212-modda. Jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini tasdiqlashni rad etish uchun asoslar
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida (O‘RQ-763-son) · Sana: 12.04.2022 · Amalda
Sud quyidagi hollarda jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, agar:
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasi ushbu Qonunning 208-moddasi talablariga javob bermasa;
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasida kreditorlarni va tegishli vakolatli organni ushbu shaxsning mulkiy holatida yuz bergan jiddiy oʻzgarishlar haqida xabardor qilish tartibi belgilanmagan boʻlsa;
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasi ushbu Qonun talablariga muvofiq kreditorlar yigʻilishi tomonidan tasdiqlanmagan boʻlsa, bundan ushbu Qonunning 211-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno;
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasida va unga ilova qilinadigan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud boʻlsa;
jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasining shartlari ushbu Qonunga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga zid boʻlsa.
