Zaytun moyi va zaytun mevasi toʻgʻrisida
09.10.2015
xalqaro Shartnoma
I bob Umumiy qoidalar
1-modda Shartnomaning maqsadlari
1. Standartlashtirish va tadqiqotlarga koʻra:
zaytun moylari, siqilgan zaytun moyi va zaytun mevalarining fizik-kimyoviy va organoleptik xususiyatlariga oid milliy va xalqaro qonunchilikda bir xillikka erishishga intilish;
zaytun mahsulotlarining tarkibi va sifatini aniqlab borish bilan xalqaro standartlarni takomillashtirish yoʻlida quyidagilar yordamida yangi bilimlar bilan boyitish maqsadida fizik-kimyoviy va organoleptik sinovlar oʻtkazish:
Mahsulot sifati nazorati;
Xalqaro savdo va uning rivojlanishi;
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish;
Firibgarlik va chalgʻituvchi harakatlar, shuningdek qalbakilashtirishning oldini olish;
Zaytun mevasi va zaytun moyi sohasida xalqaro ilmiy hamjamiyat uchun ilgʻor tajribalar anjumani sifatida xalqaro zaytun Kengashi rolini mustahkamlash;
Zaytun mevasi va zaytun moyining ozuqaviy koʻrsatkichlari va boshqa ichki xususiyatlari boʻyicha tadqiqotlar va oʻrganishlarni muvofiqlashtirish uchun;
Xalqaro savdo harakatlari borasidagi axborot almashinuvini osonlashtirish.
2. Zaytun yetishtirish, zaytun moyi ishlab chiqarish texnologiyasi va texnik hamkorlik borasida:
Davlat yoki xususiy organlar va/yoki subyektlarning milliy yoki xalqaro hamkorligini ragʻbatlantirish orqali zaytun sektorida texnik hamkorlik va tadqiqotlar va rivojlanishni ragʻbatlantirish;
Zaytun daraxtlarining gen manbalarini aniqlash. asrash va ulardan foydalanish boʻyicha faoliyat yuritish;
Ayniqsa, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish maqsadida zaytun yetishtirish va atrof-muhitni saqlash borasidagi oʻzaro hamkorlik oʻrnatish hamda sohaning integratsiyalashgan va barqaror rivojlanishini taʼminlash;
Xalqaro, mintaqaviy va milliy tadbirlarni tashkil etish orqali zaytun sektori bilan bogʻliq sohalarda oʻquv mashgʻulotlari orqali texnologiyalar uzatishni kuchaytirish;
Aʼzo boʻlish mumkin boʻlgan tegishli xalqaro shartnomalarga muvofiq zaytun mahsulotlarining geografik koʻrsatkichlarini himoya qilishni ragʻbatlantirish;
Zaytun yetishtirish boʻyicha fitosanitariya sohasida axborot va tajriba almashishni ragʻbatlantirish.
3. Zaytun mahsulotlarini targʻib qilish, axborot tarqatish va zaytun sektori iqtisodiyotiga koʻra:
Xalqaro Zaytun Kengashining zaytun daraxti va uning mahsulotlari haqidagi jahon hujjatlari va axborot markazi sifatida va sohadagi barcha operatorlar uchun uchrashuvlar joyi sifatida rolini oshirish;
Zaytun mahsulotlari isteʼmolini, zaytun moyi va zaytun mevasining xalqaro savdosini kengaytirish va Xalqaro Zaytun Kengashi savdo standartlari toʻgʻrisidagi axborotlarni targʻib qilish;
Isteʼmol maʼlumotlarini yaxshilash maqsadida zaytun moyi va zaytun mevasining ozuqaviy, salomatlik va boshqa xususiyatlari haqida umumiy va ilmiy maʼlumotlarni tarqatishni ragʻbatlantirish borasidagi xalqaro va mintaqaviy faoliyatni qoʻllab-quvvatlash:
Zaytun moyi, siqilgan zaytun moylari va zaytun mevasiga taalluqli jahon miqyosidagi muvozanatni oʻrganish. tadqiqotlar oʻtkazish va tegishli chora-tadbirlarni taklif qilish;
Zaytun moyi va zaytun mevasi haqidagi iqtisodiy maʼlumotlarni tarqatish va tahlil qilish, Kengash aʼzolarini zaytun mahsulotlari bozorlarining samarali faoliyat yuritishiga yordam berish uchun zarur boʻlgan tahliliy maʼlumotlar bilan taʼminlash,
Zaytun yetishtirish bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqot va rivojlantirish dasturlari natijalarini tarqatish va ulardan foydalanish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ularning qoʻllanilishini oʻrganish.
II Bob Taʼriflar
2-modda Shartnoma maqsadlari uchun belgilangan taʼriflar
1. “Xalqaro Zaytun Kengashi” ushbu shartnoma qoidalarini qoʻllash maqsadida tashkil etilgan 3-modda 1-bandida koʻrsatilgan xalqaro tashkilotni bildiradi.
2. “Aʼzolar kengashi “ — Xalqaro Zaytun Kengashining qaror qabul qiluvchi organi hisoblanadi.
3. “Ahdlashuvchi tomon” — bu 4-moddaning 3-bandida nazarda tutilgan davlat, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh assambleyasi doimiy kuzatuvchisi, Yevropa Ittifoqi yoki hukumatlararo tashkilot.
4. “Aʼzo” yuqorida belgilangan kelishuvchi tomon degan maʼnoni anglatadi.
5. “Zaytun moyi” faqat zaytun daraxti (Olea europaea L.) mevasidan olingan yogʻni ajratish yoki qayta esterifikatsiya qilish va boshqa turdagi moylar bilan har qanday aralashmadan olingan moyni bildiradi. Zaytun moyi quyidagi nomlanishlarni qamrab oladi: oliy navli zaytun moyi, siqilgan zaytun moyi, oddiy siqilgan zaytun moyi, toza siqilgan zaytun moyi, tozalangan zaytun moyi hamda zaytun moyi va siqilgan zaytun moyi aralashmalari.
6. “Zaytun moyi kunjarasi” zaytun kunjarasini erituvchilar yoki boshqa jismoniy taʼsir yordamida olingan yogʻni anglatadi, bundan qayta esterifikatsiya qilish va boshqa turdagi yogʻlar bilan har qanday koʻrinishdagi aralashmalar istisno. Quyidagi tasnifdan iborat: qayta ishlanmagan zaytun moyi kunjarasi, tozalangan zaytun moyi kunjarasi hamda tozalangan zaytun kunjarasi va sovuq holda siqilgan zaytun moyi bilan aralashtirilgan zaytun kunjarasi.
7. “Zaytun mevasi” ayniqsa davolash uchun moʻljallangan zaytun, ishlab chiqarish uchun tanlangan zaytun daraxtining madaniy navlaridan olingan sogʻlom zaytun mevalaridan tayyorlangan mahsulotni anglatadi, va ular tegishli ravishda qayta ishlanib sotuvga chiqarish va yakuniy isteʼmol uchun taklif etiladi.
8. “Zaytun mahsulotlari barcha isteʼmol qilinishi mumkin boʻlgan zaytun mahsulotlari, xususan zaytun moylari, zaytun kunjara moylari va zaytun mevasini anglatadi.
9. “Zaytun moyining qoʻshimcha mahsulotlari”ga zaytunni maydalash va zaytun mahsulotlarini ishlab chiqarishdan olingan mahsulotlar, shuningdek ushbu sektor mahsulotlarini muqobil ishlatishdan olingan mahsulotlar kiradi.
10. “Zaytun ekin yili” n yilning 1-sentabridan n yilning 31-avgustigacha boʻlgan davrni n+1 zaytun mevasi uchun va n yilning 1-oktabridan n yilning 30-sentabrigacha boʻlgan davrni n+1 zaytun yogʻi uchun bildiradi. Janubiy yarimshar uchun bu davr zaytun mevasi va zaytun moyi uchun n kalendar yilga mos keladi.
11. “Savdo standartlari” zaytun moylari, zaytun kunjara moylari va zaytun mevasiga taalluqli Xalqaro Zaytun Kengashi majlislarida kengash aʼzolari tomonidan qabul qilingan standartlar degan maʼnoni anglatadi.
III bob Institutsional qoidalar
1-boʻlim Tashkilotlar, organlar, vazifalar, imtiyozlar va daxlsizlik
3-modda Xalqaro zaytun kengashining tuzilmasi va Bosh qarorgohi
1. Xalqaro zaytun kengashi oʻzining vazifalarini kuyidagi organlar orqali amalga oshiradi.
a. Kengash aʼzolari;
b. Rais va rais oʻrinbosari;
s. Maʼmuriy va moliyaviy ishlar qoʻmitasi, boshqa qoʻmitalar va quyi qoʻmitalar;
d. Ijroiya kotibiyati.
2. Xalqaro zaytun kengashining Bosh qarorgohi mazkur Shartnoma amal qilish muddatida, toki Kengash aʼzolari boshqa qaror qabul qilinmaguncha Ispaniyaning Madrid shahrida tashkil etilgan.
4-modda Xalqaro zaytun kengashi aʼzolari
1. Mazkur Shartnoma shartlarini majburiyat sifatida qabul qilgan har bir ahdlashuvchi tomon Xalqaro Zaytun Kengashining aʼzosi hisoblanadi.
2. Kengashning har bir aʼzosi mazkur Shartnomaning 1-moddasida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlashda oʻz hissasini qoʻshadi.
