Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi
22.09.1994
BIRINCHI BOʻLIM UMUMIY QOIDALAR
I bob. ASOSIY QOIDALAR
1-modda. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeks, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlaridan iboratdir.
Ushbu Kodeks qoidalari mazkur Kodeksga kiritilmagan qonunchilik hujjatlarida sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarga ham taalluqlidir.
2-modda. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilikning vazifalari
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik inson va jamiyat farovonligi yoʻlida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni taʼminlashni, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarning oʻz vaqtida va obyektiv koʻrib chiqilishini, shuningdek bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni oʻz oldiga vazifa qilib qoʻyadi.
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun ushbu Kodeks qanday harakat yoki harakatsizlik maʼmuriy huquqbuzarlik hisoblanishini, maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa maʼmuriy jazo qoʻllanilishi va ijro etilishini belgilaydi.
3-modda. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilikning prinsiplari
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik va ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi.
4-modda. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik sohasida Oʻzbekiston Respublikasining vakolatlari
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik sohasida quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi ixtiyoriga beriladi:
maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilikning prinsiplarini aniqlash va umumiy qoidalarini belgilab berish;
maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladigan harakat yoki harakatsizlikni, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organlar tizimini (mansabdor shaxslarni), mazkur ishlarni yuritish va chiqarilgan qarorlarning ijrosi tartibini belgilash;
maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik sohasida Qoraqalpogʻiston Respublikasining vakolatlarini belgilash;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyat vakillik organlari hamda hokimlari maʼmuriy javobgarlik nazarda tutiladigan qaror qabul qilishlari mumkin boʻlgan masalalar doirasini belgilash.
5-modda. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik sohasida Qoraqalpogʻiston Respublikasining vakolatlari
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik sohasida quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi ixtiyoriga beriladi:
jamoat tartibini saqlash masalalari boʻyicha, basharti bu masalalar ushbu Kodeks bilan tartibga solinmagan boʻlsa, shuningdek tabiiy ofatlar va epidemiyalarga qarshi kurash masalalari boʻyicha maʼmuriy javobgarlik belgilash;
ushbu Kodeksning 90, 109, 110, 161-moddalariga, 164-moddasining ikkinchi qismiga, 168-moddasiga binoan buzilishi maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladigan qoidalarni belgilash.
7-modda. Maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini olish
Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga olib keluvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga, fuqarolarni ongli, intizomli boʻlish, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan tadbirlar ishlab chiqadilar va ularni amalga oshiradilar.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ham muvofiq qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini taʼmin eta borib, oʻz hududlarida barcha davlat organlari va jamoat birlashmalarining maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarini muvofiqlashtirib turadilar, ichki ishlar organlari, bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar hamda ularga hisobdor maʼmuriy huquqbuzarlik bilan kurash olib boruvchi boshqa organlar faoliyatiga rahbarlik qiladilar.
8-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik uchun taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllanish vaqtida qonuniylikni taʼminlash
Maʼmuriy huquqbuzarlik uchun hech kim qonunchilikda belgilangan asoslar va tartibdan boshqacha tarzda taʼsir koʻrsatish chorasiga tortilishi mumkin emas.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish qonuniylikka rioya qilish asosida olib boriladi.
Tegishli vakolat berilgan organlar va mansabdor shaxslar maʼmuriy taʼsir koʻrsatish choralarini oʻz vakolatlari doirasida qoʻllaydilar.
Maʼmuriy huquqbuzarlik uchun taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllanish chogʻida qonunchilik talablariga rioya etilishi vakolatli yuqori turuvchi organlar va mansabdor shaxslar tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib turilishi bilan, prokuror nazorati bilan, shikoyat berish huquqi bilan taʼminlanadi.
9-modda. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilikning amal qilishi
Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bu huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joyda amal qilayotgan qonunchilikka asosan javobgarlikka tortiladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi ostidagi yoki Oʻzbekiston Respublikasining portida roʻyxatga olingan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ochiq havo yoki suv boʻshligʻida boʻlgan kemada maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Kodeksga muvofiq maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, agar ular chet davlat hududida huquqbuzarlik sodir etgan va ushbu Kodeksning 476-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganligi uchun oʻsha davlatning qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortilmagan boʻlsa, ushbu Kodeksga muvofiq maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar orqaga qaytish kuchiga egadir, yaʼni ushbu hujjatlar chiqqunga qadar sodir etilgan huquqbuzarlik hollariga ham taalluqlidir. Maʼmuriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi yoki javobgarlikni kuchaytiruvchi hujjatlar esa orqaga qaytish kuchiga ega boʻlmaydi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrilayotgan vaqt va joyda amal qilib turgan qonunchilik asosida yuritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda valyuta qimmatliklari, bojxona, soliq, qimmatli qogʻozlar bozori, raqobat hamda kripto-aktivlar aylanmasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni, shuningdek savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish bilan bogʻliq qilmishlar uchun maʼmuriy javobgarlik oʻrniga Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq boshqa turdagi javobgarlik choralari qoʻllanilishi mumkin.
Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarning maʼmuriy javobgarligi masalasi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
IKKINCHI BOʻLIM MAʼMURIY HUQUQBUZARLIK VA MAʼMURIY JAVOBGARLIK
UMUMIY QISM
II bob. MAʼMURIY HUQUQBUZARLIK
10-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlik tushunchasi
Maʼmuriy huquqbuzarlik deganda qonunchilikka binoan maʼmuriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi gʻayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun maʼmuriy javobgarlik, basharti bu huquqbuzarlik oʻz xususiyatiga koʻra jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻlmagan taqdirda, amalga oshiriladi.
11-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlikni qasddan sodir etish
Basharti maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs oʻz harakati yoki harakatsizligi gʻayrihuquqiy ekanligini bilgan boʻlsa, uning zararli oqibatlariga koʻzi yetgan, yuz berishini istagan boʻlsa yoki bu oqibatlarning kelib chiqishiga ongli ravishda yoʻl qoʻygan boʻlsa, bunday maʼmuriy huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan deb hisoblanadi.
12-modda. Maʼmuriy huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik orqasida sodir etish
Basharti maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs oʻz harakati yoki harakatsizligi zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan koʻra bilgan boʻlsa ham, lekin kaltabinlik bilan ularning oldini olish mumkin deb oʻylagan boʻlsa, yoxud bunday oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini oldindan koʻrishi lozim va mumkin boʻlgani holda oldindan koʻra bilmagan boʻlsa, bunday maʼmuriy huquqbuzarlik ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan deb hisoblanadi.
13-modda. Maʼmuriy javobgarlikka tortilish yoshi
Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda oʻn olti yoshga toʻlgan shaxslar, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
14-modda. Voyaga yetmaganlarning maʼmuriy huquqbuzarlik uchun javobgarligi
Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarga nisbatan Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan choralar qoʻllaniladi.
Ana shu shaxslar mazkur Kodeksning 61, 1161, 1162, 1163, 125, 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 1351, 136, 138, 183, 185, 1851, 1852, 1853, 194, 1941, 1961, 2061, 2091, 218, 220, 221-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda, ular umumiy asoslarda maʼmuriy javobgarlikka tortiladi. Sodir etilgan huquqbuzarlikning xususiyatini va huquqbuzarning shaxsini hisobga olgan holda mazkur shaxslarga nisbatan (bundan ushbu Kodeksning 194, 1941 va 1961-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar mustasno) ishlar bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari ixtiyoriga berilishi mumkin, ushbu Kodeksning 61, 2061-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarning ishlari esa shu komissiyalarga berilishi lozim.
15-modda. Mansabdor shaxslarning maʼmuriy javobgarligi
Mansabdor shaxslar boshqaruv tartibini, davlat va jamoat tartibini saqlash, tabiiy muhitni, aholi sogʻligʻini muhofaza qilish sohasida belgilangan qoidalarga va bajarilishini taʼminlash oʻz xizmat vazifalariga kiradigan boshqa qoidalarga rioya etmaganlik bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilishlari lozim.
Doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qatʼi nazar, korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs, xuddi shuningdek xalqaro tashkilotda yoxud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs mansabdor shaxs deb eʼtirof etiladi.
Davlatning biron-bir hokimiyat organi nomidan ish koʻrib, muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va oʻz vakolatlari doirasida koʻpchilik yoxud barcha fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun majburiy boʻlgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega boʻlgan shaxs hokimiyat vakili deb eʼtirof etiladi.
16-modda. Harbiy xizmatchilar va intizom ustavlari tatbiq etiladigan boshqa shaxslarning maʼmuriy javobgarligi
Harbiy xizmatchilar va yigʻinga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek ichki ishlar organlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar maʼmuriy huquqbuzarlik uchun intizom ustavlariga muvofiq javobgar boʻladilar. Mazkur shaxslar ijro hujjatini ijro etmaganligi, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikni, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilikni, yoʻl harakati, ov qilish, baliq tutish va baliq zaxiralarini saqlash, bojxona qoidalarini buzganligi uchun umumiy asoslarda maʼmuriy javobgar boʻladi. Yuqorida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy qamoqqa olish choralari qoʻllanilishi mumkin emas. Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilariga jarima solinishi mumkin emas.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar jumlasiga kirmaydigan, intizom ustavlari yoki intizom toʻgʻrisidagi maxsus qoidalar tatbiq etiladigan boshqa shaxslar, ana shu ustav yoki qoidalarda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollarda, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun intizomiy javobgar boʻladilar, boshqa hollarda esa umumiy asoslarda maʼmuriy javobgar boʻladilar.
161-modda. Daxlsizlikka, immunitetga ega boʻlgan shaxslarning maʼmuriy javobgarligi
Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarni sud tartibida maʼmuriy javobgarlikka tortishga faqat ushbu Kodeksning XXIII3 bobida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Immunitetga ega boʻlgan shaxslarni sud tartibida maʼmuriy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularga nisbatan sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoni qoʻllash mumkin emas.
17-modda. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning maʼmuriy javobgarligi
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar umumiy asoslarda maʼmuriy javobgarlikka tortilishlari lozim.
Immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning Oʻzbekiston Respublikasi qatnashchi boʻlgan xalqaro shartnomalar va bitimlarga zid boʻlmagan qismi qoʻllaniladi.
171-modda. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun shaxslarning maʼmuriy javobgarligi
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali ushbu Kodeks 125-moddasining birinchi (xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslikka oid qismida), beshinchi va oltinchi qismlarida, 128 (bundan ushbu moddaning yoʻlning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilangan talablarga rioya etmaslikka, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishga, yoʻlovchilarga yoki piyodalarga loyqa sachratishga oid qismlari mustasno), 1281, 1283, 1284, 1285, 1286, 1287, 1289, 12810, 129 va 130-moddalarida, 135-moddasining ikkinchi (transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlmagan shaxslarga taalluqli qismida) va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar qayd etiladi.
Maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali yoʻl harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, maʼmuriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi.
Yuridik shaxsga qonunchilikka muvofiq tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, maʼmuriy javobgarlikka yuridik shaxsning transport vositasidan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxsi yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi.
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yoʻl harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, huquqbuzarlikning takroriyligi hisobga olinmaydi, ushbu Kodeks 321-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.
Agar maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror ustidan berilgan shikoyatni koʻrib chiqish jarayonida tegishli transport vositasiga huquqbuzarlik qayd etilgan paytda egalik qilgan shaxs aniqlansa yoxud mazkur transport vositasi boshqa shaxslarning gʻayrihuquqiy xatti-harakatlari natijasida transport vositasi mulkdorining egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, transport vositasining mulkdori oʻziga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi.
Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan yoʻl harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalanilgan holda sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda ular kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda haydovchilarning maʼmuriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb topiladi va maʼmuriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi. Bunda tez tibbiy yordam va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining transport vositalari tomonidan kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi talab qilinmaydi.
Yoʻl harakati qoidalari buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot jarima solish haqida qaror chiqarishga vakolatli boʻlgan shaxsga yoʻl harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soat ichida yuborilmagan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi.
Tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signallar bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga ularning toʻsiqsiz oʻtib ketishi uchun yoʻl bergan transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar foto- va videoqayd etishning maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, haydovchilarning maʼmuriy huquqbuzarligi oxirgi zarurat holatlarda sodir etilgan deb topiladi va maʼmuriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi.
172-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun shaxslarning maʼmuriy javobgarligi
Ushbu Kodeks 22710-moddasining ikkinchi qismida va 22713-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, deklarant yoxud uning ishonchli vakili maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Ushbu Kodeks 22716-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, bojxona organi oldidagi majburiyatni oʻz zimmasiga olgan shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Ushbu Kodeks 22722-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, deklaratsiyalovchi shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortiladi, bunda, agar mazkur huquqbuzarlik bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri axborot koʻrsatilganligi oqibatida sodir etilgan boʻlsa, tegishli hujjatlarni va axborotni taqdim etgan deklarant yoxud uning ishonchli vakili maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqishda huquqbuzarlik takroriy sodir etilganligi eʼtiborga olinmaydi, bundan ushbu Kodeks 321-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno.
