻyicha, mualliflik shartnomalari boʻyicha haqlarni, alimentlarni toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirish haqidagi, shuningdek hayotga yoki sogʻliqqa yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish toʻgʻrisidagi, sud tomonidan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilingan paytga qadar qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlarini ijro etish mustasno. Sudning arizani ish yuritishga qabul qilish va toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ajrimi ijro hujjatlarini ijro etishni toʻxtatib turish uchun asos boʻladi;
qarzdor yuridik shaxs muassislarining (ishtirokchilarining) uning tarkibidan muassislari (ishtirokchilari) chiqib ketishi munosabati bilan qarzdorning mol-mulkidan ulushni (payni) ajratish haqidagi talablarini qanoatlantirish taqiqlanadi;
emissiya qimmatli qogʻozlari boʻyicha dividendlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash taqiqlanadi.
Qarzdordan pul mablagʻlarini olish toʻgʻrisidagi talablar qarzdorga talablar qoʻyishning faqat ushbu Qonunning 87-moddasida belgilangan tartibiga rioya etilgan holda qoʻyilishi mumkin.
Qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili joriy etilgan sanadan eʼtiboran qarzdorning kontragenti tomonidan shartnomalarni bajarishni bir tomonlama rad etishga yoki ularni bir tomonlama oʻzgartirishga, agar bu taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan boʻlsa ham yoʻl qoʻyilmaydi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan holatlar boʻyicha kelishmovchiliklar boʻlgan taqdirda, qarzdor kontragentining shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi talabi sud tomonidan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasida koʻrib chiqiladi.
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish jarayonida qarzdor shartnomani bajara olishi va shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishining kechikishini bartaraf etishi mumkinligi toʻgʻrisida dalillarni (fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa kreditor yoki uchinchi shaxs tomonidan majburiyatlarning taʼminlanishi shunday dalillar sifatida qabul qilinishi mumkin) taqdim etgan taqdirda, sud shartnomani oʻzgartirishni yoki bekor qilishni rad etishga haqli.
Agar shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish masalasi sud sanatsiyasi rejasini va qarzni toʻlash jadvalini yoki tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash uchun muhim ahamiyatga ega boʻlsa, sud kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilishini shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi talab koʻrib chiqilguniga qadar kechiktirishga haqlidir.
80-modda. Talablarni oʻzaro hal etish
Qarzdorning pul majburiyatlarini qarama-qarshi muqobil talabni oʻzaro hal etish orqali tugatishga, bundan ushbu moddaning sakkizinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno, faqat quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi, agar:
qarzdor va kreditorning pul majburiyatlari boʻyicha talablari toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishni boshlashdan oldin yuzaga kelgan boʻlsa;
qarzdor va kreditorning pul majburiyatlari toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yuritish boshlanguniga qadar tuzilgan bitimlar natijasida vujudga kelgan va ushbu majburiyatlarni talab qilish davri toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish boshlanganidan keyin yuzaga kelgan boʻlsa yoki talablarning vujudga kelish sanasi va muddati koʻrsatilmagan boʻlsa.
Ushbu Qonun 150 va 185-moddalarining qoidalari oʻzaro talablarni koʻrib chiqishda inobatga olinmaydi. Taraflardan biri majburiyatlarni tugatish toʻgʻrisida maʼlum qilsa, taraflarning qarama-qarshi talablari bir-biriga mos kelgan kundan eʼtiboran kuchga kirgan, yaʼni majburiyatni bajarish muddati oʻtgan paytdan eʼtiboran majburiyatlar, toʻlash uchun ariza tushgan-tushmaganligidan yoki qabul qilingan-qilinmaganligidan qatʼi nazar, tugatilgan deb hisoblanadi.
Qarzdorning pul majburiyatlarini qarama-qarshi muqobil talabni oʻzaro hal etish orqali tugatishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi, agar:
qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgandan keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlari boʻyicha talablari (yoki qarzdorga nisbatan shunday talablar), agar bu kreditorlarning huquqlari buzilishiga olib kelsa;
qarzdorning (yoki qarzdorga) pul majburiyatlari boʻyicha talablari toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilguniga qadar insofsizlik bilan olingan boʻlsa. Agar talab qilish huquqini oluvchi shaxs qarzdorda toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari yuzaga kelganligini bilgan yoki bilishi kerak boʻlgan holda ushbu talab qilish huquqi olingan boʻlsa, u insofsizlik bilan olingan deb taxmin qilinadi. Aks holda faktni isbotlash talab qilish huquqini sotib oluvchining zimmasiga yuklatiladi.
Agar majburiyatdagi shaxs oʻzgarganligi natijasida talablar qarama-qarshi talablarga aylangan boʻlsa, ularning yuzaga kelish vaqti bunday oʻzgarish sanasidan ilgari boʻlishi mumkin emas.
Oʻzaro hisob-kitob orqali qarama-qarshi muqobil talab qilish toʻgʻrisidagi ariza kreditor, qarzdor yoki tugatish boshqaruvchisi tomonidan berilishi mumkin.
Qarzdorning qarama-qarshi muqobil talabini oʻzaro hal etish orqali pul majburiyatlarini tugatish toʻgʻrisidagi nizolar ushbu Qonunning 60-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Agar oʻzaro hisob-kitoblarning shartlari toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilguniga qadar olti oy ichida yuzaga kelgan boʻlsa, oʻzaro hisob-kitob yuzasidan faqat kreditorlarning insofsiz harakatlari sodir etilgan taqdirda nizolashish mumkin.
Agar qarzdorning talablari qiymatidan ancha past narx boʻyicha olinganligi, shuningdek shaxsning majburiyatlari oqilona pul kompensatsiyasisiz (shu jumladan qarzni oʻtkazish orqali) zimmaga olinganligi oxir-oqibatda qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilishiga sabab boʻlsa, bu kreditorning insofsizligi dalili boʻlishi mumkin.
81-modda. Kuzatuv tartib-taomili jarayonida qarzdor huquqlarining cheklanishi
Kuzatuv tartib-taomilining joriy etilishi qarzdorning rahbarini hamda qarzdorning ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan cheklovlar bilan oʻz vakolatlarini amalga oshirishni davom ettirayotgan boshqa boshqaruv organlarini chetlashtirish uchun asos boʻlmaydi.
Qarzdorning boshqaruv organlari:
koʻchmas mol-mulkni ijaraga, garovga berish bilan yoki shu mol-mulkni boshqa usulda tasarruf etish bilan bogʻliq bitimlarni;
yirik bitimlarni;
zayomlar (kreditlar) olish va berish, kafolat xatlari va kafolatlar berish, talab qilish huquqlaridan oʻzga shaxs foydasiga voz kechish, qarzni boshqa shaxsga oʻtkazish, shuningdek qarzdorning mol-mulkini ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish bilan bogʻliq bitimlarni faqat muvaqqat boshqaruvchining yozma roziligiga binoan tuzishi mumkin.
Qarzdorning boshqaruv organlari quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqli emas:
qarzdorni qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, ajratib chiqarish, boʻlish, oʻzgartirish) va tugatish toʻgʻrisidagi qaror;
yuridik shaxslarni tuzish haqidagi yoki boshqa yuridik shaxslarning ishtiroki toʻgʻrisidagi qaror;
vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror;
dividendlar toʻlash yoki qarzdorning daromadini (foydasini) uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisidagi qaror;
qarzdor tomonidan obligatsiyalar va boshqa emissiya qogʻozlarini joylashtirish toʻgʻrisidagi qaror, bundan aksiyalar chiqarish haqidagi qaror mustasno;
ilgari chiqarilgan aksiyalarni aksiyadorlardan sotib olish toʻgʻrisidagi qaror.
82-modda. Muvaqqat boshqaruvchini tayinlash
Muvaqqat boshqaruvchi kreditorlar yoki vakolatli davlat organi yoxud sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmasi taklif etgan nomzodlar orasidan sud tomonidan tayinlanadi.
Sudning muvaqqat boshqaruvchini tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimida unga toʻlanadigan haq miqdori va uni toʻlash tartibi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Muvaqqat boshqaruvchiga toʻlanadigan haq miqdori kreditorlar yigʻilishining qarori asosida sud tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.
Muvaqqat boshqaruvchi uni oʻz vazifasini bajarishdan ozod etish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli.
Muvaqqat boshqaruvchining uni oʻz vazifasini bajarishdan ozod etish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi qanoatlantirilgan taqdirda sud kreditorlar taklif etgan nomzodlar orasidan yangi muvaqqat boshqaruvchini tayinlaydi. Muvaqqat boshqaruvchining nomzodi koʻrsatilmagan boʻlsa, sud muvaqqat boshqaruvchini vakolatli davlat organi yoki sud boshqaruvchilarining jamoat birlashmasi taklif etgan nomzodlar orasidan tayinlaydi. Muvaqqat boshqaruvchi yangi muvaqqat boshqaruvchi tayinlanguniga qadar oʻz vazifasini bajarishni davom ettiradi.
83-modda. Muvaqqat boshqaruvchining huquqlari
Muvaqqat boshqaruvchi quyidagilarga haqli:
bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida, shuningdek qarzdor tomonidan qonunchilikda belgilangan talablar buzilgan holda tuzilgan yoki ijro etilgan oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlarining qoʻllanilishi haqida sudga oʻz nomidan talablar qoʻyishga;
ushbu Qonunning 79-moddasida nazarda tutilgan hollarda kuzatuv tartib-taomili davrida kreditorlarning talablarini bajarishga eʼtirozlar bildirishga;
kreditorlarning talablari boʻyicha qarzdorning taqdim etilgan eʼtirozlari asosliligini sudya tomonidan tekshirishda ishtirok etishga;
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻrish haqidagi, shu jumladan ushbu Qonunning 81-moddasida nazarda tutilmagan bitimlarni muvaqqat boshqaruvchining roziligisiz tuzishni taqiqlash toʻgʻrisidagi, mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxslarga berish haqidagi, shuningdek bunday choralarni bekor qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etishga;
qarzdorning rahbarini vazifalarini bajarishdan chetlashtirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma bilan murojaat etishga;
qarzdorning faoliyatiga taalluqli har qanday axborot va hujjatlarni olishga.
