158-modda. Tugatish boshqaruvchisining tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish natijalari toʻgʻrisidagi hisoboti
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida (O‘RQ-763-son) · Sana: 12.04.2022 · Amalda
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamomlanganidan keyin tugatish boshqaruvchisi sudga tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish natijalari toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi shart.
Tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish natijalari haqidagi hisobotga quyidagilar ilova qilinadi:
qarzdorning mol-mulki sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
kreditorlarning talablari reyestri, kreditorlar talablarining qanoatlantirilgan miqdorini koʻrsatgan holda;
kreditorlarning talablari qanoatlantirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
qarzdorning ushbu Qonunning 159-moddasida nazarda tutilgan mol-mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