173-modda. Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun shaxslarning maʼmuriy javobgarligi
Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan, ushbu Kodeks 175-moddasining ikkinchi, uchinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxsning rahbari yoki yakka tartibdagi tadbirkor maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
174-modda. Maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun shaxslarning maʼmuriy javobgarligi
Ushbu Kodeks 70-moddasining birinchi qismida, 701, 72, 77-moddalarida, 79-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 81, 82, 83-moddalarida, 84-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 88-moddasida, 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida, 911-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 92-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, maʼmuriy javobgarlikka huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs yoki transport vositasining mulkdori yoxud mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikning qonunchilikka muvofiq yuridik shaxsga tegishli boʻlgan transport vositasidan foydalanib sodir etilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, maʼmuriy javobgarlikka yuridik shaxsning transport vositasidan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxsi yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi.
Agar maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror ustidan berilgan shikoyatni koʻrib chiqish jarayonida tegishli transport vositasiga huquqbuzarlik qayd etilgan paytda egalik qilgan shaxs aniqlansa yoxud mazkur transport vositasi boshqa shaxslarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari natijasida transport vositasi mulkdorining egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, transport vositasining mulkdori oʻziga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan, maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi.
Tadbirkorlik subyektlari va aholi tomonidan yuborilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar holatlari aks ettirilgan fotosuratlar va videoyozuvlarga tenglashtiriladi.
18-modda. Zaruriy mudofaa
Ushbu Kodeksda yoki maʼmuriy huquqbuzarlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilovchi boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan, lekin zaruriy mudofaa holatida, yaʼni shaxsni yoki mudofaalanuvchining yoxud boshqa shaxsning huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini gʻayrihuquqiy tajovuzlardan shunday tajovuz qilayotgan shaxsga zarar yetkazish yoʻli bilan himoya qilish vaqtida, basharti bunda zaruriy mudofaa chegarasidan chiqib ketilishiga yoʻl qoʻyilmagan boʻlsa, sodir etilgan harakatlar maʼmuriy huquqbuzarlik deb hisoblanmaydi.
19-modda. Oxirgi zarurat
Ushbu Kodeksda yoki boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan, huquqlarga hamda qonun bilan himoya etiladigan manfaatlarga zarar yetkazgan, oxirgi zarurat holatida, yaʼni shaxsga yoki mazkur shaxsning yoxud boshqa shaxsning huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga tahdid etayotgan xavfni, basharti bu xavfni oʻsha holatda boshqacha choralar bilan bartaraf etib boʻlmasa hamda yetkazilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq boʻlsa, bartaraf etish uchun sodir etilgan harakatlar maʼmuriy huquqbuzarlik deb hisoblanmaydi.
20-modda. Aqli norasolik
Gʻayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlik sodir etgan vaqtida aqli norasolik holatida boʻlgan shaxs, yaʼni ruhiy holatining surunkali yoki vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoxud boshqa xil kasallik oqibatida oʻz harakatining (harakatsizligining) ahamiyatini idrok eta olmagan yoki boshqara olmagan shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
21-modda. Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish
Sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik kam ahamiyatli boʻlgan taqdirda, sud huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etib, uni ogohlantirish bilan kifoyalanishi mumkin. Agar maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi boshqa organ (mansabdor shaxs) sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi haqida xulosaga kelsa, ish huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ushbu Kodeksning 3081-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.
211-modda. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qoʻrqitish
Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qoʻllash bilan qoʻrqitish natijasida ushbu Kodeks bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazgan shaxs, agar bunday majburlash yoki qoʻrqitish natijasida shaxs oʻz harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan boʻlsa, maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi.
Ushbu Kodeks bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qoʻllash bilan qoʻrqitish natijasida zarar yetkazganlik uchun maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi masala, agar bunday majburlash yoki qoʻrqitish oqibatida shaxs oʻz harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlab qolgan boʻlsa, ushbu Kodeks 19-moddasining qoidalari inobatga olingan holda hal etiladi.
212-modda. Yarashilganligi munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish
Ushbu Kodeksning 40-moddasida (tuhmat), 41-moddasida (haqorat qilish), 45-moddasida (fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish), 46-moddasida (fuqaroga maʼnaviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni oshkor etish), 461-moddasida (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish), 52-moddasida (yengil tan jarohati yetkazish), 61-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (oz miqdorda talon-taroj qilish), 612-moddasida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 62-moddasida (topib olingan mol-mulkni yashirish), 104-moddasida (ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xoʻjalik ekinlarining dalada toʻplab qoʻyilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yoʻq qilib yuborish, koʻchatlarga shikast yetkazish), 121-moddasida (transport vositalarining ichki jihozlariga shikast yetkazish), 133-moddasida (transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi), 134-moddasida (haydovchilarning yoʻl harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi), 183-moddasida (mayda bezorilik), 200-moddasida (oʻzboshimchalik) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) taraflarning yarashuvi munosabati bilan ishni sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ish materiallarini ushbu Kodeksning 3131-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboradi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni bir yil ichida takroran sodir etgan shaxs tomonlarning yarashuvi munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
III BOB. MAʼMURIY JAZO VA MAJBURLOV CHORASI
22-modda. Maʼmuriy jazoning maqsadi
Maʼmuriy jazo javobgarlikka tortish chorasi boʻlib, u maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek ana shu huquqbuzarning oʻzi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida qoʻllaniladi.
23-modda. Maʼmuriy jazoning turlari
Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun kuyidagi maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin:
1) maʼmuriy ogohlantirish;
2) jarima;
3) maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish;
4) maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni musodara qilish;
5) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish;
6) haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish;
7) maʼmuriy qamoqqa olish;
8) chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish.
Ushbu modda birinchi qismining 1, 3 — 8-bandlarida sanab oʻtilgan maʼmuriy jazo choralari faqat Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanishi mumkin.
24-modda. Asosiy va qoʻshimcha maʼmuriy jazo choralari
Ashyolarni ularning haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish, musodara qilish va maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan) mahrum etish ham asosiy, ham qoʻshimcha maʼmuriy jazo tariqasida, ushbu Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan boshqa maʼmuriy jazo choralari esa faqat asosiy jazo tariqasida qoʻllanilishi mumkin.
Bitta maʼmuriy huquqbuzarlik uchun yo asosiy yoki ham asosiy, ham qoʻshimcha jazo chorasi qoʻllanilishi mumkin.
241-modda. Maʼmuriy ogohlantirish
Maʼmuriy ogohlantirish maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunga xilof xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida ogohlantirgan holda unga rasmiy tanbeh berishdan iboratdir.
Maʼmuriy ogohlantirish yozma (elektron) ravishda qoʻllaniladi.
Maʼmuriy ogohlantirish ushbu Kodeks 125-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1281, 1282, 1286, 1351-moddalarida xamda 138-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs oʻz qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlganda, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, maʼmuriy jazo chorasini koʻllashga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan qoʻllaniladi.
Maʼmuriy ogohlantirish jazo chorasi ayni bir shaxsga nisbatan bir yil davomida bir martadan ortiq qoʻllanilishi mumkin emas.
25-modda. Jarima
Jarima maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir.
Jarimaning miqdori maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qoʻyilgan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ellikdan bir qismidan, mansabdor shaxslarga esa — oʻndan bir qismidan kam boʻlmasligi kerak.
Fuqaro va xizmatchilarga solinadigan jarimaning eng koʻp miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oshmasligi kerak. Baʼzi huquqbuzarliklar uchun bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.
26-modda. Haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish
Maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish shu ashyoni majburiy tarzda tortib olib, uni keyinchalik sotib yuborish hamda sotishdan tushgan pulni ashyoning sobiq egasiga tortib olingan ashyoni sotish xarajatlarini chegirib tashlagan holda topshirishdan iboratdir.
Oʻqotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning oʻq-dorilarini haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish asosiy tirikchilik manbai ovchilik boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin emas.
Ashyoni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish chorasini qoʻllanish tartibi va tortib olinadigan ashyolarning turlari ushbu Kodeks va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.
27-modda. Musodara qilish
Maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli boʻlgan ashyoni yoki maʼmuriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilish mazkur ashyoni haq toʻlamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga oʻtkazishdan iborat boʻlib, ushbu chora jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan qoʻllaniladi. Huquqbuzarning shaxsiy mulki boʻlmagan ashyo musodara qilinishi mumkin emas, muomaladan chiqarilgan ashyolar bundan mustasno.
Oʻqotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning oʻq-dorilarini, boshqa ov qurollarini musodara qilish asosiy tirikchilik manbai ovchilik boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin emas.
Musodara qilish chorasini qoʻllanish tartibi ushbu Kodeks va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.
28-modda. Maxsus huquqdan mahrum qilish
Muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan uch yilgacha muddatga qoʻllaniladi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati oʻn besh kundan kam boʻlmasligi kerak, bundan ushbu Kodeksning 341-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Nogironligi sababli transport vositalaridan foydalanadigan shaxslarga nisbatan transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi qoʻllanilishi mumkin emas, ushbu Kodeks 131-moddasining birinchi qismida, 136-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilgan hollar bundan mustasno.
Asosiy tirikchilik manbai ovchilik boʻlgan shaxslarga nisbatan ov qilish huquqidan mahrum etish chorasi qoʻllanilishi mumkin emas.
281-modda. Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish
Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish huquqbuzarni ijtimoiy foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy ravishda jalb etishdan iborat boʻlib, u sudlar tomonidan sakkiz soatdan ikki yuz qirq soatgacha boʻlgan muddatga tayinlanadi. Agar huquqbuzar oʻqiyotgan boʻlsa, jamoat ishlari oʻqishdan boʻsh vaqtda bajariladi.
Huquqbuzarlar haq toʻlanadigan jamoat ishlarini oʻtashi mumkin boʻlgan joylar (obyektlar) va haq toʻlanadigan jamoat ishlarining turlari mazkur jazoning ijrosini nazorat qiluvchi organlar — ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmalari tomonidan belgilanadi.
Haq toʻlanadigan jamoat ishlari pensiya yoshiga yetgan shaxslarga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga, homilador ayollarga, uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga, doimiy ishga ega shaxslarga, harbiy xizmatchilarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslar ish haqining ellik foizi aliment majburiyatlari boʻyicha qarzni toʻlashga yoʻnaltiriladi.
Huquqbuzar jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan taqdirda, sud haq toʻlanadigan jamoat ishlarining oʻtalmagan muddatini haq toʻlanadigan jamoat ishlarining toʻrt soati uchun maʼmuriy qamoqning bir kuniga teng jazo bilan yoxud haq toʻlanadigan jamoat ishlarining sakkiz soati uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravariga teng jarima bilan almashtiradi. Bunda maʼmuriy qamoqning muddati oʻn besh sutkadan, jarimaning miqdori esa bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oshmasligi kerak.
Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlanilgan vaqt jazoning oʻtalgan muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi.
29-modda. Maʼmuriy qamoqqa olish
Maʼmuriy qamoqqa olish uch sutkadan oʻn besh sutkagacha muddatga, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun — oʻttiz sutkagacha muddatga qoʻllaniladi. Maʼmuriy qamoqqa olish jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan, favqulodda holat tartibi sharoitida esa, shuningdek harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshligʻi tomonidan belgilanadi.
Maʼmuriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi boʻlgan ayollarga, oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan bolasini yakka oʻzi tarbiyalayotgan shaxslarga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin emas.
291-modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish
Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish ularning Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi keyinchalik bir yildan uch yilgacha muddatga cheklangan holda, majburiy yoki nazorat ostida mustaqil ravishda chiqib ketishidan iborat. Maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan qoʻllaniladi.
Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish ushbu Kodeksning 512, 518, 519, 56, 57, 58-moddalarida, 611-moddasi birinchi qismida, 94, 1651, 1842, 1843, 189, 1891, 201, 2021-moddalarida, 2241-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 225-moddasi yettinchi va sakkizinchi qismlarida, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda qoʻllanilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tartibda chiqarib yuborish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga aliment toʻlash boʻyicha majburiyatlarga ega boʻlgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
292-modda. Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash
Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzishga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan tegishli tibbiy asoslar mavjud boʻlgan taqdirda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan karantinda saqlash yoki davolanish tarzidagi tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilishi mumkin.
Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi oʻttiz sutkagacha boʻlgan muddatda maʼmuriy jazo tayinlash bilan birga qoʻllaniladi hamda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilangan joylarda ijro etiladi.
Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasining ijrosi davlat sanitariya nazorati, ichki ishlar va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari tomonidan taʼminlanadi.
IV bob. MAʼMURIY JAZONING QOʻLLANILISHI
30-modda. Maʼmuriy jazo qoʻllanilishining umumiy qoidalari
Maʼmuriy huquqbuzarlik uchun jazo ushbu Kodeks va boshqa normativ hujjatlarda belgilab qoʻyilgan doirada va tartibda qoʻllaniladi.
Jazoni qoʻllanish chogʻida sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyati, huquqbuzarning shaxsi, uning aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarlikni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar hisobga olinadi.
31-modda. Maʼmuriy javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar
Maʼmuriy javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) aybdorning oʻz qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlishi;
2) aybdorning huquqbuzarlikning zararli oqibatlari oldini olishi, yetkazilgan ziyonni ixtiyoriy ravishda toʻlashi yoki keltirilgan zararni bartaraf qilishi;
3) huquqbuzarlikning kuchli ruhiy hayajon taʼsiri ostida yoki ogʻir shaxsiy, oilaviy yoxud boshqa sharoitlar yuzaga kelganligi oqibatida sodir etilishi;
4) huquqbuzarlikning tahdid yoki majburlov taʼsirida yoxud xizmat yuzasidan, moddiy yoki boshqa jihatdan qaramligi taʼsiri ostida sodir etilishi;
5) huquqbuzarlikning voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilishi;
6) huquqbuzarlikning homilador ayol yoki oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan bolasini yakka oʻzi tarbiyalayotgan shaxs tomonidan sodir etilishi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) boshqa holatlarni ham javobgarlikni yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.
32-modda. Maʼmuriy javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holatlar
Maʼmuriy javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) gʻayrihuquqiy harakatlarni toʻxtatish vakolati bor shaxslar tomonidan qoʻyilgan talabga qaramay, bunday harakatlarni davom ettirish;
2) maʼmuriy jazo chorasiga tortilgan shaxsning bir yil mobaynida yana oʻsha xildagi huquqbuzarlikni sodir etishi, xuddi shuningdek huquqbuzarlikning ilgari sudlangan shaxs tomonidan sodir etilishi;
3) voyaga yetmagan shaxsni huquqbuzarlikka tortish;
4) huquqbuzarlikning bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilishi;
5) huquqbuzarlikning tabiiy ofat sharoitida yoki boshqa favqulodda holatlarda sodir etilishi;
6) huquqbuzarlikning mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida sodir etilishi. Maʼmuriy jazo chorasini qoʻllanuvchi organ (mansabdor shaxs) sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlikning xususiyatiga qarab mazkur holatni aybni ogʻirlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin.
33-modda. Yengilroq maʼmuriy jazo chorasining qoʻllanilishi
Sud maʼmuriy jazo chorasini qoʻllayotganda javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda sabablar va asoslarni albatta koʻrsatib, ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi moddalarning sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo yoki ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa yanada yengil jazo chorasini qoʻllashi mumkin. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi boshqa organ (mansabdor shaxs) javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda, yengilroq maʼmuriy jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun ishni ushbu Kodeksning 3081-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboradi.
34-modda. Bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllanish
Bitta shaxs ikki yoki undan ortiq maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan taqdirda, maʼmuriy jazo har bir huquqbuzarlik uchun alohida-alohida qoʻllaniladi.
Basharti shaxs bir necha maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan boʻlib, shu haqdagi ishlar bir vaqtning oʻzida ayni bir organ (mansabdor shaxs) tomonidan koʻrib chiqilayotgan boʻlsa, bu shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan uzil-kesil jazo ogʻirroq maʼmuriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya doirasida qoʻllaniladi.
Basharti shaxs ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi bir necha modda bilan maʼmuriy javobgarlik belgilangan va ular toʻgʻrisidagi ishlarni har xil organ (mansabdor shaxs) koʻradigan harakat (harakatsizlik) sodir etgan boʻlsa, unga nisbatan jazo ogʻirroq maʼmuriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya doirasida qoʻllaniladi.
Basharti shaxs ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi tegishli modda bilan maʼmuriy javobgarlik nazarda tutilgan harakatni (harakatsizlikni) voyaga yetmagan shaxsni maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilgan holda (ushbu Kodeksning 1881-moddasi) sodir etgan boʻlsa, ish materiallari koʻrib chiqish uchun sudga topshiriladi.
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda asosiy jazoga sodir etilgan huquqbuzarliklardan istalgan bittasi uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi moddalarda nazarda tutilgan qoʻshimcha jazo choralaridan biri qoʻshilishi mumkin.
341-modda. Yoʻl harakati qoidabuzarliklari boʻyicha hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan oshganligi uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilishi
Ushbu Kodeksning 125-moddasi uchinchi va beshinchi qismlarida, 126-moddasida, 127-moddasi birinchi qismida, 1283-moddalarida, 1284-moddasi ikkinchi qismida, 1285, 1286, 1288, 1289, 129, 130-moddalarida, 137-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganligi uchun transport vositasining haydovchisiga nisbatan mazkur moddalarda nazarda tutilgan asosiy jazo bilan birga jarima ballari hisoblanadi. Bunda sodir etilgan har bir huquqbuzarlik uchun hisoblanadigan jarima balining eng yuqori miqdori ikki balldan oshmasligi kerak.
Jarima ballari ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklardan biri birinchi marta sodir etilgan kundan eʼtiboran bir yil davomida hisoblab boriladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun hisoblangan jarima ballari bir yil oʻtgach transport vositasining haydovchisidan avtomatlashtirilgan tarzda yechiladi.
Hisoblangan jarima ballari bir yil davomida oʻn ikki balldan oshgan hollarda, oxirgi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeksning 24 va 28-moddalariga muvofiq qoʻshimcha jazo tariqasida haydovchi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati olti oydan kam boʻlmasligi kerak.
Yoʻl harakati qoidabuzarliklari boʻyicha hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan oshganligi uchun maʼmuriy jazo jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan qoʻllaniladi.
Transport vositasining haydovchisiga nisbatan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini hisoblash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
35-modda. Maʼmuriy qamoq va maxsus huquqdan mahrum etish muddatlarini hisoblash
Maʼmuriy qamoq muddati sutkalar bilan, maxsus huquqdan mahrum etish muddati esa — kunlar, oylar, yillar bilan hisoblanadi.
36-modda. Maʼmuriy jazo qoʻllanish muddatlari
Maʼmuriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab, davom etayotgan huquqbuzarliklar uchun esa, huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab bir yildan kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin.
Jinoyat ishini qoʻzgʻatish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan boʻlsa-yu, lekin huquqbuzarning harakatlarida maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud boʻlsa, maʼmuriy jazo chorasi jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida, agar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar oʻtmagan boʻlsa, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin.
Yoʻl harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan hollarda maʼmuriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay, maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda esa huquqbuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran bir yildan kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin.
Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ashyolarni bojxona munosabatlarini tartibga soladigan qonunchilik asosida musodara qilish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
37-modda. Tugaganidan soʻng shaxs maʼmuriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadigan muddat
Basharti maʼmuriy jazoga tortilgan shaxs shu jazoni oʻtash muddati tugagan kundan boshlab bir yil mobaynida yangi maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etmagan boʻlsa, mazkur shaxs maʼmuriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi.
38-modda. Yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini yuklash
Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida keltirilgan zararni qoplashi shart.
Basharti maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etish oqibatida jismoniy shaxsga, korxona, muassasa, tashkilotga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki davlatga yetkazilgan mulkiy zarar belgilab qoʻyilgan bazaviy hisoblash miqdoridan koʻp boʻlmasa, organ (mansabdor shaxs) jazo qoʻllanish paytida aybdor bu zararni qoplashi toʻgʻrisidagi masalani ham hal etishga haqlidir, jinoyat ishlari boʻyicha sud esa — bu masalani yetkazilgan zarar miqdoridan qatʼi nazar hal qilaveradi.
Boshqa hollarda maʼmuriy huquqbuzarlik natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplash fuqarolik-huquqiy tartibida hal qilinadi.
39-modda. Bajarilmaganligi uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilgan vazifani ijro etish
Maʼmuriy jazoni qoʻllanish maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni bajarilmaganligi uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilgan vazifani bajarishdan ozod etmaydi.
MAXSUS QISM
V bob. FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARIGA TAJOVUZ QILADIGAN HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN MAʼMURIY JAVOBGARLIK
40-modda. Tuhmat
Tuhmat, yaʼni bila turib yolgʻon, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
41-modda. Haqorat qilish
Haqorat qilish, yaʼni shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
411-modda. Shahvoniy shilqimlik qilish
Shahvoniy shilqimlik qilish, yaʼni shaxsga nisbatan uning uchun nomaqbul boʻlgan hamda uning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, shaxsning tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda, teginishda, chaqirishda ifodalangan, shahvoniy xususiyatga ega boʻlgan harakatlarni bir marta qoʻpol ravishda yoki bir necha marta sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
42-modda. Davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Fuqarolarning tarbiya va taʼlim berishda tilni erkin tanlashdan iborat huquqlarini buzish, tildan foydalanishda toʻsqinlik qilish va cheklash, davlat tilini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi boshqa millatlar va elatlarning tillarini mensimaslik —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
43-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
44-modda. Hujjatlar bilan tanishib chiqishni asossiz ravishda rad etish
Fuqaroga uning huquq va manfaatlariga daxldor boʻlgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishni asossiz ravishda rad etish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
45-modda. Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish
Turar joyga unda istiqomat qiluvchilarning xohish-irodasiga xilof ravishda noqonuniy tarzda kirish, mansabdor boʻlmagan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
46-modda. Fuqaroga maʼnaviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni oshkor etish
Tibbiy yoki tijorat sirlarini, yozishma va boshqa xabarlar, notarial harakatlar, bank operatsiyalari va jamgʻarmalar sirlarini, xuddi shuningdek fuqaroga, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga maʼnaviy yoxud moddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlarni oshkor etish, basharti ushbu Kodeksning 461-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud boʻlmasa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
461-modda. Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish
Shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yigʻish yoki tarqatish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
462-modda. Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Shaxsga doir maʼlumotlarni qonunga xilof ravishda yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yoʻq qilish, xuddi shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berilayotganda jisman Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsga doir maʼlumotlar bazalarida shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻishga, tizimlashtirishga va saqlashga oid talablarga rioya etmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan xolda shaxsga doir maʼlumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berish, ularni ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish, —
maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
47-modda. Bolalarni tarbiyalash, ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, tarbiya va taʼlim berish jarayonida ularga nisbatan zoʻravonlik sodir etish
Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Taʼlim tashkilotida voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlar oʻz zimmasiga yuklatilgan shaxs tomonidan tarbiya va taʼlim berish jarayonida voyaga yetmagan bolaga nisbatan jismoniy zoʻravonlik sodir etish, shuningdek uni kamsitish yoki xoʻrlash kabi harakatlarda ifodalangan tarzda tahqirlash, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud boʻlmasa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan oʻz bolasini qonunga xilof ravishda diniy taʼlim olishga jalb etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Bolalarning majburiy umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan toʻsqinlik qilish —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
471-modda. Yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaslik
Yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shunday bolalar turgan muassasa rahbari yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsi tomonidan vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaslik, xuddi shuningdek ular tomonidan yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar haqida atayin notoʻgʻri maʼlumotlar berish —
mansabdor shaxsga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
472-modda. Yetim bolalarni yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni muqobil joylashtirishda qonunchilik talablarini buzish
Yetim bolalarga yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga vasiylik va homiylik belgilashda, ularni farzandlikka, tutingan (foster) oilaga berishda yoxud ularga yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun muqobil joylashtirishning boshqa shakllarini belgilashda qonunchilik talablarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
473-modda. Nikoh yoshi toʻgʻrisidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish
Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar oʻrtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
474-modda. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash
Moddiy yordamga muhtoj boʻlgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash, yaʼni ularni moddiy jihatdan taʼminlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrugʻiga binoan undirilishi lozim boʻlgan mablagʻni jami boʻlib ikki oydan ortiq muddat mobaynida toʻlamaslik, —
oʻn besh sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga yoki bir yuz yigirma soatgacha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etishga yoxud ushbu Kodeksga muvofiq maʼmuriy jazolarning mazkur turlari qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish jarayonida aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda toʻlagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
475-modda. Ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash
Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj boʻlgan ota-onani yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlashi, yaʼni ularni moddiy jihatdan taʼminlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim boʻlgan mablagʻni jami boʻlib ikki oydan ortiq muddat mobaynida toʻlamaslik, —
oʻn besh sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga yoki bir yuz yigirma soatgacha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etishga yoxud ushbu Kodeksga muvofiq maʼmuriy jazolarning mazkur turlari qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish jarayonida aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda toʻlagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
476-modda. Bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlgan bolani ota, ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bolaning chet davlat hududida nazoratsiz qoldirilganligi haqidagi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda koʻpi bilan oʻttiz kunlik muddat belgilagan holda sud mazkur maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning zimmasiga bolani chet davlat hududidan Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish yoxud huquqbuzarlikni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish majburiyatini yuklatadi. Otaning, onaning yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxsning yoxud hamrohlik qiluvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra mazkur muddat yana oʻttiz kunga uzaytirilishi mumkin.