Muvaqqat boshqaruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Qarzdorning boshqaruv organlari muvaqqat boshqaruvchining talabiga binoan unga qarzdorning faoliyatiga taalluqli har qanday axborotni taqdim etishi shart.
84-modda. Muvaqqat boshqaruvchining majburiyatlari
Muvaqqat boshqaruvchi:
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini taʼminlash choralarini koʻrishi;
qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilishi;
qarzdorning kreditorlarini aniqlashi va kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi, qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligi haqida kreditorlarni xabardor qilishi;
kreditorning talabiga koʻra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni oʻn kunlik muddatda taqdim etishi;
kreditorlarning birinchi yigʻilishini chaqirishi va oʻtkazishi shart.
Muvaqqat boshqaruvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Muvaqqat boshqaruvchi kuzatuv tartib-taomili tugagandan keyin, lekin sud majlisining belgilangan sanasiga kamida besh kun qolganda sudga oʻz faoliyati haqidagi hisobotni, qarzdorning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligi haqidagi takliflarni, kreditorlarning birinchi yigʻilishi bayonnomasini ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishi shart.
85-modda. Kuzatuv tartib-taomilini joriy etish haqida xabar qilish
Qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligi haqidagi xabarni muvaqqat boshqaruvchi oʻzi tayinlangan paytdan eʼtiboran uch kun ichida ommaviy axborot vositalarida ushbu Qonunning 53-moddasida nazarda tutilgan tartibda eʼlon qilish uchun yuborishi shart.
Muvaqqat boshqaruvchi ish haqi boʻyicha qarzni toʻlash talabini qoʻyadigan kreditorlardan tashqari qarzdorning aniqlangan barcha kreditorlarini qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligi toʻgʻrisida sud ajrim chiqarganligi haqida kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligiga oid xabar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay xabardor qilishi shart.
Qarzdorning rahbari qarzdorning xodimlarini, muassislarini (ishtirokchilarini) yoki qarzdor mol-mulkining egasini qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomilini joriy etish haqidagi sud ajrimini olgan sanadan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay xabardor qilishi shart.
Ish haqi boʻyicha qarzni toʻlash talabini qoʻyadigan kreditorlardan tashqari kreditorlarga kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligini xabar qilish kreditor tomonidan xabar olingan sanani belgilay olish imkoniyatini beradigan usulda xabar yuborish orqali amalga oshiriladi.
Ish haqi boʻyicha qarzni toʻlash talabnomalari yuzasidan kreditorlarni xabardor qilish qarzdor xodimlarining umumiy yigʻilishini chaqirish va oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Qarzdorning muassislarini (ishtirokchilarini) xabardor qilish muassislar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishini chaqirish yoki yuridik shaxsning qonunchilikka yoxud taʼsis hujjatlariga muvofiq muassislarning (ishtirokchilarning) umumiy yigʻilishini chaqirish huquqiga ega boʻlgan organiga qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili joriy etish haqida xabar yuborish orqali amalga oshiriladi.
Qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomilini joriy etish haqidagi xabarda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud boʻlgan taqdirda);
qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomilini joriy etish toʻgʻrisida ajrim chiqargan sudning nomi, bunday ajrim chiqarilgan sana va toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishning tartib raqami;
tayinlangan muvaqqat boshqaruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va uning pochta manzili;
sud tomonidan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish yuzasidan belgilangan sud majlisining sanasi, vaqti va joyi;
xabarni joʻnatuvchining (muvaqqat boshqaruvchining yoki qarzdor rahbarining) xohishiga koʻra boshqa axborot.
86-modda. Qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil etish
Qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil etish qarzdorning mol-mulki sud xarajatlarining, sud boshqaruvchilariga haq toʻlash xarajatlarining oʻrnini qoplash uchun yetarliligini, shuningdek qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash mumkinligini yoki mumkin emasligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Muvaqqat boshqaruvchi qarzdorning moliyaviy ahvolini, shu jumladan qarzdorning mol-mulki boʻlsa, shu mol-mulkni inventarizatsiya qilish natijalarini va mulk huquqining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni tahlil qilish asosida qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligi toʻgʻrisidagi takliflarni, toʻlovga qobiliyatsizlikning keyingi tartib-taomillarini joriy etish maqsadga muvofiqligini asoslantiruvchi maʼlumotlarni tayyorlaydi.
Muvaqqat boshqaruvchi moliyaviy tahlil natijasida qarzdorning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida quyidagi xulosalardan birini tayyorlaydi:
agar vaqtincha toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlansa, toʻlov qobiliyatini tiklash tartib-taomillaridan birini joriy etishning asoslari mavjudligi toʻgʻrisida;
agar doimiy toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlansa, toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyati mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida.
Qarzdorning moliyaviy ahvolini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Muvaqqat boshqaruvchi qarzdorning moliyaviy ahvolini aniqlash uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotni jalb etishi mumkin.
Kreditorlarning birinchi yigʻilishida ishtirok etish uchun qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligi toʻgʻrisidagi axborot ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida kreditorlar oʻz talablarini qarzdorga taqdim etishga haqli. Kreditorlarning talablari kreditorlar tomonidan sud hujjatini yoki ushbu talablarning asosliligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni ilova qilgan holda sudga, qarzdorga va muvaqqat boshqaruvchiga yuboriladi.
Kreditorlarning aniqlangan deb eʼtirof etish uchun asosga ega boʻlgan talablariga nisbatan qarzdor oʻz eʼtirozlarini sudga quyidagi hollarda yuborishga haqli, agar:
kreditor tomonidan talabni aniqlangan deb hisoblash uchun asos sifatida taqdim etilgan sud hujjatini bekor qiluvchi yoki oʻzgartiruvchi, xuddi shuningdek uning amal qilishini toʻxtatib turuvchi yoxud ijrosi usulini va tartibini oʻzgartiruvchi qonuniy kuchga kirgan sud hujjati mavjud boʻlsa;
kreditor tomonidan talabni aniqlangan deb eʼtirof etish uchun asos sifatida taqdim etilgan hujjatni (qarzni tan olish, notariusning ijro xati va boshqalar) bekor qiluvchi yoki oʻzgartiruvchi, xuddi shuningdek uning amal qilishini toʻxtatib turuvchi hujjat mavjud boʻlsa;
kreditor tomonidan talabni aniqlangan talablar jumlasiga kiritish dalili sifatida taqdim etilgan hujjat boʻyicha qarzni toʻlash muddatlarini, tartibini va shartlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qarzdor va kreditor oʻrtasida bitim tuzilgan boʻlsa;
qarzdor qarzni toʻliq yoki qisman toʻlagan boʻlsa;
talab bildirilgan majburiyatdagi shaxsning oʻzgarganligiga dalillar mavjud boʻlsa.
Muvaqqat boshqaruvchi kreditorlarning ushbu Qonunga muvofiq aniqlangan deb eʼtirof etiladigan talablariga oʻz eʼtirozlarini, agar muvaqqat boshqaruvchida qarzdorning qarzni tan olish boʻyicha harakatlari boshqa kreditorlarning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzadi va (yoki) asossiz deb hisoblash uchun yetarli asoslar boʻlsa, sudga yuborishga haqli.
Qarzdorning, muvaqqat boshqaruvchining kreditorlar talablariga eʼtirozlari tegishli talablar olingan paytdan eʼtiboran bir haftalik muddat ichida sudga taqdim etilishi mumkin. Kreditorlarning talablari, agar ular ustidan eʼtirozlar tushgan boʻlsa, sud majlisida koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish natijalari asosida mazkur talablarni kreditorlarning talablari reyestriga kiritish yoki kiritishni rad etish toʻgʻrisida sudning ajrimi chiqariladi. Kreditorning qarzdor yoki muvaqqat boshqaruvchi tomonidan koʻrsatilgan muddatda eʼtirozlar taqdim etilmagan talabi kreditorlarning talablari reyestriga kreditor tomonidan bildirilgan miqdorda kiritiladi.
Kreditorlarning talablari asossiz yoki lozim darajadagi dalillar bilan tasdiqlanmagan deb topilsa, kreditorlarning tegishli arizalari qaytarilishi lozim. Mazkur talablar toʻlovga qobiliyatsizlikning keyingi tartib-taomillarini amalga oshirish jarayonida taqdim etilishi mumkin.
Kreditor muvaqqat boshqaruvchining yoki sudning oʻz talablarini kreditorlar talablari reyestriga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat berishi mumkin.
88-modda. Kreditorlarning birinchi yigʻilishini chaqirish
Muvaqqat boshqaruvchi kreditorlarning birinchi yigʻilishi oʻtkaziladigan sanani belgilaydi va bu haqda barcha aniqlangan kreditorlarni, qarzdor xodimlarining vakilini, shuningdek kreditorlarning birinchi yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaxslarni (organlarni) xabardor qiladi. Kreditorlarning birinchi yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida xabardor qilish ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan tartibda muvaqqat boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Kreditorlarning birinchi yigʻilishi qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi sud ajrimida sud majlisini oʻtkazishning belgilangan sanasiga kamida besh kun muddat qolganida oʻtkazilishi kerak.
Talablari ushbu Qonun 87-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda taqdim etilgan va kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlar kreditorlar birinchi yigʻilishining ovoz berish huquqiga ega boʻlgan ishtirokchilaridir.
Kreditorlarning birinchi yigʻilishida qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili, qarzdor xodimlarining vakili ovoz berish huquqisiz ishtirok etishi mumkin. Kreditorlar yigʻilishida mazkur shaxslarning yoʻqligi yigʻilishni haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻlmaydi.