3. Ushbu Shartnomada “Hukumat atamasi muzokaralar olib borish, xalqaro shartnomalarni imzolash, xususan, tovar shartnomalarini tuzish, ratifikatsiya qilish va amalga oshirish boʻyicha taqqoslanadigan vakolatlarga ega har qanday davlatning vakili, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh assambleyasidagi doimiy kuzatuvchisi, Yevropa Ittifoqi va har qanday hukumatlararo tashkilot tushuniladi.
5-modda Imtiyozlar va daxlsizlik
1. Xalqaro Zaytun Kengashi yuridik shaxs maqomiga ega. Xususan, koʻchma va koʻchmas mulkni sotib olish va uni tasarruf etish hamda sudda ishtirok etish, shartnoma tuzish vakolatiga ega. Moliyaviy qarz olish vakolatiga ega emas.
2. Xalqaro Zaytun Kengashining maqomi, imtiyozlari va daxlsizligi, shuningdek uning Ijrochi direktori, yuqori lavozimli amaldorlari va xodimlari mezbon davlat hududida oʻz vazifalarini bajarayotgan ekspertlari va aʼzo davlatlarning delegatlari faoliyati mezbon hukumat va Xalqaro Zaytun Kengashi oʻrtasida tuzilgan qarorgohlar toʻgʻrisidagi shartnoma talablari asosida amalga oshiriladi.
3. Xalqaro zaytun kengashining qarorgohi joylashgan davlat hukumati ushbu davlatning qonunchiligiga koʻra, Xalqaro Zaytun Kengashi tomonidan oʻz xodimlariga va Xalqaro Zaytun Kengashining aktivlari, daromadlari va boshqa mol-mulkiga toʻlanadigan toʻlovlari soliqdan ozod qiladi.
4. Xalqaro Zaytun Kengashi bir yoki bir necha aʼzo bilan ushbu shartnomani toʻgʻri qoʻllash uchun zarur boʻlishi mumkin boʻlgan imtiyoz va immunitetlarga oid shartnomalar tuzishi mumkin.
6-modda Xalqaro Zaytun Kengashi tuzilmasi
1. Xalqaro Zaytun Kengashi Xalqaro Zaytun Kengashining barcha aʼzolaridan tashkil topadi.
2. Har bir aʼzo davlat Xalqaro Zaytun Kengashida oʻz vakilini tayinlaydi.
7-modda Kengash organlarining vakolatlari va vazifalari
1. Aʼzolar kengashi
a) Aʼzolar kengashi har bir oʻringa bittadan aʼzo davlat vakillaridan iborat. Bundan tashqari, har bir aʼzo bir yoki bir nechta alternativ va bir yoki bir nechta maslahatchilarni delegat sifatida tayinlashi mumkin.
Aʼzolar kengashi Xalqaro Zaytun Kengashining oliy organi va qaror qabul qiluvchi organi boʻlib, ushbu Shartnomaning maqsadlariga erishish uchun zarur boʻlgan barcha vakolat va vazifalarni amalga oshiradi.
b) Aʼzolar kengashi ushbu shartnoma qoidalarini qoʻllash boʻyicha masʼul boʻladi. Buning uchun u qaror qabul qiladi va tegishli vakolatlar yoki vazifalarni ijro etuvchiga toʻgʻridan toʻgʻri berilgan tavsiyalar koʻrinishida taqdim etadi.
Ushbu Shartnomadan oldingi xalqaro shartnomaga muvofiq, qabul qilingan va ushbu Shartnoma kuchga kirgan vaqtda hali ham amalda boʻlgan har qanday qaror yoki tavsiyanoma ushbu Shartnomaga zid boʻlmasa yoki Aʼzolar kengashi tomonidan bekor qilinmasa, amal qilishda davom etadi.
s) Ushbu Shartnomani amalga oshirish uchun Aʼzolar kengashi ushbu shartnoma qoidalariga muvofiq quyidagilarni qabul qiladi:
i. Reglament qoidalari;
ii. Moliyaviy tartibga solish qoidalari;
iii. Hukumatlararo tashkilotlar xodimlari faoliyatini tartibga solish boʻyicha qabul qilingan tartibga mos qoidalar;
iv. Tashkiliy tuzilma va lavozim yoʻriqnomalari;
v. Xalqaro Zaytun Kengashi faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qoidalar.
d) Aʼzolar kengashi oʻz faoliyati va ushbu Shartnomani amalga oshirish boʻyicha yillik hisobot, shuningdek, ish faoliyatida foydali va zarur boʻlgan hisobotlar, tadqiqotlar va boshqa hujjatlarni qabul qiladi va jamoatchilikka eʼlon qiladi.
2. Rais va rais oʻrinbosari
a) Rais va Rais oʻrinbosari Aʼzolar kengashining vakillari orasidan bir yilga tayinlanadi. Agar Rais yoki Rais oʻrinbosari yigʻilishlarga rahbarlik qilayotgan davrda delegatsiya rahbari lavozimida boʻlsa, uning Aʼzolar kengashi tarkibida qaror qabul qilishda ishtirok etish huquqi oʻsha delegatsiyadagi boshqa aʼzoga beriladi.
b) Ushbu Shartnoma yoki qoʻshimcha ravishda Reglamentda koʻrsatilgan tartib va protseduralarga asosan Ijrochi direktorga berilgan vakolatlar yoki vazifalarga ziyon yetkazmagan holda, Rais Aʼzolar kengashining sessiyalariga rahbarlik qiladi, qaror qabul qilish jarayonini koʻllab-quvvatlash uchun toʻgʻridan toʻgʻri munozaralarni olib boradi va belgilangan boshqa tegishli vazifalar va funksiyalarni amalga oshiradi.
s) Rais oʻzining faoliyatini amalga oshirishida Aʼzolar kengashi oldida javob beradi.
d) Rais yoʻqligida uning oʻrinbosari vaqtinchalik uning oʻrnida faoliyat yuritadi va unga tegishli barcha vakolatlarga ega boʻladi.
e) Rais va Rais oʻrinbosari hech qanday koʻrinishda ish haqi olishmaydi. Ularning biri yoki har ikkalasi doimiy yoki vaqtinchalik faoliyat yurita olmagan taqdirda, Aʼzolar kengashi vakillari orasidan, yangi Rais va Rais oʻrinbosari vaqtinchalik yoki doimiy nomzod sifatida tayinlanadi.
3. Maʼmuriy va moliyaviy ishlar boʻyicha qoʻmita, boshqa qoʻmita va quyi qoʻmitalar
Aʼzolar kengashi faoliyatini taʼminlash maqsadida kengashga ushbu shartnomaning 13-moddasida koʻrsatilgan maʼmuriy va moliyaviy ishlar qoʻmitasidan tashqari, ushbu shartnoma boʻyicha oʻz vazifalarini amalga oshirishda yordam berish uchun foydali deb hisoblagan boshqa qoʻmitalar va quyi qoʻmitalar vakolatlarini tuzish uchun vakolatlar beriladi.
4. Ijroiya kotibiyati
a) Xalqaro Zaytun Kengashida ushbu shartnomadan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan Ijrochi direktor, yuqori mansabdor xodimlar va boshqa xodimlar tarkibidagi Ijroiya kotibiyati faoliyat yuritadi. Ijrochi direktor va yuqori lavozimli mansabdor xodimlarning ish faoliyati, xususan, ularga yuklatilgan vazifalar tasdiqlangan Reglament asosida muvofiqlashtiriladi.
b) Ijroiya kotibiyati xodimlarini ishga joylashtirishda eng birinchi navbatda ish samaradorligi, vakolatlardan oqilona foydalanish va halollikning eng yuqori standartlarini taʼminlash nuqtai nazaridan yondashiladi. Ijroiya kotibiyati xodimlari, xususan Ijrochi direktor, yuqori lavozimli mansabdor xodimlar va oʻrta boʻgʻin boshqaruv xodimlari oʻrtasida mutanosib almashinish va geografik muvozanat tamoyili asosida tayinlanadi.
v) Aʼzolar kengashi ijrochi direktor va yuqori mansabdor shaxslarni toʻrt yil muddatga tayinlaydi. Aʼzolar kengashi 10-moddaning 4-bandi (b) bandi qoidalariga muvofiq, har qanday tayinlovni koʻpi bilan toʻrt yil muddatga yangilash yoki muddatini uzaytirish boʻyicha qaror qabul qilishi mumkin.
Aʼzolar kengashi shu kabi hukumatlararo tashkilotlarning tegishli mansabdor shaxslari uchun belgilangan sharoitlarga mos ravishda oʻzlarining vakolatlarini belgilab borishadi.
g) Ijrochi direktor xodimlarni ushbu shartnomada belgilangan qoidalarga va xodimlar toʻgʻrisidagi qoidalarga muvofiq tayinlaydi. Ijrochi direktor ushbu Shartnomaning 4(b) xatboshida koʻrsatilgan barcha tayinlash tamoyillarini hurmat qilinishini taʼminlaydi va bu haqda maʼmuriy va moliyaviy ishlar qoʻmitasiga hisobot beradi.
d) Ijrochi direktor Xalqaro Zaytun Kengashining bosh maʼmuriy xodimi boʻlib, shartnomani boshqarish va ijro etishda unga tegishli boʻlgan vazifalarni bajarish uchun Aʼzolar kengashiga hisobdor boʻladi. Ijroiya direktori oʻz vazifalarini amalga oshiradi va yuqori mansabdor xodimlar bilan kollegial asosda boshqaruv qarorlarini Reglament talablariga muvofiq qabul qiladi.
e) Ijrochi direktor, yuqori mansabdor xodimlar va boshqa xodimlarning zaytun yetishtirish va zaytun mahsulotlari sanoatining turli sohalarda har qanday daromad keltiradigan faoliyatni amalga oshirishlari taqiqlanadi.
j) Ijrochi direktor, yuqori mansabdor shaxslar va xodimlarning har biri Xalqaro Zaytun Kengashidan tashqari har qanday organ tomonidan mazkur Shartnoma asosida oʻz vazifalariga taalluqli boshqa koʻrsatmalarni izlashmaydi va qabul qilishmaydi. Ular faqat Aʼzolar kengashiga mansub boʻlgan xalqaro darajadagi mansabdor shaxslar sifatida oʻz pozitsiyalarini aks ettiradigan har qanday harakatdan oʻzlarini tiyadilar. Aʼzolar Ijrochi direktor, yuqori lavozimli mansabdor shaxslar va xodimlar masʼuliyatlarining faqat xalqaro darajadagi faoliyatiga munosib hurmat koʻrsatadilar va oʻz vazifalarini bajarishda ularga taʼsir oʻtkazmasliklari shart.
