210-modda. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga ilova qilinadigan hujjatlar
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida (O‘RQ-763-son) · Sana: 12.04.2022 · Amalda
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga quyidagilar ilova qilinadi:
jismoniy shaxs mol-mulkining va mulkiy huquqlarining roʻyxati;
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasi sudga taqdim etilishidan oldingi olti oy uchun uning daromad manbalari haqidagi maʼlumotlar;
kreditorlik qarzi, shu jumladan joriy majburiyatlarga doir toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
garovlar reyestrini yuritadigan tashkilotdan olingan kredit hisoboti va jismoniy shaxsning kredit tarixi haqidagi maʼlumotlar;
kreditor yoki tegishli vakolatli organ qarzni tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini taqdim etganda, agar jismoniy shaxsning eʼtirozlari boʻlsa, uning arizasi.
Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga uning mol-mulkini va mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning (mavjud boʻlgan taqdirda) koʻchirma nusxalari ham ilova qilinadi.