89-modda. Kreditorlarning birinchi yigʻilishida koʻriladigan masalalar
Kreditorlarning birinchi yigʻilishida quyidagi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilinadi:
sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish toʻgʻrisida;
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat etish toʻgʻrisida;
kreditorlar qoʻmitasi aʼzolarining soni va ularni saylash toʻgʻrisida;
sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining, tashqi boshqaruvchining yoki tugatuvchi boshqaruvchining nomzodlarini maʼqullash toʻgʻrisida;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalar boʻyicha.
90-modda. Kreditorlar birinchi yigʻilishining sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sudga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qarori
Kreditorlar birinchi yigʻilishining sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qarorida sud sanatsiyasi tartib-taomilining taklif qilinayotgan muddati va qarzni toʻlashning maʼqullangan jadvali boʻlishi kerak.
Sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kreditorlarning birinchi yigʻilishi muvaqqat boshqaruvchini oʻz vazifalarini bajarishdan ozod qilish haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat etishga haqli. Kreditorlar yigʻilishining sudga beriladigan mazkur iltimosnomasida sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi etib tayinlash uchun nomzod taklif qilinishi mumkin.
91-modda. Kreditorlar birinchi yigʻilishining tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida sudga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qarori
Kreditorlar birinchi yigʻilishining tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qarorida tashqi boshqaruv tartib-taomilining taklif qilinayotgan muddati va tashqi boshqaruvchilikka nomzod, shuningdek u haqdagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Kreditorlar birinchi yigʻilishining qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qarorida tugatishga doir ish yuritishning taklif qilinayotgan muddati va tugatish boshqaruvchiligiga nomzod, shuningdek u haqdagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
92-modda. Kuzatuv tartib-taomilini tugatish
Sud kreditorlarning birinchi yigʻilishi qarori asosida, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi yoki sud sanatsiyasini yoxud tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida ajrim chiqaradi yoki kelishuv bitimini tasdiqlaydi va toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishni tugatadi.
Agar kreditorlarning birinchi yigʻilishida toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillaridan birini qoʻllash haqida qaror qabul qilinmagan boʻlsa yoki sudga uning qarorlaridan hech biri ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan muddatda taqdim etilmagan boʻlsa, sud doimiy toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari boʻlgan taqdirda, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Doimiy toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, sud qarzdorning faoliyatini tiklash tartib-taomillaridan birini joriy etish toʻgʻrisidagi masalani kreditorlar yigʻilishida koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan materiallarni qaytaradi.
Agar kreditorlarning birinchi yigʻilishi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa yoxud sudga uning qarorlaridan hech biri taqdim etilmagan boʻlsa, sud qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining, vakolatli davlat organining, shuningdek uchinchi shaxsning (shaxslarning) iltimosnomasiga binoan, arizachilar tomonidan qarzdorning majburiyatlari ijrosining qarzni toʻlash jadvaliga muvofiq taʼminoti taqdim etilgan taqdirda, sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqli.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi yoki tashqi boshqaruvchi yoxud tugatish boshqaruvchisi tayinlanguniga qadar uning vazifasini bajarish ilgari muvaqqat boshqaruvchi vazifasini bajarib turgan shaxs zimmasiga toʻla hajmda yuklatiladi.
Sud tomonidan qarzdor bankrot deb topilgan va tugatishga doir ish yuritish boshlangan yoki sud sanatsiyasi yoxud tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilgan yoki kelishuv bitimi tasdiqlangan paytdan eʼtiboran kuzatuv tartib-taomili tugatiladi.
9-bob. Sud sanatsiyasi tartib-taomili
93-modda. Sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma
Kuzatuv tartib-taomili jarayonida qarzdor, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi, shuningdek uchinchi shaxs (shaxslar) sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sudga murojaat qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan kreditorlarning birinchi yigʻilishiga yoxud sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi iltimosnoma bilan bevosita sudga murojaat qilishga haqlidir.
Qarzdorning sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish toʻgʻrisidagi iltimosnomasiga sud sanatsiyasi tartib-taomilining taklif qilinayotgan muddati va qarzni toʻlash jadvali koʻrsatilgan holda qarzdorning sud sanatsiyasi rejasi ilova qilinishi kerak.
Sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sudga murojaat etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan kreditorlarning yigʻilishiga murojaat qilgan shaxslar mazkur iltimosnomani va unga ilova qilinadigan hujjatlarni kreditorlarga bu hujjatlar bilan tanishish imkoniyatini berish maqsadida kreditorlarning yigʻilishi oʻtkaziladigan sanaga kamida ikki hafta qolganida muvaqqat boshqaruvchiga taqdim etishi shart.
Qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi iltimosnomasiga sud sanatsiyasining rejasi, qarzni toʻlash jadvali, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) umumiy yigʻilishining bayonnomasi ilova qilinishi kerak. Mazkur umumiy yigʻilishning bayonnomasida sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish uchun ovoz bergan muassislar (ishtirokchilar) roʻyxati hamda bu shaxslar tomonidan qarzni toʻlash jadvalining bajarilishini taʼminlashga oid hujjatlar koʻrsatilishi kerak.
Uchinchi shaxsning (shaxslarning) sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish toʻgʻrisidagi iltimosnomasiga qarzni toʻlash jadvali va qarzdorning qarzni toʻlash jadvalini bajarishi uchinchi shaxs (shaxslar) tomonidan taʼminlanishiga oid hujjatlar ilova qilinishi kerak.
Sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sudga murojaat qilish toʻgʻrisida kreditorlarning yigʻilishiga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar iltimosnoma bilan murojaat etgan taqdirda qarzdorning qarzni toʻlash jadvalini bajarishi bu shaxslarning har biri tomonidan taʼminlanishi ular oʻrtasidagi bitimga binoan belgilanadi.
94-modda. Qarzdor tomonidan majburiyatlarni qarzni toʻlash jadvaliga muvofiq bajarishni taʼminlash
Qarzdor tomonidan majburiyatlarni qarzni toʻlash jadvaliga muvofiq bajarish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda taʼminlanishi mumkin.
Qarzdorning qarzni toʻlash jadvalini bajarish boʻyicha majburiyatlari sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqida sud ajrim chiqargan paytdan eʼtiboran taʼminlangan deb hisoblanadi.
Majburiyatlarni bajarish taʼminoti berilganligi toʻgʻrisidagi bitim, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, yozma shaklda tuziladi. Kreditorlar tarafidan mazkur bitimni kreditorlar yigʻilishining yoki kreditorlar qoʻmitasining vakili, sudning tashabbusi bilan sud sanatsiyasi tartib-taomili joriy etilgan taqdirda esa sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, boshqa tarafdan — qarzdorning majburiyatlarni qarzni toʻlash jadvaliga muvofiq bajarishi taʼminotini bergan shaxslar (bundan buyon matnda majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslar deb yuritiladi) imzolaydi.
Majburiyatlarni bajarishning berilgan taʼminoti miqdori qarzdor majburiyatlarining sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi masala yuzasidan kreditorlarning yigʻilishi oʻtkazilishi oldidan oxirgi hisobot sanasidagi holatga koʻra balansda aks ettirilgan va kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan talablar asosida tuzilgan qarzni toʻlash jadvalidagi miqdoridan kamida yigirma foiz ortiq boʻlishi kerak.
Qarzdorga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qarzdorning qarzni toʻlash jadvalini bajarish taʼminotining predmeti boʻlishi mumkin emas.
Qarzni toʻlash jadvaliga oʻzgartishlar kiritilganligi, shuningdek qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlikning yangi tartib-taomili joriy etilganligi majburiyatlarni bajarishning berilgan taʼminotini tugatish uchun asos boʻlmaydi.
95-modda. Sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish tartibi
Sud sanatsiyasi tartib-taomili sud tomonidan kreditorlar yigʻilishining qarori asosida joriy etiladi, bundan ushbu Qonun 92-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Sudning sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish toʻgʻrisidagi ajrimida sud sanatsiyasi tartib-taomilining muddati koʻrsatilishi, unda sud tomonidan tasdiqlangan qarzni toʻlash jadvali, majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslar haqidagi, bunday taʼminotning miqdori va shakllari toʻgʻrisidagi sanatsiya qiluvchi boshqaruvchini tayinlash hamda unga toʻlanadigan haq miqdori haqidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Sudning sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi.
Sud sanatsiyasi tartib-taomili koʻpi bilan yigirma toʻrt oy muddatga joriy etiladi.
96-modda. Sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish oqibatlari
Sud sanatsiyasi tartib-taomili oʻtkazilayotganda qarzdorning boshqaruv organlari oʻz vakolatlarini ushbu bobda belgilangan cheklovlar bilan amalga oshiradi.
Sud sanatsiyasi tartib-taomili joriy etilgan paytda:
kreditorlarning talablarini taʼminlash boʻyicha ilgari qabul qilingan choralar bekor qilinadi;
qarzdorning mol-mulkini xatlash va qarzdorga nisbatan uning oʻziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi vakolatlarini boshqacha tarzda cheklovlar faqat toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili doirasida joriy etiladi;
toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish jarayonida yuzaga keladigan barcha turdagi joriy soliq toʻlovlarini (bundan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha soliqlar mustasno) toʻlash toʻxtatib turiladi va sud sanatsiyasi tartib-taomili jarayonining muddati yakunlangach toʻlanadi. Bunday holda sud sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlagan va qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni tugatish haqida ajrim chiqargan sanadan eʼtiboran mazkur soliq qarzlari olti oy ichida teng miqdorda boʻlib-boʻlib toʻlanadi;
sud sanatsiyasi tartib-taomili paytida yuzaga kelgan pul majburiyatlarini va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoyka (jarima, penya) va boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sanksiyalar, shuningdek toʻlanishi lozim boʻladigan foizlar qoʻllanilmaydi.
Qarzni toʻlash jadvaliga muvofiq qanoatlantirilishi lozim boʻlgan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha kreditorning talablari summasiga Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasida nazarda tutilgan tartibda va miqdorda foizlar hisoblanadi. Bu foizlar sud sanatsiyasini joriy etish haqida sud ajrim chiqargan paytdan eʼtiboran va kreditorning talabini qanoatlantirish paytigacha, agar bunday qanoatlantirish roʻy bermasa, — unda qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish paytigacha kreditorning talablari summasiga qoʻshib yozilishi lozim.