477-modda. Ota-onaning oʻz voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash boʻyicha majburiyatlarini bajarmasligi
Ota-ona yashash joyida vaqtincha boʻlmaganda yoxud ular oʻz ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaydigan davr uchun voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash boʻyicha majburiyatlarini bajarmasligi, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
478-modda. Ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin boʻlib yashashni targʻib qilish
Ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin boʻlib yashashni targʻib qilish, ushbu mazmundagi qarashlarni, gʻoyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish, shuningdek bunday xatti-harakatlarni ragʻbatlantirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
48-modda. Vasiylik huquqini suiisteʼmol qilish
Vasiylikka olinganning zarariga gʻarazli maqsadlarni koʻzlab vasiylikdan yoki homiylikdan foydalanish yoki uni nazoratsiz va zarur moddiy yordamsiz qoldirish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
49-modda. Mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, bundan bila turib gʻayriqonuniy ishdan boʻshatish mustasno, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
491-modda. Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisidagi talablarni buzish
Voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sogʻligʻiga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan ishlarda foydalanish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
492-modda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
493-modda. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish nafaqalarini toʻlash boʻyicha majburiyatdan boʻyin tovlash
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish nafaqalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlarda toʻlash boʻyicha majburiyatdan boʻyin tovlash, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
494-modda. Xorijiy ishchi kuchini Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish va undan foydalanish tartibini buzish
Xorijiy ishchi kuchini Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish va undan foydalanish tartibini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
50-modda. Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining davlat qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini yaratishga doir qarorlarini bajarmaslik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Mahalliy mehnat organlari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni boʻsh ish oʻrinlari (vakant lavozimlar) mavjud boʻlgani holda asossiz ravishda rad etish, shuningdek ish oʻrinlarining belgilangan eng kam soni hisobidan ish oʻrinlariga ishga joylashtirishni asossiz ravishda rad etish, xuddi shuningdek avval talabnoma berilgan, kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
501-modda. Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Mansabdor shaxs tomonidan xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xususiy bandlik agentliklarining mansabdor shaxslari tomonidan oʻz faoliyati haqidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga taqdim etmaslik, xuddi shuningdek maʼlumotlarni buzib koʻrsatish yoki maʼlumotlarni taqdim etish muddatlarini buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
51-modda. Mehnatga maʼmuriy tarzda majburlash
Mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik taʼlim tashkilotining pedagog xodimiga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
511-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Nogironligi boʻlgan shaxslarga binolardan, inshootlardan, transportdan, axborotdan va aloqa vositalaridan, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlaridan moneliksiz foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek mehmonxonalarning mulkdorlari tomonidan umumiy xonalar fondining kamida bitta xonasini oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay tarzda jihozlash boʻyicha talablarni bajarmaganlik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
V1 bob. SAYLOV VA REFERENDUMNI TASHKIL ETISH HAMDA OʻTKAZISH SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN MAʼMURIY JAVOBGARLIK
512-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish, xuddi shuningdek ularning ishiga toʻsiqlarni yuzaga keltirish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
513-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning qarorlarini ijro etmaslik
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning qarorlarini ijro etmaslik, xuddi shuningdek ularning murojaatlarini koʻrib chiqishni gʻayrihuquqiy ravishda rad etish, ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
514-modda. Nomzodning, ishonchli vakilning, kuzatuvchining yoki siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlarini buzish
Nomzodning, ishonchli vakilning, kuzatuvchining yoki siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlarini buzish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
515-modda. Saylovoldi tashviqotini, referendumga qoʻyilgan masalalar yuzasidan tashviqot olib borish shartlari va tartibini buzish
Saylovoldi tashviqotini, referendumga qoʻyilgan masalalar yuzasidan tashviqot olib borish shartlari va tartibini nomzod, ishonchli vakil, siyosiy partiya vakili, mansabdor shaxs tomonidan buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
516-modda. Nomzodlar, siyosiy partiyalar toʻgʻrisida yolgʻon maʼlumotlarni tarqatish
Saylov natijalariga taʼsir koʻrsatish maqsadida nomzod, siyosiy partiya toʻgʻrisida ataylab yolgʻon maʼlumotlarni eʼlon qilish yoki boshqa usullar orqali tarqatish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
517-modda. Saylovga yoki referendumga tayyorgarlik koʻrish va saylov yoki referendum oʻtkazish jarayonida axborot hamda tashviqot materiallarini qasddan yoʻq qilib yuborish yoki ularga qasddan shikast yetkazish
Binolarga, inshootlarga yoki boshqa joylarga joylashtirilgan axborot, tashviqot materiallarini saylovga yoki referendumga tayyorgarlik koʻrish va saylov yoki referendum oʻtkazish jarayonida qasddan yoʻq qilib yuborish yoki ularga qasddan shikast yetkazish, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
518-modda. Saylovni yoki referendumni moliyalashtirish tartibini buzish
Saylovni yoki referendumni moliyalashtirish tartibini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
519-modda. Jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari taxminlarini chop etish (eʼlon qilish) tartibini buzish
Jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari taxminlarini, shuningdek saylov yoki referendum bilan bogʻliq boshqa tadqiqotlarni chop etish (eʼlon qilish) tartibini buzish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
5110-modda. Saylov (ovoz berish) byulletenlarini berish tartibini buzish
Saylov komissiyasi yoki referendum oʻtkazuvchi komissiya aʼzosi tomonidan fuqarolarga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenlarini berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
5111-modda. Saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablagʻlari toʻgʻrisidagi moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibini buzish
Saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablagʻlari toʻgʻrisidagi oraliq yoki yakuniy hisobotni siyosiy partiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoxud hisobotda bila turib notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
VI bob. AHOLI SOGʻLIGʻINI SAQLASH SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN MAʼMURIY JAVOBGARLIK
52-modda. Yengil tan jarohati yetkazish
Ehtiyotsizlik orqasida yengil tan jarohati yetkazish —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Qasddan yengil tan jarohati yetkazish, bu harakat sogʻliqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha koʻp davom etmaydigan turgʻun tarzda yoʻqotishga olib kelmagan boʻlsa, basharti ushbu Kodeksning 592-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud boʻlmasa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
53-modda. Sanitariya qonunchiligini buzish
Sanitariya qonunchiligini, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
54-modda. Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish
Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz boʻlish —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida shifoxonadagi ichki tartibga rioya etmaslik, davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan oʻtish va davolanish, karantinni oʻtash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud boʻlgan davrda muloqotda boʻlingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
55-modda. Radiatsion xavfsizlikka doir qoidalar, normalar, yoʻriqnomalar va boshqa talablarni buzish
Radiatsion xavfsizlikka doir qoidalar, normalar, yoʻriqnomalar va boshqa talablarni buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
56-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini oz miqdorda gʻayriqonuniy ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini oʻtkazish maqsadini koʻzlamay oz miqdorda gʻayriqonuniy ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, —
giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini musodara qilib, oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoq jazosiga sabab boʻladi.
561-modda. Jamoat joylarida tamaki mahsulotini isteʼmol qilish
Ish joylarida, sogʻliqni saqlash, taʼlim, sport-sogʻlomlashtirish muassasalarida, yongʻin chiqish xavfi boʻlgan joylarda, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida, shu jumladan jamoat transportida tamaki mahsulotini isteʼmol qilish, bundan tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalar mustasno, —
bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Havo kemalarida tamaki mahsulotini isteʼmol qilish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
562-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash, xuddi shuningdek ularni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
563-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, —
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni musodara qilib, oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Agar ushbu moddada nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
564-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini targʻib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash, xuddi shuningdek ularni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
57-modda. Tanosil kasalligi yoki OIV kasalligi/OITS yuqadigan manbani yashirish
Tanosil kasalligiga yoki OIV kasalligi/OITSga uchragan bemorning kasallik yuqtirilgan manbani, shuningdek oʻzi bilan aloqa qilib tanosil kasalligi va OIV kasalligi/OITS yuqishi xavfini tugʻdirgan shaxslarni yashirishi —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
58-modda. Tanosil kasalligiga yoki OIV kasalligi/OITSga uchragan shaxslarning tekshirishdan boʻyin tovlashi
Tanosil kasalligiga yoki OIV kasalligi/OITSga uchraganligi haqida yetarli maʼlumotlar boʻlgan shaxslarning sogʻliqni saqlash organlari tomonidan ogohlantirilganidan keyin ham tekshirishdan boʻyin tovlashi —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
59-modda. OIV kasalligi/OITS yuqqan-yuqmaganligini aniqlash uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek tibbiy va kosmetik muolajalarni oʻtkazishda xavfsizlikni yetarli darajada taʼminlamaganlik
OIV kasalligi/OITS yuqqan-yuqmaganligini aniqlash uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek OIV kasalligi/OITSni yuqtirishga olib keladigan tibbiy va kosmetik muolaja oʻtkazishda xavfsizlikni yetarli darajada taʼminlamaganlik —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
591-modda. Hayoti yoki sogʻligʻi uchun xavfli holatda boʻlgan shaxsga shoshilinch va (yoki) kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishni asossiz ravishda rad etish
Hayoti yoki sogʻligʻi uchun xavfli holatda boʻlgan shaxsga tibbiyot tashkilotlarida qonunga yoki maxsus qoidalarga muvofiq shoshilinch va (yoki) kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishi kerak boʻlgan shaxs tomonidan shunday yordam koʻrsatishni asossiz ravishda rad etish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
592-modda. Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik
Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, taʼlim olish, sogʻliqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqni amalga oshirishga toʻsqinlik qilish, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek ushbu shaxslar sogʻligʻining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni qoʻrqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qoʻyish, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud boʻlmasa, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxsni yoki bolani, shuningdek umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsni doʻpposlash, ushbu shaxslarga sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
593-modda. Psixologik yordam koʻrsatish tartibini buzish
Psixologik yordamni bunday huquqqa ega boʻlmagan shaxs tomonidan koʻrsatish yoxud aholiga psixologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaslik, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud boʻlmasa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
594-modda. Maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini buzish
Maʼrifiy faoliyatni bunday faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan amalga oshirish yoxud maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish boʻyicha qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaslik, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud boʻlmasa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
595-modda. Xalq tabobati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Xalq tabobati sohasida faoliyat olib borish uchun tegishli huquqqa ega boʻlmagan shaxs tomonidan fuqarolarga tibbiy tashxis qoʻyish va ularni davolash xizmatlarini koʻrsatish hamda mazkur xizmatlarni omma oldida targʻib qilish, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xalq tabobati yoʻnalishida ruxsat etilmagan usullarni qoʻllagan holda fuqarolarga tibbiy tashxis qoʻyish va ularni davolash xizmatlarini moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor boʻlish evaziga koʻrsatish, shuningdek mazkur xizmatlarni omma oldida targʻib qilish, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
VII bob. MULKKA TAJOVUZ QILUVCHI HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN MAʼMURIY JAVOBGARLIK
60-modda. Tabiiy resurslarga egalik huquqini buzish
Yerdan, suvdan, oʻsimlik yoki hayvonot dunyosidan oʻzboshimchalik bilan foydalanish yoxud yerga va boshqa tabiiy resurslarga (bundan yer osti boyliklari va yer osti suvlari mustasno) egalik huquqini bevosita yoki yashirin shaklda buzuvchi bitimlar tuzish yoki boshqa harakatlar sodir etish, tabiatdan maxsus foydalanish huquqini boshqalarga berish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”
Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud boʻlmagan holda ulardan foydalanish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash boʻlgan va tutash boʻlmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari, mansabdor shaxslarga esa — toʻrt yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini taʼminlasa va oʻzboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
601-modda. Sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrmaslik
Sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar koʻrilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi oʻzboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti toʻgʻrisida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
61-modda. Oz miqdorda talon-toroj qilish
Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar korxona, muassasa, tashkilotlarning mol-mulkini oʻgʻirlash, oʻzlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiisteʼmol qilish yoki firibgarlik yoʻli bilan oz miqdorda talon-toroj qilish —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yoʻli bilan elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni oʻgʻirlash tarzida sodir etilgan oz miqdorda talon-toroj qilish, shuningdek mulkchilik shaklidan qatʼi nazar korxona, muassasa, tashkilotlarning koʻmir yoqilgʻisini oʻgʻirlash, oʻzlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiisteʼmol qilish yoki firibgarlik yoʻli bilan oz miqdorda talon-toroj qilish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Basharti talon-toroj qilingan mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan oshmasa, bunday talon-toroj oz miqdordagi talon-toroj qilish deb hisoblanadi.