2-Boʻlim Aʼzolar kengashining faoliyati
8-modda Aʼzolar kengashining sessiyalari
1. Aʼzolar kengashi boshqa joyda yigʻilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan boʻlsa, Xalqaro Zaytun Kengashi qarorgohida yigʻiladi. Agar biron-bir aʼzoning taklifiga binoan, Aʼzolar kengashi boshqa joylarda yigʻilishga qaror qilsa, bu aʼzo Xalqaro Zaytun Kengashining budjetida aks etmagan qoʻshimcha xarajatlarni qoplashi shart.
2. Aʼzolar kengashi bir yilda ikki marta muntazam sessiyalar oʻtkazadi.
3. Aʼzolar kengashi talabiga binoan navbatdan tashqari sessiya istalgan vaqtda:
a. Rais;
b. kamida uch nafar aʼzo talabi asosida oʻtkaziladi.
4. Sessiyalar oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi bildirishnomalar kamida 60 kun oldin berilishi shart, navbatdagi sessiyalar toʻgʻrisidagi xabarnomalar birinchi uchrashuv kunidan 30 kun oldin berilishi lozim, lekin favqulodda uchrashuvlar toʻgʻrisidagi xabarnomalar 21 kun oldin yetkazilishi shart. Aʼzolar kengashiga delegatsiyalarning xarajatlari tegishli aʼzolar tomonidan qondiriladi.
5. Kengash aʼzolari navbatdagi yoki favqulodda sessiyalar oldidan yoki har qanday sessiya davomida ijroiya kotibiyatiga yuborilgan yozma xabarnoma orqali boshqa aʼzoga uning manfaatlarini himoya qilish va Aʼzolar kengashining ushbu sessiyasidagi qarorlarda qatnashish huquqidan foydalanish huquqini berishi mumkin. Kengash aʼzolari sessiyalarda birdan ortiq aʼzoni vakili boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
6. Ushbu Shartnomaga qoʻshilish niyatida boʻlgan va/yoki Xalqaro Zaytun Kengashi faoliyatidan bevosita manfaatdor boʻlgan har qanday uchinchi shaxs yoki tashkilot oʻz tashabbusi bilan yoki Aʼzolar kengashining taklifiga binoan va oldindan rozilik olib Aʼzolar kengashining majlislarida yoki ularning barchasida kuzatuvchi sifatida qatnashadi.
7. Kuzatuvchilar aʼzolik maqomiga, qaror qabul qilish vakolatlariga va ovoz berish huquqlariga ega boʻlmaydilar.
9-modda Sessiyalar uchun kvorum
1. Aʼzolar kengashining navbatdagi yoki navbatdan tashqari sessiyasi yigʻilishi oʻtkazilishi uchun zarur boʻlgan kvorum sessiyaning ochilish kunida bir marta tasdiqlanadi. Barcha aʼzolarning kamida toʻrtdan uch qismi mazkur Shartnomaning 8-moddasi 5-bandiga muvofiq aʼzolar yoki vakillarining shptirokini taʼminlashi shart.
2. Agar yuqoridagi xatboshda qayd etilgan kvorum yalpi majlisning ochilishida taʼminlanmasa, Rais majlisni 24 soatga kechiktiradi. Rais tomonidan belgilangan yangi vaqtda majlisni ochish uchun zarur boʻlgan kvorum barcha aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtiroki yoki vakillari ishtirok etishi taʼminlanishi shart.
3. Kvorum uchun zarur boʻlgan aʼzolarning soni yuqorida qayd etilgan nisbatlarning majlis qatnashchilarining umumiy soniga nisbatan tatbiq etilishi natijasida kasr va qismlarsiz butun son koʻrinishida boʻlishi shart.
10-modda Aʼzolar kengashi qarorlari
1. Aʼzolar kengashi qarorlari konsensus asosida qabul qilinadi. Mazkur modda boʻyicha barcha qarorlar aʼzolar yoki vakil sifatida ishtirok etuvchilar tomonidan qabul qilinadi va ushbu Shartnomaning 16-moddasi 6-bandiga muvofiq ovoz berish huquqini taqdim etadi. Aʼzolar konsensus yoʻli bilan har qanday muhim masalalarni hal qilish uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirish majburiyatiga ega.
2. Aʼzolar kengashining har qanday qarori qabul qilinishi uchun ushbu Shartnomaning 16-moddasi 6-bandiga muvofiq ovoz berish huquqiga ega boʻlgan barcha aʼzolarning koʻpchilik qismining ovozi mavjudligi yoki vakilligi talab qilinadi.
3. Konsensus quyidagilarga nisbatan qabul qilinadigan barcha qarorlarni qabul qilishda qoʻllaniladi:
34-moddaga muvofiq aʼzolarni kengash tarkibidan chiqarish;
16-moddaning 6 va 10-xatboshilari;
32 va 36-moddalarga muvofiq Shartnomaga oʻzgartirishlar kiritish yoki bekor qilish;
12-moddaning 2-bandiga muvofiq boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
4. Boshqa qarorlar uchun, Rais tomonidan belgilangan muddatda konsensusga erishilmasa, quyidagi tartibga amal qiladi:
a. Savdo standartlari asosida va ushbu Shartnomaning 7-moddasi 1-bandi (s) xatboshida koʻrsatilgan qoidalarni bajarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish:
Umumiy qoidaga koʻra, Xalqaro Zaytun Kengashi tomonidan qabul qilingan Reglament qoidalarida belgilangan tegishli darajadagi konsensusga erishilgan qarorlargina qabul qilish uchun Aʼzolar kengashiga taqdim etiladi.
Agar tegishli darajada qoʻllaniladigan tartibga muvofiq konsensus qabul qilinmasa, qaror Aʼzolari kengashiga ushbu jarayonda yuzaga kelgan qiyinchiliklarni va tegishli tavsiyalarni belgilab beruvchi hisobot bilan birga uzatiladi.
Aʼzolar kengashi 16-moddaning 6-bandiga muvofiq aʼzolar yoki ovoz berish huquqiga vakillarni konsensus asosida qaror qabul qilishga daʼvat etish huquqiga ega.
Agar konsensusga kelinmasa, qaror odatiy yoki favqulodda boʻlsin, uning qabul qilinishi kelgusi sessiyaga qadar qoldiriladi.
Agar konsensusga keyingi sessiyada ham erishilmasa, mazkur qaror iloji boʻlsa, kamida 24 soatga qoldirilishi kerak.
Agar ushbu muddat ichida konsensusga erishilmasa, mazkur qaror, agar u aʼzolarning kamida toʻrtdan bir qismi tomonidan yoki kamida 100 ovoz ulushi boʻlgan aʼzolar tomonidan rad etilmagan boʻlsa, qaror qabul qilingan deb hisoblanadi.
b) Ushbu moddaga taalluqli 4-bandning (a) bandidagi yuqorida keltirilmagan xar qanday qaror:
Agar Rais tomonidan belgilangan muddatda konsensusga erishilmasa, kengash aʼzolar quyidagi qoidalarga muvofiq ovoz berishadi:
Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq aʼzolarning ishtirok etish ulushlarining kamida 86 foizini tashkil etuvchi aʼzolarning eng kamida koʻpchiligi tomonidan mazkur qaror foydasiga ovoz berilsa har qanday qaror qabul qilinishi lozim.
5. Ushbu moddada koʻrsatilgan ovoz berish va vakillik protseduralari ushbu Shartnomaning 16-moddasida koʻrsatilgan shartlarni bajarmagan aʼzolarga nisbatan qoʻllanilmaydi, agar Kengash xuddi shu moddaga muvofiq boshqacha qaror qabul qilmasa.
6. Aʼzolar kengashi qarorni rais va aʼzolar ishtirokida sessiya oʻtkazmasdan qabul qilishi mumkin, bunda biron bir aʼzo, kechiktirilgan aʼzolarni hisobga olmaganda, ushbu protseduraga qarshi chiqmaydi. Ushbu maslahat protsedurasini qoʻllash qoidalari Aʼzolar kengashi tomonidan Reglamentda belgilanadi. Qabul qilingan har qanday qaror Ijroiya kotibiyati tomonidan barcha aʼzolarga iloji boricha tezroq yetkaziladi va Aʼzolar kengashining navbatdagi sessiyasining yakuniy hisobotiga kiritiladi.