Kreditorlar yigʻilishining, majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslarning yoki sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining qarzdorning rahbari sud sanatsiyasi rejasini bajarmaganligi yoxud lozim darajada bajarmaganligi haqidagi yoki qarzdorning rahbari qarzdorning, kreditorlarning, majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan harakatlar (harakatsizlik) sodir etganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan iltimosnomasiga binoan sud qarzdorning rahbarini oʻz vazifasini bajarishdan chetlashtirishga haqlidir. Bunday hollarda sud qarzdorning rahbari vazifasini bajarishni sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining zimmasiga yuklatishga haqli. Sud qarzdorning rahbarini oʻz vazifasini bajarishdan chetlashtirish haqida ajrim chiqaradi, bu ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi kreditorlar yigʻilishining yoxud kreditorlar qoʻmitasining roziligisiz qarzdorni qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) va tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga, qarzdor esa quyidagi bitimlarni tuzishga haqli emas:
koʻchmas mol-mulkni ijaraga, garovga berish, mazkur mol-mulkni xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida qoʻshish yoki bunday mol-mulkni boshqacha usulda tasarruf etish bilan bogʻliq bitimlar;
yirik bitimlar;
zayomlar (kreditlar) olish va berish, kafillik berish, talab qilish huquqlaridan oʻzganing foydasiga voz kechish, qarzni boshqa shaxsga oʻtkazish, shuningdek qarzdorning mol-mulkini ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish bilan bogʻliq bitimlar;
sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi yoki kreditorlar muayyan bitimlarning tuzilishidan qonunchilikda belgilangan tartibda manfaatdor boʻladigan bitimlar.
Sudning sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish haqidagi ajrimi qarzdor toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilguniga qadar tuzgan shartnomalarni bajarishni toʻxtatish yoki ularni bajarishni rad etish uchun asos boʻla olmaydi. Qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilguniga qadar tuzilgan, qarzdorning faoliyatini davom ettirish uchun muhim hisoblangan shartnomalarning bajarilishi qarzdor yoki sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi tomonidan davom ettiriladi.
Bunday holda qarzdor tomonidan tuzilgan shartnomalarning bajarilishini qarzdorga nisbatan sud sanatsiyasi tartib-taomili joriy etilganligi munosabati bilan toʻxtatish yoki ularni bajarishni rad etish boʻyicha taraflarning kelishuvlari haqiqiy emas deb hisoblanadi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi va kreditorlar qarzdorning bitimlarini qonunchilikda belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topishni talab qilish huquqiga ega.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi va kreditorlar toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganidan keyin yoki qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza berilishidan oldingi yigirma toʻrt oy ichida tuzilgan hamda butunlay yoki qisman bajarilmagan shartnomalarni bekor qilishni quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlgan taqdirda talab qilish huquqiga ega:
shartnomalarni bajarish qarzdorga zarar yetkazsa va (yoki) qiyosiy holatlarda tuziladigan xuddi shunday shartnomalarga nisbatan qarzdorning, kreditorlarning, qarzdor majburiyatlarining bajarilishini taʼminlovchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzsa;
shartnoma bir yildan ortiq muddatga tuzilgan yoxud qarzdor uchun faqat uzoq istiqbolda ijobiy natijalar olishga moʻljallangan boʻlsa;
shartnoma bir kreditorning talablarini boshqa kreditorlar talablariga nisbatan afzalroq qanoatlantirishga olib kelsa.
Toʻliq yoki qisman bajarilmagan shartnomalar boʻyicha shartnomalarni bekor qilish haqidagi talab qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashga monelik qiladigan boshqa holatlarda ham bildirilishi mumkin.
97-modda. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchilikka nomzod kreditorlarning yigʻilishi yoki majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslar tomonidan sudga taqdim etiladi.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi sud sanatsiyasi tartib-taomili joriy etilgan paytdan eʼtiboran va sud sanatsiyasi tartib-taomili tugaguniga yoki muddatidan ilgari tugatilguniga qadar faoliyat yuritadi.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi oʻz arizasiga koʻra yoki kreditorlar yigʻilishining yoxud majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslarning iltimosnomasiga binoan, shuningdek ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda sud tomonidan ozod qilinishi mumkin.
Sudning sanatsiya qiluvchi boshqaruvchini oʻz vazifasidan ayni bir paytda yangi sanatsiya qiluvchi boshqaruvchini tayinlagan holda ozod qilish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi.
Sud sanatsiyasi tartib-taomili paytida qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanishi munosabati bilan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yuritishning tugatilishi sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining huquq va majburiyatlari tugashiga sabab boʻladi.
Agar tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida sud tomonidan ajrim chiqarilgan yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, shuningdek boshqa shaxs tashqi boshqaruvchi yoki tugatuvchi boshqaruvchi etib tayinlangan boʻlsa, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi ishlar tashqi boshqaruvchiga yoki tugatuvchi boshqaruvchiga oʻtkaziladigan paytga qadar oʻz vazifalarini bajarishni davom ettirib turadi.
98-modda. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining huquqlari
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi quyidagilarga haqli:
qarzdorning rahbaridan qarzdorning joriy faoliyati, sud sanatsiyasi rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi hamda qarzni toʻlash jadvalining bajarilishi jarayoni haqida axborot talab qilishga;
qarzdorning rahbaridan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun pul mablagʻlari oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilishini talab qilishga;
qarzdor mol-mulk inventarizatsiyasini oʻtkazgan taqdirda unda ishtirok etishga;
kreditorlarning joriy talablari qarzdor tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga;
ushbu Qonun 96-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan hollarda qarzdorning bitimlari va qarorlarini kelishib olishga hamda mazkur bitimlar va qarorlar haqida kreditorlarga axborot taqdim etishga;
ushbu Qonunning 63, 64 va 65-moddalarida belgilangan tartibda qarzdorning bitimlarini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida sudga ariza berishga;
qarzdorning kreditorlar talablarini tan olishga yoki bunday talablarni aniqlangan deb topish uchun asoslarni tasdiqlashga doir harakatlari yoxud qarzdorning kreditorlar talablarini koʻrib chiqish borasidagi harakatsizligi ustidan ushbu Qonunning 60 va 87-moddalarida belgilangan hollarda hamda tartibda sudga shikoyat berishga;
ushbu Qonun 96-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda qarzdorning rahbarini oʻz vazifasini bajarishdan chetlashtirish haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishga;
qarzdor rahbaridan, taʼsischilaridan (ishtirokchilaridan) va (yoki) davlat organlaridan qarzdorga taalluqli boʻlgan axborotni va hujjatlarni soʻrab olishga;
oʻz vakolatlarini amalga oshirishni taʼminlash uchun davlat xizmatlaridan, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan xizmatlardan oldindan toʻlovlarni amalga oshirmasdan foydalanishga;
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi, shu jumladan mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxslarga oʻtkazish, shuningdek bunday choralarni bekor qilish haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishga.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
99-modda. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining majburiyatlari
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi:
kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi;
ushbu Qonunning 12-moddasida nazarda tutilgan hollarda kreditorlarning yigʻilishini chaqirishi;
qarzdor tomonidan taqdim etilayotgan sud sanatsiyasi rejasi va qarzni toʻlash jadvali bajarilishi jarayoni toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqishi hamda kreditorlarning yigʻilishiga tegishli xulosalarni taqdim etishi;
kreditorning talabiga koʻra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) oʻz faoliyati haqidagi axborotni oʻn kunlik muddatda taqdim etishi;
sud sanatsiyasi rejasi amalga oshirilishining borishi toʻgʻrisida kreditorlar yigʻilishiga va (yoki) kreditorlar qoʻmitasiga, shuningdek, agar qarzdorning ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlsa, vakolatli davlat organiga axborot taqdim etishi shart.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
100-modda. Sud sanatsiyasi rejasi va qarzni toʻlash jadvali
Sud sanatsiyasi rejasi qarzdorning rahbari, qarzdor muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi tomonidan tayyorlanadi.
Sud sanatsiyasi rejasida qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashga doir aniq chora-tadbirlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Sud sanatsiyasi rejasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari, mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish shartlari va tartibi, ularni amalga oshirish xarajatlari hamda qarzdorning boshqa xarajatlari;
qarzni toʻlash jadvali;
sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditorning yoki ushbu rejani tasdiqlash uchun ovoz berish huquqiga ega boʻlmagan kreditorning qarzdor tugatilgan taqdirda olishi mumkin boʻlgan kafolatli tovonning miqdori va toʻlash muddati;
qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash davri.
Sud sanatsiyasi rejasida qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash yuzasidan ushbu Qonunning 125-moddasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar boʻlishi mumkin.
Sud sanatsiyasi rejasini amalga oshirish muddati sudning sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish toʻgʻrisidagi ajrimida nazarda tutilgan muddatdan oshishi mumkin emas.
Sud sanatsiyasi rejasida qarzni toʻlash jadvaliga muvofiq kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni sud sanatsiyasi jarayonida qarzdor tomonidan olish usullari nazarda tutilishi kerak. Sud sanatsiyasi rejasi kreditorlarning yigʻilishi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash haqidagi masala koʻrib chiqilayotganda ovoz berishda birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari ishtirok etadi.
Kreditorlar yigʻilishining sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori, agar birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlarning koʻpchiligi uni yoqlab ovoz bersa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Bunda ovoz berish huquqiga ega boʻlgan va sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor hamda ushbu rejani tasdiqlash uchun ovoz berish huquqiga ega boʻlmagan kreditor, qarzdor tugatilgan taqdirda eng kamida olishi mumkin boʻlgan kafolatli toʻlovga teng tovon olish huquqiga ega.
Agar birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlar sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash haqida qaror qabul qilmasa, shuningdek ovoz berish chogʻida guruhlardan biridagi kreditorlarning zarur miqdordagi ovozi toʻplanmasa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish haqida qaror qabul qilinadi.