Tijorat maqsadi deganda jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan muayyan faoliyatda foyda yoki daromad olishga qaratilgan maqsad tushuniladi.
611-modda. Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga ogʻdirib olish
Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisiga mazkur xizmatchining oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti xizmatchisining oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisi deganda mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaxs alomatlariga ega boʻlmagan shaxs tushuniladi.
612-modda. Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish
Oʻzganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, oz miqdorni tashkil etsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Oʻzganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish koʻp boʻlmagan miqdorni tashkil etsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Oz miqdor deganda bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan doiradagi, koʻp boʻlmagan miqdor deganda esa, bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha boʻlgan doiradagi miqdor tushuniladi.
62-modda. Topib olingan mol-mulkni yashirish
Topib olingan yoki tasodifan qoʻliga tushib qolgan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan ortiq boʻlgan oʻzganing mol-mulkini yashirish —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
63-modda. Gʻayriqonuniy ov, baliq ovlash mahsulotini, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash mahsulotini qabul qilib olish
Gʻayriqonuniy ov, baliq ovlash mahsulotini, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash mahsulotini tayyorlash yoki qayta ishlash tashkilotining, savdo yoxud umumiy ovqatlanish tashkilotining mansabdor shaxsi tomonidan qabul qilib olish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
64-modda. Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish
Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarining qoʻriqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan oʻzining tarixiy-madaniy qimmatiga koʻra Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros obyektlari hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa obyektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan qurish yoki buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
641-modda. Moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda boʻlish
Moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda boʻlish, yaʼni yozuvlar yozish, rasmlar chizish yoʻli bilan ularni tahqirlash yoki ularga shikast yetkazish, moddiy madaniy meros obyektlarini, shu jumladan ularning tarixiy, ilmiy, badiiy yoxud oʻzgacha madaniy qimmatiga dogʻ tushiruvchi yoki ularni masxara qiluvchi harakatlarni sodir etish, xuddi shuningdek moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan jamoat tartibini buzuvchi harakatlarni sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan oz miqdorda zarar yetkazgan huquqbuzarlikni sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan, koʻp boʻlmagan miqdorda zarar yetkazgan huquqbuzarlikni sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
oʻn besh sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq oʻziga nisbatan maʼmuriy qamoqqa olish qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Oz miqdordagi zarar deganda bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan doiradagi, koʻp boʻlmagan miqdordagi zarar deganda bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha boʻlgan doiradagi miqdor tushuniladi.
VIII BOB. EKOLOGIYA, ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH VA TABIATDAN FOYDALANISH SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN MAʼMURIY JAVOBGARLIK
65-modda. Yerlardan xoʻjasizlarcha foydalanish yoki ularni yaroqsiz holga tushirish
Yerlardan xoʻjasizlarcha foydalanish, obyektlar qurish paytida unumdor qatlamni olmaslik, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga nomuvofiq foydalanish, yerlarni foydalanishdan chiqarishga, hosildorlik pasayishiga, tuproqning buzilishi yoki yoʻq boʻlib ketishiga olib keladigan boshqa harakatlarni sodir etish, shuningdek tanazzulga yuz tutgan qishloq xoʻjaligi yerlarini konservatsiyalashning belgilangan tartibini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ikkilamchi ijaraga olgan ijarachilar tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi qonunchilikka muvofiq qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish belgilangan maydonlarida va muddatlarda maqbul ekin ekilmaganligi, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Yerga egalik qiluvchilar, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan bir gektargacha maydonga ega yer uchastkasida sugʻoriladigan yerlarni yaxshilash hamda muhofaza qilish, shu jumladan yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq oqilona foydalanilishini, tuproqning qayta tiklanishini va hosildorligi oshirilishini taʼminlash boʻyicha majburiyatlarning bajarilmasligi, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Yerga egalik qiluvchilar, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan bir gektardan ortiq maydonga ega yer uchastkasida sugʻoriladigan yerlarni yaxshilash hamda muhofaza qilish, shu jumladan yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq oqilona foydalanilishini, tuproqning qayta tiklanishini va hosildorligi oshirilishini taʼminlash boʻyicha majburiyatlarning bajarilmasligi, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Qishloq xoʻjaligi va boshqa yerlarni yaroqsiz holga tushirish, ularni ishlab chiqarish chiqitlari va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar hamda oqova suvlar bilan ifloslantirish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
66-modda. Yer berish tartibini buzish
Yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer yoki dehqon xoʻjaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat koʻrsatish, jamoa bogʻdorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga toʻsqinlik qilish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
67-modda. Vaqtincha egallab turilgan yer uchastkalarini oʻz vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holga keltirmaslik
Vaqtincha egallab turilgan yer uchastkalarini oʻz vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holga keltirish yuzasidan majburiyatlarni bajarmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
68-modda. Yer tuzish loyihalaridan oʻzboshimchalik bilan chetga chiqish
Tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat boʻlmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari, mansabdor shaxslarga esa — besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
681-modda. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Fuqarolar tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga turar joyga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
682-modda. Davlat kadastrlarini yuritish qoidalarini buzish
Davlat kadastrlarini yuritish boʻyicha vakolatli organlarning mansabdor shaxslari tomonidan tegishli davlat kadastrlarini yuritish qoidalarini buzish, shuningdek Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun davlat kadastrlarining axborotini taqdim etishdan boʻyin tovlash yoki notoʻgʻri axborotni taqdim etish —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
69-modda. Chegara belgilarini, geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yoʻq qilish yoki shikastlantirish
Egalikdagi, foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini, geodezik punktlarni va oʻrmonlardagi cheklov belgilarini yoʻq qilish yoki shikastlantirish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
70-modda. Yer osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish talablarini buzish
Foydali qazilmalar joylashgan maydonlarga oʻzboshimchalik bilan imoratlar qurish, foydali qazilma konlarini ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda kon nazorati organlari bilan kelishmay turib ishga solish, yer osti boyliklaridan foydalanish talablari va tartibini buzish (bundan foydali qazilmalarni litsenziyasiz qazib olish mustasno), yer qaʼridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi talablarini buzish, yer osti boyliklarini muhofaza qilish qoidalarini va tabiiy muhitni, binolar va inshootlarni yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarning zararli taʼsiridan muhofaza qilish talablarini bajarmaslik, yer osti suvlari rejimini kuzatish uchun qazilgan quduqlarni, marksheyderlik va geologik belgilarni yoʻq qilish yoki shikastlantirish, xuddi shuningdek umumtarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish qoidalarini yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar tomonidan buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Konlarning boy uchastkalarini tanlab ishlatish, mineral xom ashyoni qazib olayotganda va qayta ishlashda foydali qazilmalarni normativdan ortiq nobud qilish, foydali qazilma konlarini yaroqsiz holga keltirish va foydali qazilma zaxiralaridan oqilona foydalanish talablarini boshqacha tarzda buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Marksheyderlik hujjatlarini yoʻqotish, tugatilayotgan yoki konservatsiya qilinayotgan konlarni va burgʻilangan quduqlarni aholining xavfsizligini taʼminlovchi holatga keltirib qoʻyish talablarini, shuningdek konservatsiya vaqtida konlarni, qazilayotgan joylarni va burgʻilangan quduqlarni muhofaza etish talablarini bajarmaslik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
701-modda. Daryolarning oʻzanlarini tozalashga va qirgʻoqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzish
Daryolarning oʻzanlarini tozalashga va qirgʻoqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli boʻlgan ashyoni yoki maʼmuriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
702-modda. Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish
Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish, bundan yer osti suvlari va daryolar oʻzanlarida joylashgan foydali qazilmalar mustasno, —
maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli boʻlgan ashyoni yoki maʼmuriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
71-modda. Yer osti boyliklarini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini olib borish qoidalari va talablarini buzish
Yer osti boyliklarini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini olib borish qoidalari va talablarini topilgan foydali qazilmalar zaxiralariga yoki foydali qazilmalar qazib olish korxonalari, shuningdek foydali qazilmalar qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish sharoitlariga notoʻgʻri baho berilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan tarzda buzish, yer osti boyliklarini keyingi geologik jihatdan oʻrganishda va konlarni ishga solishda zarur boʻlgan geologik hujjatlarni, foydali qazilma namunalari dublikatlarini va kernlarini yoʻqotib qoʻyish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
72-modda. Suv resurslarini muhofaza qilish qoidalarini buzish
Suvlarni ifloslantirish yoki bulgʻatish, suvtoʻplagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, shuningdek suv obyektlariga oqindi suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Korxonalar, kommunal va boshqa obyektlarni suvlarning ifloslanishi va bulgʻanishi yoki ularning zararli oqibatlari oldini oluvchi inshootlar va qurilmalarsiz foydalanishga topshirish, shuningdek suv obyektlarining tabiiy holatini buzuvchi boshqa harakatlar qilish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Suv quduqlarini qazishning belgilangan qoidalarini va texnologiyasini buzish (bundan jismoniy shaxslarning oʻz ehtiyojlari uchun, shu jumladan tomorqa yer uchastkalarini sugʻorish uchun yer osti suvlarini yakka tartibda olishga moʻljallangan quduqlarni qazish hollari mustasno), ishlatilayotgan va kuzatuv quduqlarini yoʻq qilib yuborish yoki shikastlantirish, suv oʻzi chiqadigan quduqlarni ularni tartibga soladigan qurilmalar bilan jihozlashga, shuningdek ishlatishga yaroqsiz quduqlarni konservatsiyalashga yoki yoʻq qilishga doir choralarni koʻrmaslik, sifatli yer osti suvlari hosil boʻladigan tegrada yer osti suvlari ifloslanishining yoki sifati yomonlashishining manbai boʻlib qolishi mumkin boʻlgan sanoat, qishloq xoʻjaligi inshootlarini va boshqa obyektlarni joylashtirish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan oʻttiz besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
74-modda. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalarini buzish
Tabiiy suv oqimlari (jilgʻalar, soylar, daryolar va boshqalar), suv havzalari (koʻllar, dengizlar) va boshqa tabiiy suv obyektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalarini, suv olish limitlarini buzish, suvlarning hamda suv obyektlarining holatiga taʼsir koʻrsatuvchi gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni oʻzboshimchalik bilan bajarish, shuningdek aholi punktlaridagi va tuman (shahar) markazlaridagi ariqlarni, irrigatsiya tizimlarini koʻmib tashlash loyihada nazarda tutilgan baliqlarni muhofaza qilish inshootlari va qurilmalari boʻlmagan holda ulardan suv olishni amalga oshirish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Sunʼiy suv oqimlari (ochiq va yopiq kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari), suv havzalari (suv omborlari, sel suvlari toʻplanadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) hamda boshqa sunʼiy suv obyektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalarini buzish, yaʼni suvdan xoʻjasizlarcha foydalanish, suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni oʻzboshimchalik bilan bajarish, suv obyektlaridan belgilangan suv olish limitlari, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Yer osti suvli qatlamlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalarini, yer osti suvli qatlamlaridan suv olish limitlarini buzish, yer osti suvlaridan oʻzboshimchalik bilan suv olish, yer osti suvlariga quduqni qonunga xilof ravishda burgʻilash, bundan jismoniy shaxslarning oʻz ehtiyojlari, shu jumladan tomorqa yer uchastkalarini sugʻorish uchun suvdan umumiy foydalanishi mustasno, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining olti baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma bir baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
