Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida (O‘RQ-763-son) · Sana: 12.04.2022 · Amalda
Subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi sud hujjatiga ega boʻlgan har qanday kreditor ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatishni talab qilishga haqli. Mazkur ijro ishini yuritish jarayonida undiruvchilarning talablari ushbu Qonunda nazarda tutilgan navbat boʻyicha qanoatlantirilishi kerak.
Subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi sud hujjatini ijro etish hisobiga kelib tushgan pul mablagʻlari kreditorlar talablarini qanoatlantirish uchun yoʻnaltiriladi. Tugatish boshqaruvchisi ushbu qoida talablarini amalga oshirish maqsadida mazkur mablagʻlarni sudning maxsus depozit hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-5957612
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 75-modda. Subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi sud hujjatini ijro etish Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida (O‘RQ-763-son). neolex.uz/uz/laws/law-5957616/75 (lex.uz/docs/-5957612)