11-modda Ishtirok etish ulushlari
1. Aʼzolar birgalikda 1000 ta aksiyalarga egalik qilishlari kerak. Ushbu aksiyalar aʼzolarning moliyaviy hissalari va ovoz berish huquqlariga tengdir.
2. Ishtirok etish ulushlari har bir aʼzo toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga mutanosib ravishda aʼzolar oʻrtasida quyidagi formulaga muvofiq hisoblanib taqsimlanadi:
q = 1/3 (pl + r2) + 1/3 (el + e2) + 1/3 (il + i2)
Ushbu formuladagi parametrlar minglab metrik tonna bilan ifodalangan oʻrtacha koʻrsatkichlardir, butun sondan 1000 tonnaning har qanday qismi eʼtiborga olinmaydi. Ishtirokchilar ulushida kasr sonlar boʻlmasligi mumkin.
q. Ishtirokchilar ulushlarini mutanosib ravishda hisoblash uchun ishlatiladigan manba maʼlumotlari
pl: Zaytun hosili olingan oxirgi 6 yilda oʻrtacha zaytun moyi ishlab chiqarish hajmi
r2: Zaytun hosili olingan oxirgi 6 yilda oʻrtacha zaytun mevasi ishlab chiqarish hajmining 16 foizlik konversiya koeffitsiyentini qoʻllagan holda zaytun moyiga ekvivalenti
el: pl hisoblash uchun qoʻllanilgan zaytun hosili olingan soʻnggi 6 yil davomida amalga oshirilgan oʻrtacha (bojxonada) hisobga olingan zaytun moyi eksporti hajmi
e2: r2 hisoblash uchun hisobga olingan zaytun hosilining yakuniy yillariga mos soʻnggi olti kalendar yil davomidagi hosili va 16 foizli koeffitsiyent qoʻllagan holda zaytun moyiga oʻtkazilganda zaytun mevasining oʻrtacha (bojxona) eksporti hajmi.
il: oxirgi olti kalendar yilidagi zaytun moyining oʻrtacha (bojxona) zaytun moyi pl ni hisoblash uchun hisobga olingan zaytun ekinlarining yilining oxiriga toʻgʻri keladigan importi.
i2: r2 ni hisoblash uchun hisoblangan zaytun ekinlari yillarining oxiriga toʻgʻri keladigan soʻnggi olti kalendar yilidagi oʻrtacha (bojxona) zaytun mevasi importi va 16 foizlik konversiya koeffitsiyentini qoʻllagan holda zaytun moyiga ekvivalenti.
3. Dastlabki ishtirok ulushlari ushbu Shartnomaning A ilovasida joylashgan boʻladi. Ular soʻnggi olti yilda zaytun ekinlari toʻgʻrisidagi yakuniy maʼlumotlar mavjud boʻlgan kalendar yillari boʻyicha maʼlumotlarning oʻrtacha koʻrsatkichlari asosida aniqlanadi.
4. Hech bir aʼzoning ishtirok ulushi beshtadan kam boʻlishi mumkin emas. Agar hisob-kitob jarayonida yakka tartibdagi aʼzo uchun beshtadan kam ovoz berishi kerak boʻlsa, ushbu aʼzoning ulushi beshtaga oshiriladi va boshqa aʼzolarning ulushlari mutanosib ravishda kamaytiriladi.
5. Aʼzolar kengashi har bir kalendar yilining navbatdagi ikkinchi sessiyasida ushbu moddaga muvofiq hisoblangan ishtirok etish ulushlarini tasdiqlaydi. Ushbu moddaning 6-bandiga zid kelmasa, ulushlarning taqsimoti keyingi yil uchun amal qiladi.
6. Agar 4-moddaning 3-bandida koʻrsatilgan har qanday hukumat ushbu Shartnomaning Tomoniga aylansa yoki boʻlishni toʻxtatsa yoki uning aʼzosi 16-moddaning 8-bandiga muvofiq oʻz maqomini oʻzgartirsa, Aʼzolar kengashi , keyingi yil uchun ushbu aksiyalarda koʻrsatilgan shartlarni hisobga olgan holda har bir aʼzoning ishtirokidagi aksiyalar soniga mutanosib ravishda aksiyalarni qayta taqsimlaydi. Davom etayotgan yil davomida ushbu Shartnomaga qoʻshilish yoki undan chiqish holatida qayta taqsimlash faqat ovoz berish maqsadida amalga oshiriladi.
12-modda Boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik
1. Xalqaro Zaytun Kengashi Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan agentliklari, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining savdo va rivojlanish boʻyicha konferensiyasi, boshqa tegishli hukumatlararo tashkilotlar va tegishli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan maslahat va hamkorlik qilish uchun kelishuvlarni amalga oshirishi mumkin. Bunday kelishuvlar ushbu Shartnomaning 1-moddasida koʻrsatilgan maqsadlarga hissa qoʻsha oladigan moliyaviy xarakterdagi institutlar bilan hamkorlikdagi kelishuvlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
2. Xalqaro Zaytun Kengashi va yuqorida koʻrsatilgan xalqaro tashkilotlar va/yoki Xalqaro Zaytun Kengashi uchun muhim majburiyatlarni oʻz ichiga oladigan muassasalar oʻrtasida tashkil etilgan har qanday hamkorlikda ushbu Shartnomaning 10-moddasi 3-bandiga muvofiq oldindan Aʼzolar kengashining roziligini olish talab etiladi.
3. Ushbu moddaning qoʻllanilishi Xalqaro Zaytun Kengashining Reglamenti bilan tartibga solinadi.
IV bob Maʼmuriy va moliyaviy ishlar boʻyicha qoʻmita
13-modda Maʼmuriy va moliyaviy ishlar boʻyicha qoʻmita
1. Aʼzolar kengashi har bir aʼzoning kamida bitta delegatidan tashkil topgan maʼmuriy va moliyaviy ishlar boʻyicha qoʻmita tuzadi. Maʼmuriy va moliyaviy ishlar boʻyicha qoʻmita Aʼzolar kengashining har bir sessiyasidan oldin yiliga kamida ikki marta uchrashadi.
2. Maʼmuriy-moliyaviy ishlar boʻyicha qoʻmita ushbu Shartnomada va tartib qoidalarida bayon etilgan funksiyalar uchun javobgar boʻladi. Xususan, quyidagilar uchun javobgar boʻladi:
Tashkilot faoliyati uchun Ijroiya kotibiyatining yillik ishchi dasturini oʻrganish, budjet, moliyaviy qoidalar, shuningdek ichki va qonuniy tartib qoidalarini oʻrganib chiqib, uni kalendarʼ yilining ikkinchi navbatdagi sessiyasida qabul qilish uchun Aʼzolar kengashiga taqdim etish;
Xalqaro Zaytun Kengashining tartib qoidalarida belgilangan ichki nazorat meʼyorlarining bajarilishini nazorat qilish va ushbu Shartnomada koʻrsatilgan moliyaviy qoidalarning qoʻllanilishini nazorat qilish;
Ijrochi direktor tomonidan taklif etilgan xalqaro zaytun kengashining yillik budjeti loyihasini oʻrganish. Faqat maʼmuriy va moliyaviy ishlar boʻyicha qoʻmita tomonidan taklif etilgan budjet loyihasi qabul qilish uchun Aʼzolar kengashiga taqdim etish;
Oʻrganish asosida moliyaviy va maʼmuriy masalalarga taalluqli boshqa har qanday takliflar bilan birga kalendar yilining birinchi sessiyasida qabul qilish uchun Aʼzolar kengashiga oldingi moliyaviy yil uchun yillik hisobotni har yili taqdim etib borish;
Ushbu Shartnomani amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha maslahat va tavsiyalar berish;
Yangi aʼzolar tomonidan qoʻshilish toʻgʻrisidagi arizalarga nisbatan yoki xalqaro zaytun kengashi aʼzosini aʼzolar safidan chiqarish boʻyicha Aʼzolar kengashiga tekshiruv natijalari toʻgʻrisida hisobot berish;
Ijroiya kotibiyatidagi xodimlarni tayinlash va maʼmuriy-tashkiliy masalalar bilan bogʻliq boshqa masalalar boʻyicha ushbu Shartnomaning 7-moddasida mustahkamlangan tamoyillarga rioya etilishini taʼminlash.
3. Maʼmuriy va moliyaviy ishlar boʻyicha qoʻmita ushbu moddada keltirilgan funksiyalardan tashqari, Kengash tomonidan uning tartib qoidalari va (yoki) moliyaviy tartibga solish boʻyicha berilgan vakolat doirasida boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
4. Aʼzolar kengashi ushbu qoidalarni qoʻllash boʻyicha oʻz Reglamentida batafsil tartib qoidalar ishlab chiqadi va qabul qiladi.
V Bob Moliyaviy qoidalar
14-modda Budjet
1. Moliyaviy yil kalendar yilga toʻgʻri kelishi lozim.
2. Ikkita boʻlimdan iborat bitta budjet boʻlishi kerak:
I boʻlim: Maʼmuriy
II boʻlim: Operatsion faoliyat, shu jumladan, standartlashtirish, texnik hamkorlik va targʻibot
Aʼzolar kengashi Xalqaro Zaytun Kengashining manfaatlaridan kelib chiqqan quyi tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga tegishli barcha qarorlarni qabul qiladi.