75-modda. Suvlarning davlat hisobini yuritish qoidalarini buzish
Suv obyektlaridan olinadigan va ularga quyiladigan suv miqdorining dastlabki hisobini yuritish va oqib kelib qoʻshilayotgan suvlar sifatini aniqlash qoidalarini buzish, shuningdek davlat suv kadastri yuritishning belgilangan tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
76-modda. Suv xoʻjaligi obyektlari va qurilmalarini shikastlantirish, ulardan foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Suv xoʻjaligi inshoootlari va qurilmalarini shikastlantirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Suv xoʻjaligi obyektlari va qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
77-modda. Oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish qoidalarini buzish
Oʻrmon fondi yerlarida pichanzorlar va yaylovlarni shikastlantirish, oʻzboshimchalik bilan pichan oʻrish, drenaj tizimlarini va yoʻllarni yoʻq qilish yoki shikastlantirish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Oʻrmon fondi yerlarida chorva mollarini oʻtlatish qoidalarini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
771-modda. Qonunga xilof ravishda oʻrmon fondi yerlarini berish va ularda bino-inshootlar qurish
Qonunga xilof ravishda oʻrmon fondi yerlarini berish yoki ularda bino-inshootlarni qurish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
78-modda. Kesiladigan oʻrmon fondidan foydalanish tartibini buzish
Kesiladigan oʻrmon fondidan foydalanish, yogʻoch tayyorlash va tashib olib ketish tartibini, shuningdek oʻrmon kesish chiptasi (orderi)da yoki oʻrmon chiptasida belgilangan boshqa talablarni buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
79-modda. Daraxtlarni, butalarni, boshqa oʻsimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish
Daraxtlarni, butalarni, boshqa oʻsimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Oʻz hududida binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chogʻida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qoʻllagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa oʻsimliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish yoki yoʻq qilish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz besh baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oltmish baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etish quroli boʻlgan ashyoni yoki maʼmuriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan yoki oʻzlariga biriktirilgan hududlarda daraxtlarni muhofaza qilish va saqlashga doir qonunchilikda belgilangan choralarni koʻrmaganlik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, kundakov qilishga, shikastlantirishga yoki yoʻq qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
791-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlarini yigʻish, tayyorlash va ulardan foydalanish tartibi hamda shartlarini buzish
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun yigʻish hamda tayyorlashning, shuningdek oʻsimlik dunyosi obyektlaridan madaniy-maʼrifiy, oʻquv-tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanishning belgilangan tartibini hamda shartlarini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
80-modda. Oʻrmonlarni tiklash qoidalarini buzish
Oʻrmonlarni tiklash, ularning holatini va turi tarkibini yaxshilashga, ularning mahsuldorligini oshirishga, shuningdek yetilgan yogʻoch zaxiralaridan foydalanishga oid qoidalar va yoʻriqnomalarni buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
81-modda. Qizil kitobga kiritilgan oʻsimliklarni yigʻish
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimliklarni yoki ularning yashash faoliyati natijasida hosil boʻlgan ildizlari, piyozboshlari, tanalari, poyalari, novdalari, poʻstlogʻi, barglari, gʻunchalari, gullari, urugʻlari, mevalari, sharbatini (yelimini) va boshqa mahsulotlarini oʻzboshimchalik bilan yigʻish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
82-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzish
Davlat qoʻriqxonasi rejimini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, tabiat bogʻlari, davlat tabiat yodgorliklari, ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlar, muhofaza etiladigan landshaftlar shu jumladan suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlar, davlat biosfera rezervatlari hamda davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
83-modda. Oʻrmon uchun foydali faunani yoʻq qilib yuborish
Oʻrmon uchun foydali faunani yoʻq qilib yuborish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
84-modda. Oʻrmonlarda yongʻin xavfsizligi talablarini buzish
Oʻrmonlarda yongʻin xavfsizligi talablarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etish, agar yongʻin chiqishiga olib kelgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
85-modda. Ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash, unga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish yoki atmosfera havosidan belgilangan talablarni buzgan holda foydalanish
Ifloslantiruvchi moddalarni va biologik organizmlarni yoʻl qoʻyiladigan normativdan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarib tashlash; atmosfera havosiga yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori normativdan ortiq darajada zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish; maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarib tashlash; qonunchilikka muvofiq maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatini olish talab etiladigan hollarda bunday ruxsatni olmay turib atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish, xuddi shuningdek noqulay meteorologik sharoit davrida atmosferaning ifloslanganlik darajasi ortib ketishiga sabab boʻluvchi ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarib tashlashni kamaytirish chora-tadbirlarini toʻliq hajmda bajarmaganlik; bunday moddalarni yoppasiga chiqarib tashlashlarning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirmaslik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun atmosfera havosidan belgilangan normativlardan ortiqcha foydalanish, xuddi shuningdek atmosfera havosidan tasdiqlangan normativlarsiz yoki maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz foydalanish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
851-modda. Qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik
Oʻlchami besh yuz kvadrat metr va undan ortiq boʻlgan qurilish maydonida, unga tutash boʻlgan hududda hamda undan chiqish yoʻllarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoxud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yoʻl qoʻyish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
86-modda. Atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash inshootidan foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek undan foydalanmaslik
Atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash uchun oʻrnatilgan inshootlar, uskunalar, apparaturalardan, shuningdek chiqarib tashlanadigan zararli moddalar miqdori va tartibini nazorat qiluvchi vositalardan foydalanish qoidalarini buzish yoki ulardan foydalanmaslik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
861-modda. Ozon qatlamiga zararli taʼsir koʻrsatishning oldini olishga doir talablarni buzish
Obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash, xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish chogʻida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ozonni buzuvchi moddalardan, tarkibida ozonni buzuvchi moddalar mavjud boʻlgan asbob-uskunalar va texnik qurilmalardan foydalanish hamda ularni qoʻllashni tartibga solish choralarini koʻrmaslik, shuningdek ozonni buzuvchi moddalarning hisobini yuritmaslik, ularning ozon uchun xavfsiz moddalar bilan almashtirilishini taʼminlamaslik, ularning atmosfera havosiga chiqarilishiga yoʻl qoʻyish, retsirkulyatsiyani (ozonni buzuvchi moddalardan qayta foydalanish maqsadida ularni birlamchi tozalashni) amalga oshirmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
862-modda. Atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasidan foydalanish talablarini buzish
Avtomatik monitoring stansiyalarini, shuningdek chang-gaz tozalash qurilmalarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik, Atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga avtomatik monitoring stansiyalarini integratsiya qilmaslik, ushbu bazaga maʼlumotlarni kiritmaslik, oʻz vaqtida yoki toʻliq kiritmaslik, notoʻgʻri maʼlumotlarni kiritish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
87-modda. Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar normativdan ortiq boʻlgan transport va boshqa harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni tayyorlash hamda foydalanishga chiqarish
Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar, shuningdek ishlab turgan vaqtda shovqin va boshqa fizik taʼsir darajasi belgilangan normativdan ortiq boʻlgan avtomobillar, samolyotlar, kemalar va boshqa harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni tayyorlash hamda foydalanishga chiqarish yoxud harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish chogʻida ishlatib chiqarilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalarning tarkibi hamda ular fizikaviy omillarining zararli taʼsiri tegishli normativlarga muvofiqligini tekshirish va tartibga solib turishni taʼminlamaslik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar, shuningdek ishlab turgan vaqtida shovqin darajasi belgilangan normativdan ortiq boʻlgan harakatlanuvchi qurilmalardan foydalanish —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
88-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik
Qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarish chogʻida yonilgʻi moddalarni va qurilish materiallarini bir joyga toʻplashda, ushbu moddalar va materiallarni, shuningdek yoqilgʻi hisoblanmaydigan materiallarni yoqishda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik, maxsus texnik qurilmalarni qoʻllamasdan bitumni eritish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Dala va aholi punktlarida angʻiz, xazon va shox-shabbalarni yoki oʻsimliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish, atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirishga olib kelsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Yoqish uchun moʻljallanmagan joylarda va (yoki) qurilmalarda yoqilgʻini, yoqilgʻi sifatida foydalaniladigan moddalarni yoki moddalar aralashmasini, yoqilgʻi hisoblanmaydigan materiallarni va chiqindilarni ochiq alanga oldirib yoqish, shuningdek issiqxonalarda, ishlab chiqarish binolarida, yondirish uskunalarida yoki boshqa obyektlarda yoqilgʻi sifatida shinalarni, bitumni, mazutni, plyonkani, sintetik kartonni, rezinani, jun tolasini yoqish va shunga oʻxshash komponentlarni oʻz ichiga olgan chiqindilarni yoqish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
89-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalari va boshqa dorilarni shuningdek kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalarni hamda bugʻlanuvchan birikmalarni tashish, saqlash va qoʻllanish qoidalarini buzish
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, ularning oʻsishini tezlashtiruvchi vositalarni, mineral oʻgʻitlarni hamda boshqa dorilarni, shuningdek kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalarni va bugʻlanuvchan birikmalarni tashish, saqlash, ulardan foydalanish, ularni qoʻllash hamda ulardan boʻshagan idishlarni zararsizlantirish qoidalarini tuproqning, suvning, atmosfera havosining ifloslanishiga yoki oʻsimliklar, hayvonot dunyosi yoʻq qilib yuborilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan tarzda buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa yoxud tuproq, suv, atmosfera havosining ifloslanishiga, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga zarar yetishiga olib kelsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
891-modda. Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz boʻlib qolgan kimyoviy moddalarni zararsizlantirish qoidalarini buzish
Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz boʻlib qolgan kimyoviy moddalarni tegishli ruxsatnomasiz, xuddi shuningdek ruxsatnomada koʻrsatilgan shartlarni buzgan holda zararsizlantirish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
90-modda. Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish
Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish, jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan qirq baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — qirq baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi ikki marta qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, –
shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab boʻladi.
Tegishli ruxsati boʻlmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollardan yoki usullardan foydalangan holda ov qilish yoxud baliq ovlash (bundan elektr tokini, portlovchi, kimyoviy moddalarni yoki biologik preparatlarni qoʻllash hollari mustasno), —
shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab boʻladi.
