185-modda. Sugʻurtalovchining kreditorlari talablarini qanoatlantirish
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida (O‘RQ-763-son) · Sana: 12.04.2022 · Amalda
Sud sugʻurtalovchini bankrot deb topgan taqdirda kreditorlarning talablari quyidagi tartibda qanoatlantiriladi:
birinchi navbatda — sugʻurta qildiruvchilarning hayotni sugʻurta qilish sohasidagi majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha talablari;
ikkinchi navbatda — sugʻurta qildiruvchilarning boshqa majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha talablari;
uchinchi navbatda — boshqa sugʻurta qildiruvchilarning (naf oluvchilarning) talablari;
toʻrtinchi navbatda — soliqlar hamda yigʻimlarni nazarda tutuvchi toʻlov (ijro) hujjatlari boʻyicha talablar. Mazkur talablar toʻliq qanoatlantirilganidan keyin ijtimoiy sugʻurta boʻyicha talablar va fuqarolarning jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida oʻz mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha talablari qanoatlantiriladi;
beshinchi navbatda — sugʻurtalovchining boshqa kreditorlari talablari.