3. Budjetning toʻldirilishi:
(a) ushbu Shartnomaning 11-moddasiga muvofiq belgilangan har bir aʼzoning oʻz ishtiroki ulushlariga mutanosib ravishda belgilanadigan hissasi miqdorida;
(b) subsidiyalar va aʼzolarning ixtiyoriy badallari Xalqaro Zaytun Kengashi va donor aʼzo oʻrtasida tuzilgan Shartnomada aks etgan qoidalar asosida tartibga solinadi;
(v) hukumatlar va/yoki boshqa manbalardan tushgan ixtiyoriy toʻlovlar;
(g) tasdiqlangan dasturlar talablariga javob beradigan xizmatlar, ilmiy-texnik jihozlar va/yoki xodimlarni oʻz ichiga olgan qoʻshimcha badallarning boshqa shakllari;
(d) boshqa har qanday turdagi daromad hisobiga amalga oshiriladi.
4. Xalqaro Zaytun Kengashi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishning bir qismi sifatida moliyaviy yoki boshqa turdagi vakolatli xalqaro, mintaqaviy yoki milliy tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan muhim moliyaviy va (yoki) texnik yordamni tasarruf etishga harakat qiladi.
Yuqorida keltirilgan mablagʻ turlari Aʼzolar kengashi tomonidan uning budjetiga yoʻnaltiriladi.
5. Budjetning bir kalendar yil davomida oʻzlashtirilmagan mablagʻlari moliyaviy Nizomda koʻrsatilganidek oldindan moliyalashtirish sifatida kelgusi kalendar yillar uchun yoʻnaltirilishi mumkin.
15-modda Boshqa mablagʻlar
14-moddada koʻrsatilgan Xalqaro Zaytun Kengashiga budjetdan tashqari boshqa mablagʻlar ham berilishi mumkin, ularning maqsadi, ishlatilishi va asoslanishi Reglament bilan tartibga solinadi.
Aʼzolar kengashi, shuningdek. Ijroiya kotibiyatiga uchinchi tomon mablagʻlarini boshqarish huquqini berishi mumkin. Bunday ruxsatnomaning shartlari va koʻlami shuningdek, mazkur mablagʻlarni boshqarish yuzasidan kelib chiqadigan majburiyatlar moliyaviy Nizomda belgilanadi.
16-modda Hissalarni toʻlash
1. Aʼzolar kengashi kalendar yilining ikkinchi sessiyasida ushbu Shartnomaning 14-moddasida koʻrsatilgan budjetning umumiy miqdorini va keyingi kalendar yil uchun har bir aʼzo tomonidan toʻlanadigan badalni belgilaydi. Ushbu badal ushbu Shartnomaning 11-moddasida belgilangan har bir aʼzoning ishtirok etish ulushlari asosida hisoblanadi.
2. Aʼzolar kengashi ushbu Shartnoma kuchga kirgandan keyin Shartnomaning tomoniga aylanadigan har qanday aʼzoning dastlabki hissasini baholaydi. Bunday badal ushbu Shartnomaning 11-moddasiga binoan tegishli aʼzoga ushbu yilning tugallanmagan qismiga nisbatan tayinlangan ishtirok etish aksiyalari asosida hisoblanadi. Oʻsha kalendar yil uchun boshqa aʼzolar tomonidan toʻlanadigan badal miqdori oʻzgartirilmaydi.
3. Hissalar yevroda toʻlanadi va moliyaviy yilning birinchi kunidan, yaʼni har yilning 1-yanvaridan boshlab toʻlanadi.
Xalqaro Zaytun Kengashiga aʼzo boʻlgan moliyaviy yil uchun aʼzolarning badallari ular aʼzo boʻlgan sanaga toʻgʻri keladi.
4. Agar badallar toʻlash muddati tushgan kundan toʻrt oy oʻtgach, aʼzo oʻz hissasini toʻliq toʻlamagan boʻlsa, ijro etuvchi kotibiyat ushbu aʼzodan toʻlovni amalga oshirishni soʻrash uchun yetti kun ichida tegishli aʼzoga xat yozadi.
5. Agar Ijroiya kotibiyati tomonidan soʻrov yuborilgan kundan boshlab ikki oy muddatdan soʻng, ushbu aʼzo oʻz hissasini hal qilmagan boʻlsa, ushbu aʼzoning oʻz hissasini toʻlagan vaqtgacha Aʼzolar kengashidagi ovoz berish huquqlari toʻxtatiladi.
6. Taqvim yilining birinchi navbatdagi sessiyasida yoki badallarni toʻlash muddati tugaganidan keyingi navbatdan tashqari sessiyasida, agar aʼzo oʻz hissasini toʻlamagan boʻlsa, Aʼzolar kengashini xabardor qiladi. Aʼzolar kengashi, qarzdor boʻlganlar bundan mustasno, qarzdorlik sababini koʻrib chiqqandan soʻng mojarolar, tabiiy ofatlar yoki xalqaro moliyaviy xizmatlardan foydalanishdagi qiyinchiliklar kabi oʻziga xos vaziyatni hisobga olgan holda, boshqa har qanday qarorni konsensus asosida qabul qilishi mumkin. Aʼzolar kengashi ijroiya kotibiyatining ish dasturini aʼzolar tomonidan samarali toʻlanadigan badallar asosida moslashtirishi mumkin.
7. Ushbu moddaning 5 va 6-bandlarining qoidalari mazkur aʼzo tomonidan badallar toʻliq toʻlanmaguncha amal qiladi.
8. Ikki yil ketma-ket toʻlanmagan badallardan soʻng, Aʼzolar kengashi, aʼzoning qarzdorligi masalasini koʻrib chiqqandan soʻng, aʼzolik huquqlaridan foydalanishni toʻxtatishi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin, ammo 8-moddaning 7-bandi talablari doirasida sessiyalarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin.
9. Shartnomadan chiqadigan har qanday aʼzo ushbu Shartnoma boʻyicha har qanday moliyaviy majburiyatlarini toʻlashga majburdir va u allaqachon toʻlagan moliyaviy hissalarni qoplash huquqiga ega emas.
10. Hech qanday holatda Aʼzolar kengashi aʼzoni ushbu Shartnoma boʻyicha moliyaviy majburiyatlaridan ozod qila olmaydi. Aʼzolar kengashi konsensus asosida hozirgi va oldingi aʼzolarning moliyaviy majburiyatlarini qayta rejalashtirishga kelishishi mumkin.
17-modda Nazorat
1. Xalqaro Zaytun Kengashining moliyaviy nazorati Maʼmuriy va moliyaviy ishlar qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
2. Xalqaro Zaytun Kengashining oʻtgan kalendar yili uchun mustaqil auditor tomonidan tasdiqlangan moliyaviy hisoboti Maʼmuriy va moliyaviy ishlar qoʻmitasiga taqdim etiladi. Hisob-kitoblarni tahlil qilgandan soʻng, Qoʻmita kalendar yilining birinchi sessiyasida tasdiqlash va chop etish uchun oʻz fikrini Aʼzolar kengashiga taqdim yetadi.
Yuqorida aytib oʻtilgan auditorlik ishlarini bajarishda mustaqil auditorlar amaldagi moliyaviy tartibga etilishini, shuningdek, mavjud ichki nazorat mexanizmlarining ishlashi va samaradorligini tekshiradilar va maʼmuriy va moliyaviy ishlar qoʻmitasiga taqdim etiladigan yillik hisobotda bajarilgan ishlar va aniqlangan hodisalarni qayd etib boradilar.
Ushbu auditorlik hisoboti Aʼzolar kengashiga navbatdagi sessiyada taqdim etiladi.
Aʼzolar kengashi Xalqaro Zaytun Kengashining yillik hisobotlarini tahlil qilish va yuqorida aytib oʻtilgan hisobotni tuzish uchun javobgar boʻlgan mustaqil auditorni moliyaviy reglament qoidalariga va uni amalga oshirish tartibiga muvofiq belgilaydi.
3. Bundan tashqari, Aʼzolar kengashi taqvimiy yilning birinchi navbatdagi sessiyasida avvalgi kalendar yil uchun moliyaviy hisobotni oʻrganib chiqadi va qabul qiladi:
Xalqaro Zaytun Kengashining mablagʻlari, aktivlari va naqd pullarini boshqarish natijalarini tekshirish;
Moliyaviy operatsiyalarning muntazamligi va ularning amaldagi qonun va qoidalarga hamda budjet qoidalariga muvofiqligi.boʻyicha qaror qabul qiladi.
4. Operatsiyalarning eks-post nazorati moliyaviy reglamentga muvofiq tashqi auditorlar tomonidan kafolatlanadi.
5. Xatarlarni tahlil qilish asosida kamida uchta aʼzo Kengashdan amaldagi qoidalar va moliyaviy boshqaruvning ravshanligi va shaffofligi tamoyillariga muvofiqligini taʼminlash uchun Xalqaro Zaytun Kengashi Faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishga ruxsat berish uchun murojaat qilishi mumkin.
Nazorat jarayonlari Xalqaro Zaytun Kengashi ijroiya kotibiyati aʼzolari bilan ichki hamkorlik qoidalarida va Xalqaro Zaytun Kengashining moliyaviy reglamentida belgilangan qoidalar va tartiblarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Tegishli maʼruza hisobot yakunlangandan soʻng birinchi yalpi majlisda Aʼzolar kengashiga taqdim etiladi.
18-modda Tugatish
1. Aʼzolar kengashi, tarqatib yuborilsa, birinchi navbatda 35-moddaning 1-bandida nazarda tutilgan choralar koʻriladi.
2. Ushbu Shartnomaning amal qilish muddati tugagandan soʻng Xalqaro Zaytun Kengashining aktivlari va 14-moddada koʻrsatilgan mablagʻlardan kelib chiqadigan har qanday ajratilmagan summalar aʼzolarga ularning oʻsha paytdagi amaldagi ulushlari miqdoriga mutanosib ravishda qaytariladi.