901-modda. Ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollarini yoki vositalarini tayyorlash, olib kirish, saqlash, tashish yoki yuborish, olish yoxud sotish
Ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollarini yoki vositalarini tayyorlash, olib kirish, saqlash, tashish yoki yuborish, olish yoxud sotish, —
huquqbuzarlik quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
huquqbuzarlik quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
91-modda. Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish
Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa yoxud tabiiy muhitga zarar yetkazgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
911-modda. Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni toʻkish
Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni toʻkish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Maishiy va qurilish chiqindilari poligonlariga joylashtirilishi kerak boʻlgan chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli boʻlgan ashyoni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
912-modda. Sanitar tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha talablarni buzish
Sanitar tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha talablarni buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
913-modda. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat qilish tartibini buzish
Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat qilish tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
914-modda. Chiqindilar toʻplash maydonchalaridan va ularning qoʻriqlanmaydigan (modulli) inshootlaridan qayta ishlanadigan toifaga mansub chiqindilarni qonunga xilof ravishda toʻplash va olib chiqib ketish
Chiqindilar toʻplash maydonchalaridan va ularning qoʻriqlanmaydigan (modulli) inshootlaridan qayta ishlanadigan toifaga mansub chiqindilarni qonunga xilof ravishda toʻplash va olib chiqib ketish, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
92-modda. Hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish va ular bilan savdo qilish qoidalarini buzish, xuddi shuningdek hayvonlarni oʻzboshimchalik bilan boshqa joyga koʻchirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirish
Hayvonlar yashaydigan muhitni va ularning koʻchish yoʻllarini muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish, toʻldirish, saqlash, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish qoidalarni, shuningdek hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlarini, zoologik va botanik kolleksiyalarini boshqa joyga joʻnatish va chet elga olib ketish qoidalarini buzish, xuddi shuningdek hayvonlarni oʻzboshimchalik bilan boshqa yerga koʻchirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
921-modda. Saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlash
Yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan saqlash, —
ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, —
ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
93-modda. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklar turlarini saqlashga zarar keltiradi deb topilgan hayvonlar yoki oʻsimliklarni qonunga xilof ravishda olib kelish
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklar turlarini saqlashga zarar keltiradi deb topilgan hayvonlar yoki oʻsimliklarni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
94-modda. Noyob yoki yoʻq boʻlib ketish xavfida turgan hayvonlarni yoʻq qilib yuborish, oʻlja qilish yoxud shunday hayvonlarning qirilib ketishiga, sogʻi kamayib ketishiga yoki yashash muhiti buzilishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa harakatlar sodir etish
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvon turlariga mansub noyob yoki yoʻq boʻlib ketish xavfida turgan hayvonlarni yoʻq qilib yuborish, oʻlja qilish yoxud ularning tuxum, uvildir qoʻyadigan inlarini, boshpanalarini yoʻq qilish, inlarini, uyalarini va boshqa yashash joylarini buzish yoxud shunday hayvonlarning qirilib ketishiga, soni kamayib ketishiga yoki yashash muhiti buzilishiga sabab boʻladigan boshqa harakatlar sodir etish yoxud bunday hayvonlarni ovlash ruxsatnomasida koʻrsatilgan shartlarni buzgan holda oʻlja qilish —
shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli boʻlgan ashyolarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli boʻlgan ashyolarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
95-modda. Tabiiy muhitni tiklash, tabiiy zaxiralarni qayta hosil qilish va tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatish oqibatlarini bartaraf etish choralarini koʻrmaganlik
Tabiiy muhitni tiklash, tabiiy zaxiralarni qayta hosil qilish va tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatish oqibatlarini bartaraf etish choralarini koʻrmaganlik —
fuqarolarning bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
96-modda. Loyihalarni davlat ekologik (sanitariya-ekologik) ekspertizasining ijobiy xulosasisiz roʻyobga chiqarish
Loyihalarni davlat ekologik (sanitariya-ekologik) ekspertizasining ijobiy xulosasisiz yoxud unga rioya qilmagan holda roʻyobga chiqarish, shuningdek bunday xulosasi boʻlmay turib obyektlarni mablagʻ bilan taʼminlash —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
IX bob. SANOATDAGI, QURILISHDAGI VA ISSIQLIK HAMDA ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANISH SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN MAʼMURIY JAVOBGARLIK
97-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi organlari nazorati ostidagi obyektlarda sanoat xavfsizligi talablarini buzish
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi organlari nazorati ostidagi obyektlarda sanoat xavfsizligi talablarini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
971-modda. Istirohat bogʻlarining attraksionlaridan foydalanishda qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzish
Istirohat bogʻlarining attraksionlaridan foydalanishda qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
98-modda. Portlovchi hamda radioaktiv materiallarni (manbalarni) hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini buzish
Sanoatda va Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi organlari nazorati ostidagi boshqa obyektlarda portlovchi hamda radioaktiv materiallarni (manbalarni) hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, normalarini hamda yoʻriqnomalarini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
99-modda. Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Loyihalash, qurilish-montaj ishlari bajarilayotganda talablarni buzish, shuningdek Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining koʻrsatmalarini bajarishdan qasddan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik (bundan 300 kub metrdan ortiq boʻlmagan yashash uchun moʻljallanmagan joylar hamda ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joy qurilish obyektlari mustasno), —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Loyiha tashkiloti tomonidan buyurtmachiga qurilish-montaj ishlari davomida loyihaga muvofiq beriladigan majburiy koʻrsatmalarni toʻliq bajarmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Binokorlik materiallarini, konstruksiyalarini va buyumlarini ishlab chiqarishda texnik reglamentlar talablarini buzish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Qurilishi tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish qoidalarini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish yoki aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga, ularni rejalashtirish va qurish loyihalariga zid ravishda (bosh rejalarda nazarda tutilmagan) binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Obyektlarni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasini yoki Transport nazorati inspeksiyasini xabardor qilmasdan yoxud roʻyxatdan oʻtkazmasdan qurish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Obyektlarni ekspert tashkilotlarning shaharsozlik hujjatlariga doir ijobiy xulosasisiz qurish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning oʻninchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Shaharsozlik hujjatlariga ularda nogironligi boʻlgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha loyihaning alohida boʻlimi (qismi) mavjud boʻlmagan holda yoki shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq boʻlmagan ushbu alohida boʻlim (qism) boʻyicha ekspert tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosa berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Shaharsozlik hujjatlarida nogironligi boʻlgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha loyihaning alohida boʻlimiga (qismiga) amal qilinmagan holda qurilishi tugallangan binolar va inshootlardan foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlari tomonidan ruxsatnoma berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
100-modda. Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash
Mansabdor shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, yaʼni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati boʻlmagan holda toʻliq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qoʻyish, zichlangan havo, suv va issiqlikning muntazam ravishda nobud boʻlishi, energiya bilan taʼminlovchi tashkilotlarning ruxsatisiz xizmat binolari va boshqa binolarni isitish uchun, shuningdek ishlab chiqarish jarayonida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlar uchun elektr energiyasidan foydalanish, yoritish uchun elektr energiyasidan xoʻjasizlarcha foydalanish —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
101-modda. Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoki bunday hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolar hamda inshootlarni elektr energiyasi, issiqlik va gaz taʼminoti tashkilotlari tomonidan elektr, issiqlik va gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulash, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu modda umumiy foydalanishdagi elektr yoki gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish orqali oz miqdorda oʻgʻirlash bilan bogʻliq harakatlar sodir etilganda qoʻllanilmaydi.
102-modda. Elektr tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish
1000 voltgacha kuchlanishli elektr tarmoqlarini (havo, yer osti va suv osti elektr uzatish, kiritma va taqsimlash qurilmalarini) muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlashda uzilishga, elektr tarmoqlarining shikastlanishiga yoki xalq xoʻjaligiga boshqa xil ziyon yetishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
1000 voltdan ortiq kuchlanishli elektr tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlashda uzilishga, elektr tarmoqlarining shikastlanishiga yoki xalq xoʻjaligiga boshqa xil ziyon yetishiga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
103-modda. Gazdan yoqilgʻi yoki xom ashyo sifatida foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan huquqbuzarliklar
Mansabdor shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan gazdan foydalanish qurilmasiga gazni ruxsatsiz ochib berish yoki gaz isteʼmol qilishning belgilangan tartibiga rioya qilmaslik yoxud gazdan foydalanish qurilmalarida gaz sarflashning tasdiqlangan solishtirma normalarisiz gaz sarflash yoki bunday normalardan ortiqcha sarflash —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Mansabdor shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan gazdan foydalanish qurilmalarini gaz sarfini hisobga olmay turib yoki gaz qoʻllanib hosil qilinadigan issiqlik energiyasi va mahsulotlarni hisobga olmay turib ishlatish yoxud gazdan foydalanish qurilmasi loyihasida nazarda tutilgan gaz yonish jarayonini avtomat tarzda boshqarib turuvchi vositalarning, issiqlik texnikasi nazorati asboblarining yoki gazdan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlovchi issiqlikdan foydalanish uskunalarining boʻlmasligi (buzuqligi) —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Gaz isteʼmol qiluvchi korxona, muassasa va tashkilotlar uchun nazarda tutilgan rezerv yoqilgʻi xoʻjaligining ishga tayyor emasligi yoki gazdan foydalanish qurilmalarining belgilangan rezerv yoqilgʻi turlarida ishlashga tayyor emasligi —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
X bob. QISHLOQ XOʻJALIGIDAGI HUQUQBUZARLIK, VETERINARIYA, VETERINARIYA-SANITARIYA QOIDALARI VA NORMALARINI BUZGANLIK UCHUN MAʼMURIY JAVOBGARLIK
104-modda. Ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xoʻjalik ekinlarining dalada toʻplab qoʻyilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yoʻq qilib yuborish, koʻchatlarga shikast yetkazish
Chorva mollar yoki parrandalarning xoʻjalik ekinzorlarini payhon qilishi, qishloq xoʻjalik ekinlarining dalada toʻplab qoʻyilgan hosiliga zarar yetkazishi yoki uni yoʻq qilib yuborishi, koʻchatlarga shikast yetkazishi —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ekinzorlarni yoki koʻchatzorlarni hamma turdagi harakatlanuvchi texnika vositalarida bosib oʻtish —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
1041-modda. Qishloq xoʻjalik ekinlarining navini yangilash va nav joylashtirish tartibini buzish
Qishloq xoʻjalik ekinlarining navini yangilash va nav joylashtirish tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
1042-modda. Qishloq xoʻjaligi mahsulotini va urugʻliklarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish tartibini buzish
Qishloq xoʻjaligi mahsulotini va urugʻliklarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash hamda ulardan foydalanish tartibini, shuningdek agrosanoat majmui sohasida texnologik jarayonlar talablarini buzish —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklariga doir hujjatlarni yuritish qoidalarini buzish yoxud ushbu hujjatlarga urugʻliklarning navlari va ekilish sifatlari toʻgʻrisidagi notoʻgʻri maʼlumotlarni kiritish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
105-modda. Tarkibida giyohvand moddalar boʻlgan ekinlarni qoʻriqlashni taʼminlash choralarini koʻrmaganlik
Tarkibida giyohvand moddalar boʻlgan nasha va moyli koʻknor ekinlarini, mazkur ekinlar hosilini saqlash va qayta ishlash joylarini qoʻriqlash yuzasidan belgilangan tartibni taʼminlash choralarini koʻrmaganlik, shuningdek tarkibida giyohvand moddalar boʻlgan shunday ekinlarning angʻizlari va ishlab chiqarish chiqindilarini yoʻq qilib tashlash choralarini koʻrmaganlik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
106-modda. Yovvoyi nashani yoʻq qilib yuborish choralarini koʻrmaganlik
Tasarrufida yer maydonlari boʻlgan shaxslar tomonidan yovvoyi nashani yoʻq qilib yuborish choralarini koʻrmaganlik —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
107-modda. Oʻsimliklar karantini obyektlariga va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir fitosanitariya talablarini (choralarini) hamda boshqa qoidalarni buzish
Oʻsimliklar karantini obyektlariga va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir fitosanitariya talablarini hamda boshqa qoidalarni karantin ostidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash, realizatsiya qilish va yoʻq qilish chogʻida buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Fitosanitariya choralariga rioya qilmaslik, shu jumladan oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlar tarqalishining oldini olish choralarini koʻrmaganlik —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Oʻz hududida oʻsimliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarni aniqlagan, fitosanitariya dala nazoratini oʻtkazish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga ixtiyoriy ravishda murojaat qilgan hamda ularning oʻchoqlari kengayishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni bartaraf etish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrgan shaxslar maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi.
108-modda. Karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish qoidalarini buzish
Karantin ostidagi mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish qoidalarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
109-modda. Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish
Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzganlik, epizootiyalarga qarshi kurashish choralarini koʻrmaganlik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari aniqlanganda cheklovchi tadbirlar (karantin) qoidalarini buzish, shuningdek hayvonlarning bir vaqtning oʻzida ommaviy kasallanishi yoki toʻsatdan nobud boʻlganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat veterinariya nazorati organlaridan yashirish, ularga xabar bermaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning xavfsizligi normalarini hamda ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish yoki oʻtkazish qoidalarini buzish, —
huquqbuzarlik quroli va ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
110-modda. Hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish
Shaharlar va boshqa aholi punktlarida hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish va saqlash choralarini koʻrmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
111-modda. Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish, yaʼni ularni gʻarazli yoki boshqa past niyatlarda qiynoqqa solish yoki ularga azob berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan boʻlsa yoki hayvonlarning oʻlimiga yoxud mayib boʻlishiga olib kelsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
112-modda. Traktorchi-mashinistlar tomonidan qishloq xoʻjalik mashinalaridan texnik jihatdan foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalarini qoʻpol ravishda buzish
Traktorchi-mashinistlar tomonidan traktorlar, kombaynlar, boshqa oʻziyurar qishloq xoʻjalik, melioratsiya, yoʻl-qurilish mashinalaridan texnik jihatdan foydalanish qoidalarini va texnika xavfsizligi qoidalarini qoʻpol ravishda buzish —
bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki mexanizatorlarni ushbu mashinalarni boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum qilishga sabab boʻladi.
