204-modda. Kreditorlar yigʻilishining jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishga doir mutlaq vakolatlari
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida (O‘RQ-763-son) · Sana: 12.04.2022 · Amalda
Kreditorlar yigʻilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga:
kreditorlar qoʻmitasi aʼzolarini saylash, qoʻmitaning miqdoriy tarkibini belgilash va aʼzolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi qarorni;
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi yoki tasdiqlashni rad etish haqidagi qarorni;
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga kiritiladigan oʻzgartishlarni tasdiqlash haqidagi yoki tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni;
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini bekor qilish haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qarorni, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash haqidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qarorni, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
kelishuv bitimini tuzish haqidagi qarorni qabul qilish kiradi.
