Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida (O‘RQ-763-son) · Sana: 12.04.2022 · Amalda
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganda kuzatuv tartib-taomili sud qarzdor — yuridik shaxsga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizani ish yuritishga qabul qilgan sanadan eʼtiboran joriy etiladi, bundan ushbu Qonunga muvofiq qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlikning boshqa tartib-taomili qoʻllanilishi kerak boʻlgan hollar mustasno. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan taqdirda sudning arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimida kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligi koʻrsatiladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-5957612
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 78-modda. Kuzatuv tartib-taomilini joriy etish Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida (O‘RQ-763-son). neolex.uz/uz/laws/law-5957616/78 (lex.uz/docs/-5957612)