Sud sanatsiyasi rejasida qarzdorning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish, ushbu Qonunning 130-moddasiga muvofiq qarzdorning qoʻshimcha emissiyaviy aksiyalarini chiqarish va joylashtirish, ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshimcha ulush kiritish hamda kreditorlarning talablarini aksiyalarga ayirboshlash nazarda tutilishi mumkin.
Sud sanatsiyasi rejasida qarzdorning korxonasi (biznesi) yoki qarzdor mol-mulkining bir qismi ushbu Qonunning 126 va 127-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sotilishi nazarda tutilishi mumkin.
Sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditorlar oʻz huquqlarini himoya qilish maqsadida ekspertlarni:
sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor hamda ushbu rejani tasdiqlash uchun ovoz berish huquqiga ega boʻlmagan kreditor, qarzdor tugatilgan taqdirda, eng kamida olishi mumkin boʻlgan kafolatli toʻlovga teng tovon olish huquqiga ega boʻlishini;
sud sanatsiyasi rejasining muvaffaqiyatli bajarilish imkoniyati mavjudligini;
kreditorlarning boshqa kreditorlarga nisbatan qarzdorning mol-mulki bilan taʼminlangan ustunlik huquqini tekshirish uchun jalb etishi mumkin.
Agar qarzdor sud sanatsiyasi rejasi uchun mol-mulki toʻgʻrisida notoʻgʻri yoki chalgʻituvchi maʼlumotlarni taqdim etgan yoxud oʻz faoliyatiga va (yoki) ishga taalluqli boʻlgan axborotni yashirgan boʻlsa, kreditorlar yigʻilishi sud sanatsiyasi rejasini bekor qilish va sud sanatsiyasi tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish hamda sudga tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Sud kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasi asosida sud sanatsiyasi tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish hamda tegishincha tashqi boshqaruvni joriy etish haqida ajrim chiqaradi yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Qarzdorning boshqaruv organi va sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi sud sanatsiyasining tasdiqlangan rejasi amalga oshirilishi uchun masʼuldir.
Kreditorlar yigʻilishi va (yoki) kreditorlar qoʻmitasi sanatsiya rejasining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Kreditor sanatsiya qiluvchi boshqaruvchidan sud sanatsiyasi rejasining bajarilishi bilan bogʻliq boʻlgan har qanday maʼlumotni soʻrab olishga haqlidir.
Sud sanatsiyasi rejasida qarzdorni qarzlardan toʻliq yoki qisman ozod qilish yoxud ularni oʻzgartirish nazarda tutilishi mumkin.
Qarzdorni qarzlardan toʻliq yoki qisman ozod qilish yoxud ularni oʻzgartirish barcha kreditorlarning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Agar biror-bir kreditor qarzdorning qarzlardan toʻliq yoki qisman ozod etilishiga yoki ularning oʻzgartirilishiga qarshi boʻlsa, qolgan kreditorlar unga talabni kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq sotib olish boʻyicha taklif berishga haqli.
Qarzdorning qarzlardan toʻliq yoki qisman ozod qilinishiga yoki ularning oʻzgartirilishiga qarshi boʻlgan kreditor qolgan kreditorlar tomonidan taklif etilgan shartlarni qabul qilishi shart.
Qarzni toʻlash jadvali, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, barcha kreditorlar oldidagi qarzning toʻlanishini nazarda tutishi kerak. Qarzni toʻlash jadvali sud tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Qarzdorning sud sanatsiyasi tartib-taomili jarayonida yuzaga kelgan joriy toʻlovlar boʻyicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirish ushbu Qonunning 149, 150 va 185-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qarzdor qarzni toʻlash jadvalini muddatidan ilgari bajarishga haqlidir.
101-modda. Sud sanatsiyasi rejasiga va qarzni toʻlash jadvaliga oʻzgartishlar kiritish
Qarzdor sud sanatsiyasi rejasini va (yoki) qarzni toʻlash jadvalini bajarmagan taqdirda (qarz belgilangan muddatlarda va (yoki) belgilangan hajmlarda toʻlanmaganda), u qarzni toʻlash jadvaliga kiritish moʻljallanayotgan oʻzgartishlarni maʼqullash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan kreditorlarga talablarni bajarish sanasi boshlangan vaqtdan eʼtiboran ikki hafta muddat ichida murojaat qilishga haqli. Iltimosnomaning koʻchirma nusxasi sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga yuboriladi. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi iltimosnoma olingan paytdan eʼtiboran ikki haftadan kechiktirmay ushbu iltimosnoma asosida kreditorlarning yigʻilishini chaqiradi.
Agar kreditorlar sud sanatsiyasi rejasini va qarzni toʻlash jadvalini toʻliq yoki qisman bajarishning imkoni mavjud emasligini aniqlasa yoxud ularni faqat oʻzgartishlar kiritish orqali amalga oshirish imkoni mavjud deb hisoblasa, sud sanatsiyasi rejasiga va qarzni toʻlash jadvaliga sud oʻzgartish kiritishi mumkin.
Kreditorlar yigʻilishining sud sanatsiyasi rejasiga va (yoki) qarzni toʻlash jadvaliga oʻzgartishlar kiritish haqidagi qarori ushbu Qonunning 100-moddasida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Agar qarzni toʻlash jadvaliga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, kreditorlarning yigʻilishi qarzni toʻlash jadvalidagi oʻzgartishlarni tasdiqlash haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganligi haqida oʻz vaqtida xabardor qilinmagan va qarzni toʻlash jadvali sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin ishga qoʻshilgan kreditorning talablari yoki ushbu kreditorning qaysi talablari boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati kuzatuv tartib-taomili jarayonida boshlangan boʻlsa, oʻsha talablari sudning ajrimiga koʻra qarzni uzish jadvaliga kiritiladi.
Sud faqat kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan talablarga nisbatan qarzni toʻlash jadvaliga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqli.
102-modda. Sud sanatsiyasi tartib-taomilining muddatidan ilgari tamomlanishi
Kreditorlarning qarzni toʻlash jadvalida nazarda tutilgan barcha talablari sud sanatsiyasi tartib-taomilining sud tomonidan belgilangan muddati oʻtishidan oldin qarzdor tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, qarzdorning rahbari sud sanatsiyasi tartib-taomili muddatidan ilgari tamomlanganligi haqida sudga ushbu Qonunning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobot taqdim etadi. Qarzdor rahbarining sud sanatsiyasi tartib-taomili muddatidan ilgari tamomlanganligi toʻgʻrisidagi hisoboti, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining qarzdor rahbarining hisobotiga doir xulosasi va kreditorlarning shikoyatlari sud tomonidan majlisda koʻrib chiqiladi.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining talablari qarzni toʻlash jadvaliga kiritilgan barcha kreditorlarni qarzdor rahbarining sud sanatsiyasi tartib-taomili muddatidan ilgari tamomlanganligi haqidagi hisobotini koʻrib chiquvchi sud majlisining sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
Qarzdor rahbarining sud sanatsiyasi tartib-taomili muddatidan ilgari tamomlanganligi toʻgʻrisidagi hisobotini, shuningdek kreditorlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish yakunlari asosida sud:
agar toʻlanmagan qarz mavjud emasligi aniqlansa, kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb topilsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlaydi va toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishni toʻxtatadi;
agar toʻlanmagan qarz mavjudligi aniqlansa va kreditorlarning shikoyatlari asosli deb topilsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etadi.
Qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlash va toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishni tugatish haqida yoki mazkur hisobotni tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi, bu ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
103-modda. Sud sanatsiyasi tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish
Sud sanatsiyasi tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
kreditorlar talablarini qanoatlantirishning qarzni toʻlash jadvalida belgilangan muddatlari sud sanatsiyasi tartib-taomili jarayonida qarzdor tomonidan bir necha marta yoki bir marta jiddiy ravishda (bir oydan ortiq muddatga) buzilganligi;
qarzdor qarzni toʻlash jadvalini bajarishga qodir emasligidan dalolat beruvchi holatlarning mavjudligi.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi sud sanatsiyasi tartib-taomilini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish haqidagi masalani koʻrib chiqish uchun kreditorlarning yigʻilishini ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran ikki hafta ichida oʻz tashabbusiga koʻra yoki kreditorlar qoʻmitasining qarori asosida chaqirishi shart.
Qarzdorning rahbari kreditorlarning yigʻilishiga qarzni toʻlash jadvali va sud sanatsiyasi rejasi bajarilishining yakunlari haqida hisobot taqdim etishi shart. Hisobotga qarzdorning oxirgi hisobot sanasidagi holatga koʻra buxgalteriya balansi, qarzdorning daromadlari (foydasi) va zararlari toʻgʻrisidagi hisobot, qanoatlantirilgan talablar miqdori koʻrsatilgan holda kreditorlarning talablari reyestri va kreditorlarning talablari qanoatlantirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi kreditorlarning yigʻilishiga qarzdor rahbarining hisoboti bilan bir vaqtda qarzdor rahbarining hisoboti yuzasidan oʻz xulosasini taqdim etadi.
Kreditorlarning yigʻilishi qarzdor rahbarining hisobotini, shuningdek sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining mazkur hisobot boʻyicha xulosasini koʻrib chiqish yakunlariga koʻra tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish toʻgʻrisida yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. Kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasiga kreditorlar yigʻilishi bayonnomasining koʻchirma nusxasi, shuningdek kreditorlar yigʻilishi tomonidan qabul qilingan qarorga qarshi ovoz bergan yoki ushbu masala yuzasidan ovoz berishda ishtirok etmagan kreditorlarning shikoyatlari ilova qilinadi.