14-moddada koʻrsatilgan ixtiyoriy badallar va xayr-ehsonlar, shuningdek 15-moddada koʻrsatilgan har qanday ajratilmagan mablagʻlar manfaatdor aʼzolar, donorlar yoki uchinchi shaxslarga qaytariladi.
VI bob Standartlashtirish qoidalari
19-modda Zaytun moylari, zaytun kunjara moylari va zaytun mevalarining turlari va taʼriflari
1. Zaytun moylari. zaytun kunjara moylari va zaytun mevalarining turlari va taʼriflari ushbu Shartnomaning V va S ilovalarida keltirilgan.
2. Aʼzolar kengashi ushbu Shartnomaning V va S ilovalarida nazarda tutilgan zaytun moylari, zaytun kunjara moylari va zaytun mevalarining tavsiflari va taʼriflariga zarur yoki tegishli deb hisoblagan barcha tuzatishlarni kiritishi mumkin.
20-modda Aʼzolar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar
1. Xalqaro zaytun kengashining aʼzolari oʻzlarining xalqaro savdolarida V va S ilovalarida koʻrsatilgan belgilarni qoʻllashni oʻz zimmalariga oladilar va ularning ichki savdolarida qoʻllanilishini ragʻbatlantiradilar.
2. Aʼzolar oʻzlarining ichki va xalqaro savdolarida “zaytun moyi” belgisining yakka oʻzi yoki boshqa soʻzlar bilan qoʻshib ishlatilishini ushbu Shartnomaga mos kelmaydigan har qanday foydalanishni toʻxtatishga majburdirlar. “Zaytun moyi” atamasi hech qanday holatda faqat zaytun kunjara moyiga nisbatan ishlatilmasligi kerak.
3. Aʼzolar kengashi aʼzolarning xalqaro savdosida qoʻllaniladigan sifat va poklik mezonlarini belgilaydi.
4. Aʼzolar oʻz hududlarida ushbu Shartnomada nazarda tutilgan mahsulotlarga tegishli boʻlgan intellektual mulk huquqlarining savdo bilan bogʻliq jihatlari toʻgʻrisidagi (TRIPS) Shartnomasining 22-moddasi 1-bandi maʼnosida oʻzlarining hududlarida geografik koʻrsatkichlar boʻyicha amaldagi xalqaro qoidalar. protseduralar va majburiyatlar. xususan TRIPS Shartnomasining 1-moddasiga muvofiq himoya qilishni taʼminlaydilar.
5. Aʼzolar, murojaatga binoan, oʻzlarining hududlarida himoya qilinadigan geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida, xususan, ularning haqiqiyligiga yoki obroʻsiga taʼsir qiladigan har qanday amaliyotning huquqiy himoyasini kuchaytirish maqsadida maʼlumot almashadilar.
6. Aʼzolar amaldagi qonunchilik qoidalariga muvofiq isteʼmolchilarga oʻz hududidagi muhofaza qilinadigan geografik koʻrsatkichlarning oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisida maʼlumot berish va ushbu koʻrsatkichlarga qiymat qoʻshish uchun tashabbuslarni qabul qilish huquqiga ega.
21-modda Xalqaro Zaytun Kengashining xalqaro kafolat yorligi
Aʼzolar kengashi Xalqaro Zaytun Kengashining xalqaro standartlariga muvofiqligini kafolatlaydigan xalqaro sifat kafolati yorligʻi qoʻllanilishini taʼminlashi mumkin. Ushbu moddaning qoʻllanilishi va nazorat qoidalari Reglamentda belgilanadi.
VII bob Umumiy qoidalar
22-modda Umumiy majburiyatlar
Aʼzolar ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlariga yoki 1-moddada koʻrsatilgan umumiy maqsadlariga zid keladigan har qanday choralarni koʻrmasliklari kerak.
23-modda Aʼzolarning moliyaviy javobgarligi
Har bir aʼzoning Xalqaro Zaytun Kengashi va boshqa aʼzolari oldidagi moliyaviy javobgarligi, shu moddada koʻrsatilgan budjetga qoʻshimchalar boʻyicha 16-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlari chegarasi bilan cheklangan.
24-modda Atrof-muhit va ekologik jihatlar
Aʼzolar barqaror zaytun yetishtirishni rivojlantirishni kafolatlash maqsadida zaytun va zaytun moyi ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida amaliyotni takomillashtirishga eʼtibor berishadi va har qanday narsani yaxshilash yoki hal qilish uchun Aʼzolar kengashi tomonidan ushbu sohada yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish maqsadida zarur deb topilgan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini oladilar.
25-modda Maʼlumot
Aʼzolar ushbu Shartnoma boʻyicha oʻz vazifalarini bajarishlari uchun zarur boʻlgan barcha statistik maʼlumotlar, koʻrsatkichlar va hujjatlarni tayyorlash va ularni Xalqaro Zaytun Kengashiga taqdim etish, va, xususan, zaytun moylari, yogʻlar va zaytun mevalari va aʼzolarning zaytun mahsulotlari boʻyicha milliy siyosati toʻgʻrisida maʼlumot olish majburiyatini oladilar.
26-modda Nizolar va shikoyatlar
1. Ushbu Shartnomani talqin qilish yoki qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan va muzokaralar yoʻli bilan hal qilinmaydigan har qanday nizo, nizo tomoni boʻlgan har qanday aʼzoning yoki aʼzolarning iltimosiga binoan Aʼzolar kengashiga yuboriladi, ular ushbu qarorni qabul qiladilar va tegishli aʼzolar yoki manfaatdor aʼzolar yoʻq boʻlganda qaror, agar kerak boʻlsa, maslahat kengashidan fikr soʻrab yakuniy xulosaga kelishadi. Ushbu kengashning tarkibi va operatsion tafsilotlari Reglamentda belgilanadi.
2. Maslahat kengashi tomonidan asosli xulosa barcha tegishli faktlarni koʻrib chiqqandan soʻng har qanday holatda nizoni hal qiladigan Aʼzolar kengashiga taqdim etiladi.
3. Aʼzo, rais yoki rais oʻrinbosari rais vazifasini bajarayotganda ushbu Shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi toʻgʻrisidagi har qanday shikoyat, shikoyat bergan aʼzoning iltimosiga binoan, Aʼzolar kengashiga yuboriladi. Kengash tegishli tomonlar bilan maslahatlashgandan soʻng va ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan maslahat kengashidan, agar kerak boʻlsa, fikr soʻraganidan soʻng, tomon yoki ishtirok yetuvchi tomonlarning yoʻqligida qaror qabul qiladi. Ushbu xatboshining qoʻllanilishi qoʻshimcha ravishda Reglamentda belgilanadi.
4. Agar Aʼzolar kengashi aʼzolarning ushbu Shartnomani buzganligini aniqlasa, u ushbu aʼzoga oddiy ogohlantirishdan tortib, Kengash qarorlarida ishtirok etish huquqini toʻxtatib qoʻyishga qadar boʻlgan sanksiyalarni qoʻllashi mumkin.
5. Agar Aʼzolar kengashi Rais yoki Rais oʻrinbosari Rais vazifasini bajarayotganda oʻz vazifalarini ushbu Shartnoma yoki Reglamentga muvofiq bajarmagan deb hisoblasa, u kamida 50 kishining iltimosiga binoan ishtirok etgan aʼzolarning foizlari, ushbu Shartnomada yoki Reglamentda Raisga yoki Rais oʻrinbosariga berilgan vakolat va funksiyalarni vaqtincha toʻxtatib turish va uning aʼzolari orasiga oʻrinbosar tayinlash toʻgʻrisida Kengash tomonidan bir sessiya yoki uzoqroq muddatga qaror qabul qiladi. Ushbu xatboshining qoʻllanilishi qoʻshimcha ravishda Reglamentda belgilanadi.
6. Zaytun moylari, zaytun kunjara moylari va zaytun mevalari bilan bogʻliq Shartnomalarga oid har qanday nizolarga nisbatan, Xalqaro Zaytun Kengashi aʼzolarga ushbu nizolarni hal qilish uchun konstitutsiya va xalqaro kelishuv yoki hakamlik idoralarining faoliyatiga tegishli tavsiyalar berishi mumkin.
27-modda Depozitariy
Ushbu Shartnoma asosida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi ushbu shartnomaning depozitariysi etib belgilanadi.
28-modda Imzolash, ratifikatsiyalash, qabul qilish va tasdiqlash
1. Ushbu Shartnoma Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh qarorgohida 2016-yil 1-yanvardan 2016-yil 31-dekabrigacha va shu jumladan, 2016-yil 31-dekabrgacha zaytun moyi va zaytun mevalari toʻgʻrisidagi xalqaro Shartnoma ishtirokchilari va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Konferensiyasida muzokara oʻtkazish uchun taklif qilingan hukumatlar tomonidan imzolanishi uchun ochiqdir. Zaytun moyi va zaytun mevalari toʻgʻrisidagi 2005-yilgi xalqaro Shartnomaga voris boʻlib hisoblanadi.
2. Ushbu Shartnomani imzolagan hukumatlar tomonidan tegishli konstitutsiyaviy protseduralarga muvofiq ratifikatsiya qilinishi, qabul qilinishi yoki tasdiqlanishi kerak.
