Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida (O‘RQ-763-son) · Sana: 12.04.2022 · Amalda
Kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tashqi boshqaruvchi sud tomonidan kreditorlar bilan hisob-kitoblarga oʻtish toʻgʻrisidagi ajrim yoki muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash haqidagi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq amalga oshiradi.
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha majburiyatlari bajarilgan paytdan boshlab tashqi boshqaruvchi kreditorlarning talablari reyestriga tegishli yozuvni kiritadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-5957612
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 137-modda. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida (O‘RQ-763-son). neolex.uz/uz/laws/law-5957616/137 (lex.uz/docs/-5957612)