Sud tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasi asosida ajrim chiqaradi yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
104-modda. Sud sanatsiyasi tartib-taomilining tamomlanishi
Sud sanatsiyasi tartib-taomilining belgilangan muddati tugashiga kamida oʻn besh kun qolganida qarzdorning rahbari oʻtkazilgan sud sanatsiyasi tartib-taomilining natijalari haqida sudga hisobot taqdim etishi shart. Mazkur hisobotga qarzdorning oxirgi sanadagi holatga koʻra buxgalteriya balansi, qarzdorning moliyaviy natijalari toʻgʻrisidagi hisobot, qanoatlantirilgan talablar miqdori va mazkur qanoatlantirishni tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining qarzdor rahbarining hisobotiga doir xulosasi, qanoatlantirilgan talablar miqdori koʻrsatilgan holda kreditorlarning talablari reyestri, talablari qanoatlantirilmagan kreditorlarning shikoyatlari ilova qilinishi kerak. Qarzdor rahbarining sud sanatsiyasi tartib-taomilini oʻtkazish natijalari haqidagi hisoboti va kreditorlarning shikoyatlari sud tomonidan majlisda koʻrib chiqiladi.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi qarzni toʻlash jadvaliga talablari kiritilgan barcha kreditorlarni qarzdor rahbarining sud sanatsiyasi tartib-taomilini oʻtkazish natijalari haqidagi hisobotini koʻrib chiquvchi sud majlisining sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
Qarzdor rahbarining sud sanatsiyasi tartib-taomilini oʻtkazish natijalari haqidagi hisobotini, shuningdek kreditorlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish yakunlariga koʻra sud:
agar toʻlanmagan qarzi mavjud emasligi aniqlansa, kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb topilsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlaydi va toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishni toʻxtatish haqida ajrim chiqaradi;
agar toʻlanmagan qarz mavjudligi aniqlansa va kreditorlarning shikoyatlari asosli deb topilsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etadi.
Sud qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etgan taqdirda tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida ajrim yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
105-modda. Majburiyatlarning taʼminot bergan shaxslar tomonidan bajarilishi
Kreditorlarning taʼminot bergan shaxslardan majburiyatlar bajarilishini talab qilish huquqi sud sanatsiyasi tartib-taomilini tugatish yoki tamomlash toʻgʻrisida sud ajrim chiqargan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi. Majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslarga nisbatan talablar kreditorlar yigʻilishining (kreditorlar qoʻmitasining) vakili yoki sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi tomonidan taqdim etiladi.
Majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslarning majburiyatlarni bajarishi natijasida olingan pul mablagʻlari kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun qarzdorning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar qarzdor tomonidan amalga oshiriladi.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi kreditorlar talablarining qanoatlantirilganligi dalillari taqdim etilgan paytdan eʼtiboran kreditorlarning talablari reyestriga tegishli yozuvni kiritadi.
106-modda. Taʼminotdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish yakunlari toʻgʻrisidagi hisobot
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamomlangach yoki sud tomonidan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun belgilangan muddat oʻtgach, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi qarzdorning majburiyatlarini shaxslar tomonidan taʼminot berilgan holda bajarish yakunlari toʻgʻrisida sudga hisobot taqdim etishi shart. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisoboti va kreditorlarning shikoyatlari sud tomonidan majlisda koʻrib chiqiladi. Hisobotga qoʻyiladigan talablar, shuningdek uni taqdim etish va koʻrib chiqish tartibi ushbu Qonunning 132 va 133-moddalarida belgilanadi.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini, kreditorlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish yakunlariga koʻra sud:
agar toʻlanmagan qarz mavjudligi aniqlansa, kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb topilsa, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlaydi va toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi;
agar qoplanmagan qarz borligi aniqlangan va kreditorlarning shikoyatlari asosli deb topilgan boʻlsa, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlashni rad etadi hamda tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida ajrim chiqaradi yoxud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
107-modda. Taʼminot bergan shaxslarning majburiyatlarni bajarmasligi oqibatlari
Majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslar tomonidan shu taʼminotdan kelib chiqadigan majburiyatlar kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun sud belgilagan muddatda bajarilmagan hamda tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish uchun asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslar tomonidan shu taʼminotdan kelib chiqadigan majburiyatlar kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatda bajarilmaganligi qonunchilikka muvofiq ushbu shaxslarning qarzdorning kreditorlar oldidagi majburiyatlari yuzasidan solidar yoki subsidiar javobgarligiga sabab boʻladi.
Bunday holda toʻlovga qobiliyatsizlikning keyingi tartib-taomili jarayonida sud boshqaruvchisi sudga taʼminotni bergan shaxslarga nisbatan daʼvo bilan murojaat qilishga haqli.
10-bob. Tashqi boshqaruv tartib-taomili
108-modda. Tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish tartibi
Agar qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyati aniqlansa, tashqi boshqaruv tartib-taomili kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasi, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan qarzdor boʻyicha esa vakolatli davlat organining arizasi asosida sud tomonidan joriy etiladi.
Sudning tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqidagi ajrimi darhol ijro etilishi lozim va bu ajrim ustidan qonunchilikda belgilangan muddatda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Tashqi boshqaruv tartib-taomili, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻn ikki oydan yigirma toʻrt oygacha muddatga joriy etiladi.
Tashqi boshqaruv tartib-taomili uchun belgilangan muddat ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatlar doirasida kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasiga, vakolatli davlat organining qaroriga yoki tashqi boshqaruvchining arizasiga koʻra sud tomonidan qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin.
Sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv tartib-taomillarining jami muddati oʻttiz oydan oshmasligi kerak.
Agar sud sanatsiyasi tartib-taomili joriy etilgan sanadan to sud tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish kuniga qadar oʻn sakkiz oydan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa, sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida qaror chiqaradi.
109-modda. Tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish oqibatlari
Tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilgan paytdan eʼtiboran:
qarzdorning rahbari oʻz vazifasini bajarishdan chetlashtiriladi, qarzdorning ishlarini boshqarish tashqi boshqaruvchi zimmasiga yuklatiladi. Tashqi boshqaruvchi qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini tugatish yoki mazkur rahbarni boshqa ishga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq chiqarishi shart;
qarzdorning boshqaruv organlari vakolatlari tugatiladi. Qarzdorning rahbari va qarzdorning boshqa boshqaruv organlari vakolatlari tashqi boshqaruvchiga oʻtadi, bundan ushbu Qonunga muvofiq boshqa shaxslarga (organlarga) oʻtadigan vakolatlar mustasno. Qarzdorning boshqaruv organlari va (yoki) toʻlovga qobiliyatsizlikning ilgarigi tartib-taomilida tayinlangan sud boshqaruvchisi, tashqi boshqaruvchi tayinlangan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida qarzdorning buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlari, muhrlari va shtamplari (muhrlar va shtamplar mavjud boʻlgan taqdirda), moddiy va boshqa qimmatliklari tashqi boshqaruvchiga topshirilishini taʼminlashi shart;
kreditorlarning talablarini taʼminlash yuzasidan ilgari koʻrilgan chora-tadbirlar bekor qilinadi;
qarzdorning mol-mulkini xatlash va qarzdorga nisbatan uning oʻziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi vakolatlarining boshqacha tarzdagi cheklovlari faqat toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari doirasida qoʻllanilishi mumkin;
toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish jarayonida vujudga kelgan barcha turdagi joriy soliq toʻlovlarini (bundan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha soliqlar mustasno) toʻlash toʻxtatib turiladi va tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonining muddati yakunlanganidan keyin toʻlanadi. Bunday holda sud tashqi boshqaruvchining hisoboti tasdiqlangan hamda qarzdorga nisbatan qoʻzgʻatilgan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishni tugatish haqida qaror chiqargan sanadan eʼtiboran ushbu soliq qarzlari olti oy davomida teng miqdorda boʻlib-boʻlib toʻlanadi;
qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) soliqlari hamda yigʻimlari yuzasidan kreditorlar talablarining qanoatlantirilishiga nisbatan moratoriy joriy etiladi, bundan ushbu Qonunning 110-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilguniga qadar qarzdorning majburiyatlar bajarilishi taʼminoti sifatida berilgan mol-mulkidan foydalanishdan mazkur tartib-taomil joriy etilganidan keyin olingan hosilga, mahsulotga va daromadlarga nisbatan kreditorning oʻz talablarini bajarish taʼminoti sifatidagi huquqi tatbiq etilmaydi.
Tashqi boshqaruv tartib-taomili tugaganidan keyin pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha kreditorlarga qarzdor toʻlashi shart boʻlgan neustoyka (jarima, penya), shuningdek yetkazilgan zararning summalari tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish paytidagi mavjud miqdorlarda toʻlash uchun taqdim etilishi mumkin.
110-modda. Kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga doir moratoriy
Kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga doir moratoriy tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilguniga qadar bajarilish muddati kelgan pul majburiyatlariga va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlarga nisbatan tatbiq etiladi, bundan qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili va (yoki) sud sanatsiyasi tartib-taomili joriy etilganidan keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlari mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar yuzasidan moratoriyning amal qilish muddati ichida:
undiruv soʻzsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatlari va boshqa hujjatlar boʻyicha undiruvga yoʻl qoʻyilmaydi;
pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun neustoyka (jarima, penya) va boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sanksiyalar hisoblanmaydi, bundan qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili va (yoki) sud sanatsiyasi tartib-taomili joriy etilganidan keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlari va (yoki) toʻlanishi lozim boʻlgan foizlar mustasno.
Tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdagi pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha kreditorlar talablarining summasiga Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasida nazarda tutilgan tartibda va miqdorda foizlar hisoblanadi. Bu foizlar bir navbatdagi talablarga qarzdorga nisbatan tashqi boshqaruv joriy etilgan sanadan eʼtiboran va sud tomonidan shu navbat talablari boʻyicha kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash haqida ajrim chiqariladigan sanaga qadar yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinadigan paytga qadar hisoblanadi. Hisoblangan foizlar summasi kreditorga asosiy qarz summasini toʻlash bilan bir vaqtda toʻlanishi lozim.