3. 4-moddaning 3-bandida koʻrsatilgan har qanday hukumat:
a) ushbu Shartnomani imzolagan davrda, mazkur imzo bilan ushbu Shartnomaning bandlariga toʻliq amal qilishga rozilik bildirishini yozma ravishda eʼlon qilishi (imzolash); yoki
b) ushbu Shartnomani imzolagandan soʻng uni tasdiqlashi, ratifikatsiya qilishi yoki depozitariyga tegishli hujjat topshirish orqali tasdiqlashi lozim.
4. Tasdiqlash, qabul qilish yoki ratifikatsiyalash toʻgʻrisidagi hujjatlar depozitariyda saqlanadi.
29-modda Aʼzo boʻlish
1. Ushbu Shartnoma har qanday Hukumat tomonidan 4-moddaning 3-bandida belgilanganidek, aʼzo boʻlish uchun ochiqdir, bu Aʼzolar kengashi tomonidan belgilanadigan shartlar asosida ushbu Shartnomaga qoʻshilishi mumkin. Ushbu shartlar Aʼzolar kengashi tomonidan depozitariyga yuboriladi. Shartnomaga qoʻshilish jarayonini boshlash tartibi, qoʻshilish boʻyicha muzokaralar va tegishli qoidalar Aʼzolar kengashi tomonidan Reglament asosida belgilanadi.
2. Ish yuritish qoidalarida koʻrsatilgan qoʻshilish boʻyicha muzokaralar tugaganidan soʻng, Aʼzolar kengashi 10-moddada nazarda tutilgan tartibda qoʻshilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.
3. Qoʻshilish paytida ahdlashuvchi tomon ushbu shartnomaning A ilovasida va qoʻshilish shartlarida belgilangan ishtirok etish ulushlari bilan roʻyxatga olinadi.
4. Qoʻshilish depozitariyga qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatni topshirish orqali amalga oshiriladi. qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlarda hukumat Xalqaro Zaytun Kengashi tomonidan belgilangan barcha shartlarni qabul qilishi belgilangan.
30-modda Vaqtinchalik ariza toʻgʻrisida xabarnoma
1. Ushbu Shartnomani ratifikatsiya qilish, qabul qilish yoki tasdiqlash niyatida boʻlgan imzolagan Hukumat yoki hukumat aʼzolari Kengashi unga qoʻshilish uchun shart-sharoitlar yaratgan, ammo hanuzgacha oʻz hujjatlarini topshirishga qodir boʻlmagan har qanday hukumat har qanday vaqtda depozitariyga ushbu Shartnomaning 31-moddasiga muvofiq kuchga kirganda yoki agar u allaqachon amalda boʻlgan boʻlsa, belgilangan sanada vaqtincha qoʻllashini xabardor qilishi mumkin.
2 Ushbu moddaning 1-bandiga binoan vaqtinchalik ariza yuborgan hukumat ushbu Shartnomani kuchga kirganda yoki agar u allaqachon amalda boʻlsa, belgilangan sanada qoʻllaydi va shu vaqtdan boshlab Ahdlashuvchi tomon hisoblanadi. U oʻzining ratifikatsiya, qabul qilish, tasdiqlash yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjati saqlanishga topshirilgan kungacha Ahdlashuvchi tomon boʻlib qoladi.
31-modda Shartnomaning kuchga kirishi
1. Ushbu Shartnoma 2017-yil 1-yanvardan boshlab mutlaq kuchga kiradi, bunda ushbu Shartnomaning A ilovasida keltirilgan davlatlar orasidan kamida beshta Ahdlashuvchi tomonlar ishtirok etishi va 1000 ta ishtirok ovozining kamida 80 foizi ulushini tashkil qilishi sharti bilan ushbu Shartnomani imzolab yoki uni ratifikatsiya qilgan, qabul qilgan yoki tasdiqlagan yoki unga qoʻshilgan hisoblanadi.
2. Agar 2017-yil 1-yanvarda ushbu Shartnoma ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq kuchga kirmagan boʻlsa, ushbu sanaga qadar ushbu moddaning 1-bandining foiz talablarini qondiradigan Ahdlashuvchi tomonlar ushbu Shartnomani aniq imzolagan boʻlsa, u vaqtincha kuchga kiradi. yoki uni ratifikatsiya qilgan, qabul qilgan yoki tasdiqlagan yoki depozitariyga ushbu Shartnomani vaqtincha qoʻllashlari toʻgʻrisida xabar beradi.
3. Agar 2016-yilning 31-dekabrida ushbu moddaning 1-bandi yoki 2-bandiga binoan kuchga kirishga qoʻyiladigan talablar bajarilmagan boʻlsa, depozitariy ushbu Shartnomani aniq imzolagan yoki uni ratifikatsiya qilgan, qabul qilgan yoki tasdiqlagan Ahdlashuvchi tomonlarni taklif qiladi, yoki ushbu Shartnomani oʻzlari belgilagan muddatda toʻliq yoki qisman oʻzaro aniq yoki vaqtincha kuchga kirishi toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun ushbu Shartnomani vaqtincha qoʻllashlari toʻgʻrisida xabar beradi.
4. Ushbu Shartnoma kuchga kirgandan keyin ratifikatsiya qilish, qabul qilish, tasdiqlash yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatni topshirgan har qanday Ahdlashuvchi tomon uchun ushbu Shartnoma tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi.
32-modda Oʻzgartirish kiritish
1. Xalqaro Zaytun Kengashi, Aʼzolar kengashi orqali harakat qilib, ushbu Shartnomani konsensus asosida oʻzgartirishi mumkin.
2. Aʼzolar kengashi aʼzolarning ushbu tuzatish qabuL qilinganligi toʻgʻrisida depozitariyga xabar berish sanasini belgilaydi.
3. Tuzatish barcha aʼzolardan qabul qilinganligi toʻgʻrisida xabar depozitariy olganidan soʻng 90 kun oʻtgach kuchga kiradi. Agar ushbu talab ushbu moddaning 2-bandiga muvofiq Aʼzolar kengashi tomonidan belgilangan kunga qadar bajarilmasa, tuzatish bekor qilingan deb hisoblanadi.
4. 11-moddaning 5-bandiga asoslangan A ilovaga joriy yangilanishlarni amalga oshirish moddaning maqsadlari uchun tuzatishlar deb hisoblanmaydi.
33-modda Aʼzolikdan chiqish
1. Kengashning har qanday aʼzosi tomonidan Shartnoma kuchga kirgandan keyin istalgan vaqtda depozitariyga chiqish asosida yozma ravishda xabar berish orqali Shartnomadan chiqib ketishi mumkin. Aʼzo Xalqaro Zaytun Kengashiga amalga oshirgan qarori toʻgʻrisida yozma ravishda xabar beradi.
2. Mazkur moddaga asoslanib Shartnomadan chiqish depozitariy tomonidan xabarnoma olingandan soʻng 90 kun oʻtgach kuchga kiradi.
34-modda Aʼzolikdan chiqarish
26-moddaga zid kelmagan holda Aʼzolar kengashining har bir aʼzosi ushbu Shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini buzgan deb qaror qilsa va ushbu buzilish ushbu Shartnomaning ishlashiga sezilarli darajada salbiy taʼsir qiladi deb topilsa, u boshqa aʼzolarning asosli qarori bilan konsensus tomoni va manfaatdor aʼzo boʻlmagan taqdirda ushbu aʼzo Shartnomadan chiqarib tashlanadi. Xalqaro Zaytun Kengashi zudlik bilan depozitariyni oʻz qarori toʻgʻrisida xabardor qiladi. Koʻrib chiqilayotgan aʼzo Aʼzolar kengashi qarori qabul qilingan kundan 30 kun oʻtgach ushbu Shartnomaning aʼzoligidan chiqariladi. Aʼzolar safidan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan keyin yangi moliyaviy majburiyatlar kelib chiqmaydi.
35-modda Yakuniy hisob-kitoblar
1. Aʼzolar kengashi, Xalqaro zaytun kengashi uchun huquqiy oqibatlarga olib keladigan va ushbu Shartnomadan chiqib ketgan yoki aʼzoning Xalqaro zaytun kengashidagi ishtirokini toʻxtatgan, shuningdek. ushbu jarayonni taʼminlash uchun zarur boʻlgan davrda, xususan, bunday majburiyatlar bekor qilinishi kerak boʻlgan hollarda aʼzoning hissasi boʻyicha taʼsir koʻrsatadigan barcha moliyaviy majburiyatlarni hisobga olgan holda, adolatli deb topilgan barcha xarajatlarni belgilaydi.
Yuqoridagi kichik bandning qoidalariga qaramay, Kengash aʼzolari aʼzolik davrida Xalqaro Zaytun Kengashiga taalluqli barcha toʻlovlarni toʻlashi shart.
2. Ushbu Shartnoma bekor qilingandan soʻng, ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan biron bir aʼzo, Shartnoma tugatilganda mablagʻlarning yoki Xalqaro zaytun kengashining boshqa aktivlarining taqsimotiga taalluqli hech qanday ulushga ega boʻlmaydi; Xalqaro Zaytun Kengashining kamomadining biron bir qismi, agar mavjud boʻlsa, ushbu aʼzolarga yuklatilmaydi.