Moratoriy kreditorlarning tashqi boshqaruvchi shartnomani bajarishdan ushbu Qonunning 119-moddasiga muvofiq bosh tortganligi oqibatida yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash haqidagi talablariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar bajarilish muddati tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilganidan keyin boshlangan pul majburiyatlariga va (yoki) soliqlarga hamda yigʻimlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Moratoriyning amal qilishi fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablariga, alimentlar undirishga hamda mualliflik shartnomalari asosida haq toʻlashga doir talablariga, shuningdek qarzdor qaysi fuqaroning hayotiga yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi uchun javobgar boʻlsa, ana shu fuqaroning talablariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Kreditorning iltimosnomasiga asosan sud qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida mazkur kreditorning foydasiga qaysi pul majburiyatlari boʻyicha mol-mulk berilgan boʻlsa, oʻsha pul majburiyatlarini moratoriyning taʼsir doirasidan chiqarish toʻgʻrisida, agar mol-mulk tashqi boshqaruv tartib-taomilini amalga oshirish uchun zarur boʻlmasa, ajrim chiqarishi mumkin.
Talablari qarzdorning mol-mulki bilan taʼminlangan kreditorning iltimosnomasiga asosan quyidagi hollarda sud mazkur mol-mulkni moratoriyning taʼsir doirasidan chiqarish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin, agar:
qarzdorning mol-mulki bilan taʼminlangan kreditorning yoki kreditorlarning talablari miqdori garov narsasi qiymatidan oshib ketgan boʻlsa;
garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymatini pasayib ketishdan himoya qilish mavjud boʻlmasa;
tashqi boshqaruv rejasini amalga oshirish qarzdorning mol-mulki bilan taʼminlangan talablarga daxl qilmasa;
garovga qoʻyilgan mol-mulkni tez buziladigan mahsulot sifatida saqlab qolish uchun choralar koʻrish talab etilsa;
sud sanatsiyasining rejasi yoki tashqi boshqaruv rejasi belgilangan muddatda tasdiqlanmagan boʻlsa.
111-modda. Tashqi boshqaruvchilikka nomzod taqdim etish tartibi
Tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy qilish haqida sudga iltimosnoma bilan murojaat etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kreditorlarning yigʻilishi tashqi boshqaruvchilikka nomzodni maʼqullaydi.
Tashqi boshqaruvchilikka nomzod kreditorlarning yigʻilishiga har qanday kreditor tomonidan yoki vakolatli davlat organi tomonidan taklif etilishi mumkin.
Kreditorlarning yigʻilishi tomonidan qaror qabul qilishning ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan tartibiga muvofiq kreditorlarning eng koʻp ovozini olgan shaxsning nomzodi sudga taklif etiladi.
Sud tashqi boshqaruv tartib-taomilini kreditorlar yigʻilishining tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qarori mavjud boʻlmagan holda joriy etayotgan boʻlsa, kreditorlarning yigʻilishi tashqi boshqaruvchilikka nomzodni sud tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida ajrim chiqargan paytdan eʼtiboran uch haftalik muddat ichida koʻrib chiqishga, maʼqullashga va sudga taqdim etishga haqli.
Tashqi boshqaruvchilikka nomzod kreditorlarning yigʻilishi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, sud vakolatli davlat organi tomonidan taklif etilgan nomzodlar orasidan tashqi boshqaruvchini tayinlaydi.
112-modda. Tashqi boshqaruvchini tayinlash
Tashqi boshqaruvchi tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish bilan bir paytda sud tomonidan tayinlanadi.
Tashqi boshqaruvchini tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish bilan bir paytda tayinlashning imkoni mavjud boʻlmasa, sud tashqi boshqaruvchini tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilgan paytdan eʼtiboran bir oylik muddat ichida tayinlaydi.
Tashqi boshqaruvchini tayinlash toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi.
Tashqi boshqaruvchini tayinlash toʻgʻrisidagi sudning ajrimi darhol ijro etilishi lozim va uning ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
113-modda. Tashqi boshqaruvchini oʻz vazifasini bajarishdan ozod etish
Tashqi boshqaruvchi oʻz vazifasini bajarishdan quyidagi hollarda sud tomonidan ozod etilishi mumkin:
oʻz arizasiga binoan;
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorlar yigʻilishining qarori asosida. Bunday holda kreditorlar yigʻilishining qarorida tashqi boshqaruvchilikka tavsiya etilayotgan yangi nomzod haqidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak;
vakolatli davlat organining arizasi asosida;
ushbu Qonunning 22-moddasiga muvofiq tashqi boshqaruvchi etib tayinlanishiga monelik qiladigan holatlar aniqlangan taqdirda.
Tashqi boshqaruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa hollarda ham oʻz vazifalarini bajarishdan ozod etilishi mumkin.
Tashqi boshqaruvchini oʻz vazifasini bajarishdan ozod etish toʻgʻrisidagi ajrim darhol ijro etilishi kerak va ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) bunday ajrimning ijro etilishini toʻxtatib qoʻymaydi.
114-modda. Tashqi boshqaruvchining huquqlari
Tashqi boshqaruvchi qarzdorning rahbari vakolatlarini amalga oshiradi.
Tashqi boshqaruvchi quyidagilarga haqli:
kreditorlarning yigʻilishini hamda kreditorlar qoʻmitasini chaqirishga;
ushbu Qonunning 118-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarni hisobga olgan holda qarzdorning mol-mulkini tasarruf etishga;
qarzdor nomidan kelishuv bitimi tuzishga;
ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq haq olishga;
agar ushbu Qonunda yoki kreditorlar bilan kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻz vazifalarini amalga oshirish uchun boshqa shaxslarni ular faoliyatiga qarzdorning mablagʻlaridan haq toʻlagan holda shartnoma asosida ishga jalb qilishga;
oʻz vazifalarini bajarishni muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida sudga ariza berishga;
ushbu Qonunning 63 — 65-moddalarida belgilangan tartibda qarzdorning shartnomalarini haqiqiy emas deb topish haqida sudga ariza berishga;
qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash maqsadida tijorat banklaridan, moliya tashkilotlaridan qarz olishga, shuningdek qarzdorning faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslardan moliyaviy yordam olishga;
qarzdorga taalluqli boʻlgan axborotni va hujjatlarni qarzdorning rahbaridan, taʼsischilaridan va (yoki) davlat organlaridan soʻrab olishga;
oʻz huquq va majburiyatlarining amalga oshirilishini taʼminlash uchun davlat xizmatlaridan, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan xizmatlardan oldindan toʻlovlarni amalga oshirmasdan foydalanish;
qarzdorning shartnomalarini bajarish ushbu Qonunning 119-moddasida belgilangan tartibda rad etilishini maʼlum qilishga.
Tashqi boshqaruvchi oʻz huquqlari va majburiyatlarini amalga oshirayotganda qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha qonunchilikka muvofiq subsidiar javobgar boʻladigan shaxslarga nisbatan ular qarzdorni toʻlovga qobiliyatsizlikka olib borganligi munosabati bilan talablar qoʻyishga haqlidir.
Tashqi boshqaruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
115-modda. Tashqi boshqaruvchining majburiyatlari
Tashqi boshqaruvchi:
qarzdorning mol-mulkini qabul qilib olishi va uni inventarizatsiyadan oʻtkazishi;
qarzdorning uchinchi shaxslarda turgan mol-mulkini qidirishga, aniqlashga va qaytarishga qaratilgan choralar koʻrishi;
tashqi boshqaruvni oʻtkazish va kreditorlar bilan hisob-kitoblar qilish uchun maxsus hisobvaraq ochishi;
tashqi boshqaruv rejasini ishlab chiqishi va kreditorlarning yigʻilishi tasdiqlashi uchun taqdim etishi;
moliyaviy, buxgalteriya va statistika hisobini yuritishi hamda hisobdorlikni taʼminlashi;
kreditorlarning qarzdorga nisbatan talablari yuzasidan eʼtirozlar bildirishi;
qarzdor oldidagi qarzni undirish choralarini koʻrishi;
kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi;
kreditorlarning yigʻilishiga tashqi boshqaruv rejasi bajarilishining borishi va yakunlari haqida hisobotlar taqdim etishi;
kreditorning talabiga koʻra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni oʻn kunlik muddatda taqdim etishi;
tashqi boshqaruv rejasi bajarilishining borishi haqida kreditorlar yigʻilishiga va kreditorlar qoʻmitasiga, shuningdek, agar qarzdorning ustav fondida (ustav kapitalida) davlatning ulushi boʻlsa, vakolatli davlat organiga axborot taqdim etishi shart.
Tashqi boshqaruvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
116-modda. Kreditorlarning talablari
Kreditorlar qarzdorga nisbatan oʻz talablarini tashqi boshqaruv tartib-taomili amal qilayotgan muddatning istalgan vaqtida taqdim etishga haqli. Mazkur talablar tashqi boshqaruvchiga qarzdorning joylashgan yeri va (yoki) elektron pochta manzili boʻyicha yuboriladi. Kreditorlarning ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq aniqlangan deb eʼtirof etiladigan talablari bu talablarni aniqlangan deb belgilash imkonini beruvchi hujjatlar ilova qilingan holda tashqi boshqaruvchiga yuboriladi.
Tashqi boshqaruvchi kreditorlarning taqdim etilgan talablarini koʻrib chiqadi va tegishli talab olinganidan keyin uni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha kreditorlarning talablari reyestriga uzogʻi bilan ikki hafta ichida tegishli yozuv kiritadi. Tashqi boshqaruvchi koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida tegishli kreditorni kreditorning talablari olingan paytdan eʼtiboran uzogʻi bilan bir oylik muddat ichida xabardor qiladi.
Kreditor kreditorlarning talablarini tashqi boshqaruvchi tomonidan koʻrib chiqish natijalari yuzasidan eʼtirozlarini toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrayotgan sudga bu natijalardan xabardor boʻlgan paytdan eʼtiboran bir oylik muddat ichida bildirishi mumkin.
Kreditorlarning ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatda eʼtirozlar bildirilmagan talablari tashqi boshqaruvchi tomonidan aniqlanadigan miqdorda, tarkibda va ularni qanoatlantirish navbatida aniqlangan talablar deb hisoblanadi.