36-modda Shartnomaning muddati uzaytirilishi va bekor qilinishi
1. Ushbu Shartnoma 2026-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.
2. Aʼzolar kengashi ushbu Shartnoma muddatini uzaytirishi mumkin. Aʼzolar kengashi Shartnomaning amal qilish muddatining uzaytirilganligi toʻgʻrisida depozitariyni xabardor qiladi. Ushbu Shartnomaning uzaytirilishiga xohish bildirmagan aʼzo bu haqda Xalqaro Zaytun Kengashiga xabar beradi va uzaytirilish muddati boshlanganidan buyon ushbu tashkilotning kuzatuvchisi maqomida faoliyat yuritadi.
3. Agar 2026-yil 31-dekabrgacha yoki Aʼzolar kengashi qaroriga binoan muddatni uzaytirish muddati tugaguniga qadar Aʼzolar kengashi Shartnomaning yangi loyihasi muhokama qilingan boʻlsa-da, lekin tasdiqlanmagan yoki vaqtincha kuchga kirmagan boʻlsa, ushbu Shartnoma oʻz kuchida qoladi uning amal qilish muddati tugagandan soʻng, yangi kelishuv kuchga kirguniga qadar eng uzogʻi bilan 12 oygacha davom etadi.
4. Aʼzolar kengashi ushbu Shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida konsensus asosida qaror qabul qilishi mumkin. Aʼzolarning majburiyatlari, Aʼzolar kengashi tomonidan belgilanadigan tugatilish sanasigacha davom etadi.
5. Ushbu Shartnomaning amal qilish muddati tugashiga yoki bekor qilinishiga qaramay, Xalqaro Zaytun Kengashi Xalqaro Zaytun Kengashini tugatishni, shu jumladan hisob-kitoblarni amalga oshirishni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan vaqtgacha davom etadi va ushbu muddat davomida ushbu maqsadlar uchun zarur boʻlishi mumkin boʻlgan vakolatlar va funksiyalarga ega boʻladi.
6. Aʼzolar kengashi ushbu moddaga binoan qabul qilingan har qanday qaror toʻgʻrisida depozitariyni xabardor qiladi.
37-modda Yakuniy holatlar
Ushbu Shartnomaning biron bir qoidasiga nisbatan hech qanday izoh berilishi mumkin emas.
Bunga guvohlik berish uchun, tegishli ravishda imzolashga vakolatli boʻlgan shaxslar ushbu Shartnoma boʻyicha belgilangan muddatlarda imzoladilar.
2015-yil 9-oktabrda Jenevada amalga oshirildi, ushbu Shartnomaning arab, ingliz, fransuz va ispan tillaridagi matnlari bir xil kuchga ega.
A ilova 2020-yil yangilangan
11-moddaga muvofiq aʼzolarning Tashkilot budjetidagi hissasiga mos ravishda ishtirok etish ulushlari
Albaniya 5
Jazoir 23
Argentina 18
Yevropa Ittifoqi 691
Misr 25
Gruziya 5
Eron (Islom Respublikasi) 5
Isroil 5
Iordaniya 7
Livan 7
Liviya 5
Marokko 41
Chernogoriya 5
Falastin 6
Tunis 78
Turkiya 69
Urugvay 5
Jami: 1,000
V ilova
Zaytun moylari va zaytun kunjarasi moylarining belgilari va taʼriflari
Zaytun moylari va zaytun kunjarasi moylarining belgilari har bir belgiga mos keladigan taʼrif bilan kuyida keltirilgan:
I. Zaytun moylari
A. Siqilgan (sovuq usulda) zaytun moylari: Zaytun daraxti mevalaridan olinadigan moylar (Olea EuropeaL.) Faqatgina mexanik yoki boshqa jismoniy usullar bilan yogʻning yomonlashishiga olib kelmaydigan, ayniqsa, termal usullarni qoʻllash, yuvish, dekantatsiya, tsentrifuga va filtrlashdan boshqa har qanday usulda ishlov berilgan boʻlishi shart. Siqilgan zaytun moylari quyidagicha tasniflanadi va belgilanadi:
a. Isteʼmol uchun ishlab chiqarilgan sovuq usulda siqilgan zaytun moylari quyidagilar:
(i) ekstra (ilk marta) siqilgan zaytun moyi: siqilgan zaytun moyi, fizik-kimyoviy va organoleptik xususiyatlari Xalqaro Zaytun Kengashining savdo standartida ushbu turkumga kiritilganlarga mos keladi;
(ii) siqilgan zaytun moyi: siqilgan zaytun moyi, fizik-kimyoviy va organoleptik xususiyatlari Xalqaro Zaytun Kengashining savdo standartida ushbu turkumga kiritilgan moylarga mos keladi;
(iii) oddiy siqilgan zaytun moyi: siqilgan zaytun moyi, fizik-kimyoviy va organoleptik xususiyatlari Xalqaro Zaytun Kengashining savdo standartida ushbu turkumga kiritilganlarga mos keladi.[1]
* [1] Ushbu mahsulot toʻgʻridan toʻgʻri isteʼmolchiga sotilishi mumkin, agar chakana savdo mamlakatlarida ruxsat berilsa. Agar ruxsat berilmagan boʻlsa, ushbu mahsulotning nomi tegishli mamlakatning qonuniy qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.
b. Isteʼmol uchun qayta ishlash zarur boʻlgan sovuq holda birinchi siqilgan zaytun moyi:
Lampante zaytun moyi: fizik-kimyoviy va organoleptik xususiyatlari Xalqaro Zaytun Kengashining savdo standartida ushbu toifaga tegishli boʻlgan zaytun moyi. Ushbu moy odamlar tomonidan isteʼmol qilish yoki texnik foydalanish uchun qayta ishlashga moʻljallangan turlarga boʻlinadi.
V. Tozalangan zaytun moyi: Fizik-kimyoviy xususiyatlari jihatidan Xalqaro Zaytun Kengashi savdo standartida ushbu toifaga tegishli boʻlgan toza zaytun moylarini tozalash orqali olingan zaytun moyi. [2]
* [2] Ushbu mahsulotning chakana savdosi ruxsat berilgan davlatlarda isteʼmolchiga faqat toʻgʻridan toʻgʻri sotilishi mumkin.
S. Qayta ishlangan zaytun moyi va siqilgan zaytun moylari aralashmasidan tashkil topgan zaytun moyi: qayta ishlangan zaytun moyi va siqilgan zaytun moylari aralashmasidan tashkil topgan yogʻ isteʼmol uchun yaroqli boʻlib, fizik-kimyoviy xususiyatlari ushbu toifaga tegishli boʻlganlarga mos keladi. Xalqaro zaytun kengashining savdo standarti.
II. Zaytun kunjara yogʻi[3]:
* [3] Zaytun kunjara yogʻini “zaytun moyi” belgisi yoki taʼrifi bilan sotish mumkin emas.
zaytun kunjarasini erituvchilar yoki boshqa fizik taʼsir bilan qayta ishlash natijasida olingan moy boʻlib, bu qayta esterifikatsiya qilish jarayonida olingan moylarni va boshqa turdagi moylar bilan har qanday aralashmani istisno qiladi. Quyidagicha tasniflanadi:
A. Xom zaytun kunjara moyi: fizik-kimyoviy xususiyatlari Xalqaro Zaytun Kengashining savdo standartida ushbu toifaga tegishli boʻlgan zaytun moyi. Ushbu moy odamlar tomonidan isteʼmol qilishga yoki texnik foydalanish uchun qayta ishlashga moʻljallangan turlarga boʻlinadi.
V Qayta shakllantirilgan zaytun kunjara moyi: fizik-kimyoviy xarakteristikalari Xalqaro Zaytun Kengashi savdo standartida ushbu toifaga belgilangan koʻrsatkichlarga mos keladigan, zaytun kunjara yogʻini qayta ishlash natijasida olingan yogʻ. [4]
* [4] Ushbu mahsulotning chakana savdosi ruxsat berilgan davlatlarda isteʼmolchiga faqat toʻgʻridan toʻgʻri sotilishi mumkin.
S. Qayta ishlangan zaytun moyi va siqilgan zaytun moylaridan tashkil topgan zaytun moyi yogʻi: qayta ishlangan zaytun moyi va siqilgan zaytun moylari aralashmasidan tashkil topgan yogʻ, isteʼmol uchun yaroqli boʻlib, ushbu toifani Xalqaro Zaytun Kengashi savdo standartlarida belgilangan fizik-kimyoviy xususiyatlari uning meʼyorlariga mos keladi. Hech qanday holatda bu aralashmani “zaytun moyi” deb atash mumkin emas.
S ilova
Zaytun mevalarining belgilanishi va taʼriflari
Zaytun mevalari quyidagi turlardan biriga boʻlinadi:
i. Yashil zaytun mevalari: pishguncha, rang berishdan oldin va normal hajmga yetganda yigʻilgan mevalar. Ularning rangi yashildan somonga qadar sariq ranggacha oʻzgarishi mumkin.
ii. zaytun rangga aylanadi: rang oʻzgarganda toʻliq pishib etish bosqichidan oldin hosil boʻlgan mevalar Ularning rangi atirguldan sharob guligacha yoki jigar ranggacha farq qilishi mumkin.
iii. Qora zaytun mevalari: toʻliq pishganida yoki toʻliq pishguncha biroz oldin yigʻilgan mevalar. Ularning rangi qizgʻish qora rangdan binafsha qora, chuqur binafsha, yashil rang qora yoki chuqur kashtangacha farq qilishi mumkin.
Zaytun mevalarini savdoga chiqarish, jumladan maxsus alohida usullar bilan qayta ishlash jarayonlari Xalqaro Zaytun Kengashining savdo standartlari talablari asosida boshqariladi.