Kreditor mustaqil ravishda qarzdordan talab qilish huquqini notarial tartibda boshqa shaxslarga oʻtkazishi mumkin. Bunda talab qilish huquqini sotib olgan shaxs talabini oʻn kun muddat ichida kreditorlar reyestriga kiritish uchun qarzdorning tashqi boshqaruvchisiga murojaat qilishi kerak.
117-modda. Kreditorlarning eʼtirozlarini koʻrib chiqish
Kreditorlarning tashqi boshqaruvchi tomonidan aniqlangan oʻz talablari miqdori, tarkibi va ularni qanoatlantirish navbati xususidagi ushbu Qonunning 116-moddasida belgilangan muddatlarda berilgan eʼtirozlari sud tomonidan mazkur eʼtirozlar olingan sanadan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.
Kreditorlarning eʼtirozlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud ajrim chiqaradi, ajrimda kreditorlarning qaysi talablariga nisbatan eʼtirozlar asosli deb topilgan boʻlsa, kreditorlarning shu talablari miqdori, tarkibi va ularni qanoatlantirish navbati koʻrsatiladi.
Kreditorlarning eʼtirozlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud chiqargan ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasida kreditorlarning eʼtirozlarini koʻrib chiqish chogʻida chiqarilgan ajrimlar va boshqa sud hujjatlari alohida ish yuritishda kreditorlarning qarzdorga nisbatan talablarini koʻrib chiqishda preyuditsial kuchga ega boʻladi.
Qarzdor xodimlari vakilining mehnatga haq toʻlash va mehnat shartnomasi boʻyicha ishlovchi shaxslarga ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlash boʻyicha qarzning miqdori va tarkibi haqidagi eʼtirozlari ham ushbu moddada belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
118-modda. Qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish
Qarzdor mol-mulkining egasi yoki taʼsis hujjatlari bilan vakolat berilgan organlar qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish boʻyicha qaror qabul qilishga yoxud tashqi boshqaruvchining vakolatlarini boshqacha tarzda cheklashga haqli emas, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Agar ushbu Qonunda yoki tashqi boshqaruv rejasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yirik bitimlar va manfaatdorlik nazarda tutilgan bitimlar tashqi boshqaruvchi tomonidan faqat kreditorlar yigʻilishining yoki kreditorlar qoʻmitasining roziligi bilan tuziladi.
Balans qiymati qarzdorning koʻchmas mol-mulkini yoki bitim tuzish paytidagi aktivlari balans qiymatining oʻn foizidan koʻprogʻini tashkil etadigan boshqa mol-mulkini tasarruf etishga olib keladigan bitimlar yirik bitimlar jumlasiga kiradi.
Bitimni tuzgan taraflardan biri tashqi boshqaruvchiga yoki kreditorga nisbatan manfaatdor shaxs boʻlsa, bunday bitimlar manfaatdorlik nazarda tutilgan bitimlar deb eʼtirof etiladi.
119-modda. Qarzdorning shartnomalarini bajarishni rad etish
Sudning tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish toʻgʻrisidagi ajrimi qarzdor toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilguniga qadar tuzgan shartnomalarni bajarishni toʻxtatish yoki ularni bajarishni rad etish uchun asos boʻla olmaydi. Qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilguniga qadar tuzilgan, qarzdorning faoliyatini davom ettirish uchun muhim boʻlgan shartnomalarning bajarilishi tashqi boshqaruvchi tomonidan davom ettiriladi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno. Bunda qarzdor tuzgan shartnomalarni qarzdorga nisbatan tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilganligi munosabati bilan bajarishni toʻxtatish yoki ularni bajarishni rad etish boʻyicha taraflarning kelishuvlari haqiqiy emas deb hisoblanadi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Tashqi boshqaruvchi toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilguniga qadar qarzdor tuzgan shartnomalarni bajarishni faqat toʻliq yoki qisman bajarilmagan shartnomalarga nisbatan, quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlgan taqdirda rad etishga haqli:
shartnomalarni bajarish qarzdor uchun zarar keltirsa va (yoki) qiyosiy holatlarda tuziladigan xuddi shunday shartnomalarga nisbatan qarzdorning, kreditorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzsa;
shartnoma uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga tuzilgan) boʻlsa yoki faqat uzoq istiqbolda qarzdor uchun ijobiy natijalar olishga moʻljallangan boʻlsa;
shartnomada bir kreditorning talablarini boshqa kreditorlar talablariga nisbatan afzalroq tarzda qanoatlantirish nazarda tutilgan boʻlsa;
qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashga monelik qiluvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda shartnoma barcha taraflar tomonidan shunday shartnoma yuzasidan tashqi boshqaruvchining shartnomani bajarishni rad etishi toʻgʻrisidagi arizasi olingan paytdan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Shartnomani tuzgan taraflardan biri, agar unga nisbatan qarzdor rad qilishni bildirgan boʻlsa, qarzdordan shartnomani bajarishni rad etganlik oqibatida kelib chiqqan haqiqiy zararning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqli.
120-modda. Qarzdorning tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonida yuzaga kelgan pul majburiyatlari
Qarzdorning tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonida yuzaga kelgan pul majburiyatlari miqdori kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq kreditorlar talablari summasining yigirma foizidan ortiqrogʻini tashkil etgan hollarda qarzdorning yangi pul majburiyatlarini keltirib chiqaruvchi bitimlar, bundan tashqi boshqaruv rejasida nazarda tutilgan bitimlar mustasno, tashqi boshqaruvchi tomonidan faqat kreditorlar yigʻilishining yoki kreditorlar qoʻmitasining roziligi bilan tuzilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismi normalari buzilgan holda tuzilgan bitimlar, agar ular ilgari qarzdorning tashqi boshqaruvchisi vazifasini bajargan shaxs tomonidan tuzilgan boʻlsa, kreditorning, shuningdek yangi tayinlangan tashqi boshqaruvchining arizasiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
121-modda. Qarzdor xarajatlarining tartibga solinishi
Qarzdorning isteʼmolga, shu jumladan mehnatga haq toʻlashga sarflanadigan xarajatlarining koʻpayishiga olib keluvchi qarorlar tashqi boshqaruvchi tomonidan faqat kreditorlar yigʻilishining yoki kreditorlar qoʻmitasining roziligi bilan qabul qilinishi mumkin, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
122-modda. Tashqi boshqaruv rejasi
Tashqi boshqaruvchi sud tomonidan tayinlangan paytdan eʼtiboran bir oylik muddat ichida tashqi boshqaruv rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun kreditorlar yigʻilishiga taqdim etishi kerak.
Tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish chogʻida ovoz berishda birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari ishtirok etadi.
Kreditorlar yigʻilishining tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash haqidagi qarori, agar uni birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlarning koʻpchiligi yoqlab ovoz bersa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Bunda ovoz berish huquqiga ega boʻlgan va tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor yoki kreditorlar qarzdor tugatilgan taqdirda eng kamida olishi mumkin boʻlgan kafolatli tovonga teng tovon olishga haqlidir.
Agar birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlar tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilmasa, shuningdek ovoz berish chogʻida guruhlardan biridagi kreditorlarning zarur miqdordagi ovozlari toʻplanmasa, sudga qarzdorni bankrot deb topish va tugatish toʻgʻrisida ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan murojaat qilish haqida qaror qabul qilinadi.
Kreditorlar yigʻilishining tashqi boshqaruv rejasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi qarori birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari tomonidan, agar har bir alohida guruhning koʻpchiligi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilinadi.
Tashqi boshqaruv rejasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari, mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish shartlari va tartibi, ularni amalga oshirish xarajatlari hamda qarzdorning boshqa xarajatlari;
qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash muddati.
Qarzdorning toʻlov qobiliyati ushbu Qonunning 5-moddasida belgilangan toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud boʻlmagan va (yoki) kreditorlar tomonidan bildirilgan talablardan voz kechilgan taqdirda tiklangan deb eʼtirof etiladi.
Tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditorlar oʻz huquqlarini himoya qilish maqsadida quyidagilarni tekshirish uchun ekspertlarni jalb etishi mumkin:
tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor hamda ushbu rejani tasdiqlash uchun ovoz berish huquqiga ega boʻlmagan kreditor qarzdor tugatilgan taqdirda eng kamida olishi mumkin boʻlgan kafolatli toʻlovga teng tovon olish huquqiga ega boʻlishini;
tashqi boshqaruv rejasining muvaffaqiyatli bajarilish imkoniyati mavjudligini;
qarzdorning mol-mulki bilan taʼminlangan kreditorlarning boshqa kreditorlarga nisbatan ustunlik huquqini.
Agar tashqi boshqaruv rejasida qarzdor talabini kamaytirish yoki hisobdan chiqarish nazarda tutilgan boʻlsa, bu ushbu Qonunning 100-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Tashqi boshqaruvchi kreditorlar yigʻilishining yoki kreditorlar qoʻmitasining talabiga binoan tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayoni haqida kreditorlar oldida hisobot beradi.
Tashqi boshqaruv rejasini amalga oshirish qarzdorning xoʻjalik faoliyati tugatilishiga olib kelmasligi kerak, bundan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilganidan keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlarini qanoatlantirish va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha majburiyatni bajarish vazifasi qarzdorning mol-mulkini sotib oluvchiga oʻtadigan hollar mustasno.
123-modda. Tashqi boshqaruv rejasini koʻrib chiqish
Tashqi boshqaruv rejasi kreditorlarning yigʻilishida koʻrib chiqiladi, yigʻilish tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilgan paytdan eʼtiboran ikki oydan kechiktirmay tashqi boshqaruvchi tomonidan chaqiriladi. Tashqi boshqaruvchi zaruratga qarab barcha kreditorlarga kreditorlar yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida xabar qiladi hamda mazkur yigʻilish oʻtkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin ularga tashqi boshqaruv rejasi bilan tanishib chiqish imkoniyatini taʼminlaydi.
Kreditorlarning yigʻilishida tashqi boshqaruvchi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili hamda qarzdorning xodimlari vakili maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etish huquqiga ega.