XI bob. TRANSPORTDAGI, YOʻL XOʻJALIGI VA ALOQA SOHALARIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN MAʼMURIY JAVOBGARLIK
113-modda. Temir yoʻl transportida harakat xavfsizligi qoidalarini buzish
Temir yoʻl izlariga poyezdlar qatnovining buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ashyolarni qoʻyish, shuningdek temir yoʻlni va qor toʻsish gʻovlarini hamda boshqa yoʻl obyektlarini, signal berish va aloqa inshootlari va qurilmalarini shikastlantirish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Temir yoʻldan ot-arava haydab oʻtish va chorva mollarni haydab oʻtish, chorva mollarni temir yoʻl yaqinida boqish qoidalarini buzish —
bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Temir yoʻl transportiga yuk ortish vaqtida belgilangan gabaritlarga rioya qilmaslik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Temir yoʻllarni belgilanmagan joylardan kesib oʻtish —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirmadan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Transport vositalari haydovchilari tomonidan temir yoʻl izini belgilanmagan joydan kesib oʻtish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
1131-modda. Temir yoʻl transportida va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi talablarini hamda yoʻlovchilarni, bagajni va yuk bagajini tashish qoidalarini buzish
Temir yoʻl transportida va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi talablarini buzish, —
mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Temir yoʻl transportida va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi buzilishi bilan bogʻliq hodisani, u haqidagi maʼlumotlarni qasddan yashirish, xuddi shuningdek ushbu hodisa toʻgʻrisidagi axborotni qasddan buzib koʻrsatish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Temir yoʻl transportida va metropolitenda yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish qoidalarini buzish, —
mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
114-modda. Temir yoʻl transporti vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish
Zarurat boʻlmay turib, oʻzboshimchalik bilan poyezdni toʻxtatish —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Yuk poyezdlarida oʻzboshimchalik bilan yurish, poyezd yurib ketayotganda poyezdga chiqish va poyezddan tushish, vagonlarning zinapoyalarida va tomlarida ketish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
115-modda. Metropolitendan foydalanish qoidalarini buzish
Metropolitendan foydalanishning belgilangan qoidalarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
116-modda. Uchish xavfsizligi qoidalarini buzish
Aerodrom hududida aerodromlarni tanib olish uchun qabul qilingan markirovka belgilariga va qurilmalarga oʻxshash biror-bir belgi va qurilma oʻrnatish yoki aerodrom hududida parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyatni belgilangan tartibda kelishilmagan holda amalga oshirish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Binolar va inshootlarda tungi va kunduzgi markirovka belgilarini yoki qurilmalarini oʻrnatish qoidalarini bajarmaganlik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Aerodrom uskunalarini, aerodrom belgilarini, havo kemalarini va ularning uskunalarini shikastlantirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Tegishli ruxsati boʻlmay turib aeroportlar (aerovokzallardan tashqari), aerodromlar, uchishni radio va yorugʻlik bilan taʼminlab turuvchi obyektlar hududida piyoda yoki transportda yurish, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi taʼsirida yoki oʻzgacha tarzda mastlik holatida boʻlgan shaxs tomonidan havo kemasini boshqarish, xuddi shuningdek bunday holatda boʻlgan ekipaj aʼzolarining havo kemasini boshqarishiga ijozat berish yoxud havo kemasini boshqaruvchi shaxsning alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi taʼsiridagi yoki oʻzgacha tarzdagi mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibga muvofiq tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlashi, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Baxtsiz aviatsiya hodisasi deb topilgan hodisani, u haqidagi maʼlumotlarni qasddan yashirish, xuddi shuningdek ushbu hodisa toʻgʻrisidagi axborotni qasddan buzib koʻrsatish, bortdagi va yerdagi obyektiv nazorat vositalarining maʼlumotlariga hamda baxtsiz aviatsiya hodisasi bilan bogʻliq boshqa daliliy materiallarga qasddan shikast yetkazish yoki ularni qasddan yoʻq qilib yuborish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
1161-modda. Havo kemasidan foydalanish vaqtida lazer nurini yoʻnaltirish orqali xalaqit berish
Havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yoʻnaltirish orqali xalaqit berish —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
1162-modda. Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish
Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, (bundan samoviy hududda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hollari mustasno), —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
1163-modda. Aviatsiya xavfsizligini taʼminlashga doir talablarni buzish
Aviatsiya xavfsizligi boʻyicha tekshiruvdan oʻtmagan shaxslarni, qoʻl yukini yoki bagajni, yukni, pochtani, bort zaxiralarini yoxud havo kemalarida tashish taqiqlangan moddalarni yoki predmetlarni havo kemasi bortiga yetkazib berish yoki yetkazib berishga koʻmaklashish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
117-modda. Havo kemasida yurish-turish qoidalarini buzish
Havo kemasida boʻlgan shaxslarning havo kemasi komandirining yoki havo kemasi komandiri nomidan ekipaj aʼzosining farmoyishlarini bajarmasligi —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Havo kemasi bortida turib fotosuratga, kinoga, videoga olish, shuningdek radioaloqa vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish —
foto-kinoplyonka yoki videokassetalar musodara qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
118-modda. Suv transportida harakat xavfsizligi qoidalarini buzish
Suv transporti sohasida kemalarning portga kirishi va portdan chiqishi, port suvlarida kemalarning harakati va turishi hamda shatakka olinishi qoidalarini yoxud signal chiroqlari berish, tovush signallar, shuningdek koʻrilma va kunduzgi signallar almashinishning belgilangan tartibini buzish yoki kema yoʻliga baliq tutish qurilmalarini oʻrnatish —
bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Port suvlarida tegishli ruxsati boʻlmay turib gʻavvoslik ishlarini bajarish, shunday ishlarni olib borgan chogʻda signallar berish qoidalariga rioya qilmaslik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Suv transportida xavfsizlikni taʼminlovchi signal va aloqa inshootlari hamda qurilmalarini shikastlantirish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
119-modda. Kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzish
Kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Yongʻinga qarshi va avariya qutqaruv vositalari bilan taʼminlanmagan yoki qonunchilik talablariga zid ravishda qayta jihozlangan kemalardan yoxud kichik hajmli kemalardan foydalanish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Kemani yoki motorli kichik hajmli kemani kemalarni boshqarish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomondan boshqarish, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Kemalardan yoki kichik hajmli kemalardan, shuningdek kemalar yoki kichik hajmli kemalar turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzish, texnik nosozligi boʻlgan, foydalanilishi taqiqlangan kemani yoki kichik hajmli kemani boshqarish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch baravari miqdorida jarima solishga yoxud kema haydovchilarini kemani yoki kichik hajmli kemani boshqarish huquqidan bir yilu olti oy muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.
120-modda. Portlarda yuklarni ortish, tushirish va taxlash qoidalarini buzish
Portlarda yuklarni ortish, tushirish va taxlash qoidalarini buzish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
121-modda. Transport vositalarining ichki jihozlariga shikast yetkazish
Lokomotivlar, vagonlar, daryo va havo kemalari, xuddi shuningdek hamma turdagi maxsus transportlarning oynalari va ichki jihozlariga shikast yetkazish —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Avtobuslarning, taksilarning, marshrut taksilarining, shahar elektr transportining va metropoliten vagonlarining oynalari va ichki jihozlariga shikast yetkazish —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
123-modda. Transport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish
Poyezdlarning vagonlari, avtotransport vositalari, shahar yoʻlovchilar transportidan va suv transportidan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
124-modda. Transportda yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish
Transportda belgilangan yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
125-modda. Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish
Haydovchilarning transport vositalarini boshqarish va yoʻlovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga, xuddi shuningdek mototsikl va mopedlar haydovchilarining motoshlemlardan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi, —
maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Haydovchilarning belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan yoxud foydalanish man etiladigan darajada nosozligi boʻlgan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda favqulodda vaziyatda oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolgʻacha bilan jihozlanmagan, oʻt oʻchirgich, tibbiyot qutichasi, avariya holatida toʻxtaganligini bildiruvchi belgi va nur qaytargichli kamzul bilan butlanmagan, xuddi shuningdek ishlayotganida tashqariga chiqarayotgan ifloslantiruvchi moddalarning miqdori, shuningdek shovqin darajasi belgilangan normalardan ortiq boʻlgan transport vositalarini boshqarishi, —
maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Haydovchilarning tormoz tizimida, rul boshqaruvida yoki ulovchi qurilmada nosozligi boʻlgan yoxud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Xalqaro avtomobil tashuvlarini hamda M3 va N3 toifali avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharlararo (400 km va undan ortiq masofada) tashishni raqamli nazorat uskunalarisiz (taxografsiz, nosoz taxografdan foydalangan holda yoki taxografni oʻchirib qoʻygan holda, haydovchining taxografda foydalaniladigan kartaga ega boʻlmagan holatida) amalga oshirish, shuningdek xalqaro va shaharlararo avtomobil tashuvlarini amalga oshirishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini buzishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Foydalanish belgilangan tartibda man etilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi oʻzboshimchalik bilan yechib olingan transport vositalarini boshqarish —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli boʻlmagan transport vositasini boshqarish —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli transport vositalarini ishdan tashqari vaqtda ulardan foydalanish shartlariga muvofiq keladigan tarzda maxsus jihozlanmagan joyda saqlash —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Yuk avtotransportida tovar-transport yuk xatlarini, xalqaro yuk tashishda yoʻl varaqalarini, shuningdek yoʻlovchilar avtotransportida chipta-hisob va yoʻl varaqalarini yuritish boʻyicha belgilangan talablarni buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, mansabdor shaxslarga esa uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu Kodeksning 125 (mopedlardan tashqari), 1251, 126, 127, 128, 1281, 1282, 1283, 1284, 1285, 1286, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 1351, 136, 139, 140-moddalarida transport vositalari deyilganda barcha turdagi avtomobillar va traktorlar, qishloq xoʻjalik, melioratsiya, yoʻl-qurilish mashinalari va boshqa oʻziyurar mashinalar, tramvay va trolleybuslar, shuningdek mototsikllar va boshqa mexanik transport vositalarini tushunmoq kerak.
1251-modda. Yuk tashish qoidalarini, shatakka olish qoidalarini buzish
Yuk tashish qoidalarini, xuddi shuningdek shatakka olish qoidalarini buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit oʻlchamlari, shuningdek umumiy haqiqiy vazni, oʻqqa tushuvchi ogʻirligi belgilangan normadan oʻn foizgacha ortiq boʻlgan transport vositalarida yoʻlga chiqish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit oʻlchamlari, shuningdek umumiy haqiqiy vazni, oʻqqa tushuvchi ogʻirligi belgilangan normadan oʻn foizdan yigirma foizgacha ortiq boʻlgan transport vositalarida yoʻlga chiqish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Tegishli ruxsatnomasiz ogʻir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish, yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit oʻlchamlari, shuningdek umumiy haqiqiy vazni, oʻqqa tushuvchi ogʻirligi belgilangan normadan yigirma foizdan ortiq boʻlgan transport vositalarida yoʻlga chiqish, xuddi shuningdek ruxsatnomada koʻrsatilgan harakat yoʻnalishidan chetga chiqish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda avtotransport vositalarining gabarit va vazn parametrlarini aniqlashda oʻlchash asbobidagi yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan jami xatolar hisobga olinib, oʻlchash asbobida qayd etilgan gabarit va vazn parametrlaridan ikki foizli farq chegirib tashlangan holda, maʼmuriy jazo chorasi qoʻllaniladi.
1252-modda. Boshqa davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan yuklarni va (yoki) yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanish
Xorijiy tashuvchilarga tegishli boʻlgan, shu jumladan ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositalarida yoʻlovchilar va yuklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar oʻrtasida tashish (kabotaj), agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlarda tashish bilan avtotransport vositasining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab oʻtishi va tegishli tashish turini amalga oshirishi huquqini beruvchi ruxsatnomasiz shugʻullanish, ruxsatnoma toʻldirish boʻyicha talablarni buzish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tranzit harakatlanish uchun moʻljallangan yoʻnalishlarga rioya etmaslik, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
1253-modda. Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzish
Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
1254-modda. Avtomobil transportida muntazam yoʻnalishlarda yoʻlovchilarni tashish qoidalarini buzish
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma yonida boʻlmagan holda yoʻlovchi tashish, belgilangan yoʻl haqi tariflarini oshirish, muntazam yoʻnalish boʻyicha tasdiqlangan qatnov jadvaliga amal qilmaslik, tasdiqlangan yoʻnalish sxemasidan chetga chiqish, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
126-modda. Koʻzgusimon va (yoki) tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni koʻrishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish
Texnik reglamentga muvofiq boʻlmagan koʻzgusimon va (yoki) tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining oʻrnidan tevarak-atrofni koʻrishni cheklaydigan qoʻshimcha narsalar oʻrnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan oynalar tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
127-modda. Transport vositalarining tovush chiqaruvchi, yorituvchi va boshqa qurilmalaridan foydalanish, ularni oʻrnatish qoidalarini buzish
Tovush signalini sababsiz berish, transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni oʻrnatish, xuddi shuningdek ularni oʻzgartirib oʻrnatish —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Tegishli ruxsat olmay turib transport vositalariga tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni oʻrnatish, xuddi shuningdek davlat raqam belgilarini koʻrish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga toʻsqinlik qiladigan turli ashyolar oʻrnatish va qoplama surtish —
ana shu qurilmalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
128-modda. Haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yoʻlkalaridan, yashil maydonlardan yurgizishi, yoʻl belgilari va yoʻl harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi
Haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar yoʻlkalaridan, velosiped yoʻlkalaridan, piyodalar va velosiped yoʻlkalaridan, ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlardan (bundan maxsus avtotransport vositalari mustasno) yurgizishi, yoʻl belgilari yoki yoʻlning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qoʻyilgan talablarga rioya etmasligi (bundan ushbu Kodeksning 1283-moddasida, 1284-moddasining birinchi qismida, 1285, 1286, 1287 va 130-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno), yuk avtomobillarida yoʻlning chetki chap qatorida harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno), yoʻnalishli transport vositalari toʻxtaydigan bekatlardan yoki piyodalar oʻtish joylaridan yurish, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi, xuddi shuningdek yoʻlovchilarga yoki piyodalarga loyqa sachratishi
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
1281-modda. Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi
Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi (bundan telefondan quloqchinlar orqali va qoʻllarni ishlatmasdan turib soʻzlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanish mustasno), —
maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
1282-modda. Transport vositasini boshqarish vaqtida tele-, videodasturlarni tomosha qilish maqsadida monitordan (displeydan) foydalanish
Transport vositasini boshqarish vaqtida tele-, videodasturlarni tomosha qilish maqsadida transport vositasi salonining old qismiga oʻrnatilgan monitordan (displeydan) foydalanish, —
maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
1283-modda. Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq, lekin 60 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining toʻqqiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 60 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi — toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda tezlikni oʻlchaydigan maxsus uskunalar va transport vositalari spidometri koʻrsatkichlaridagi yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan jami xatolar hisobga olinib, ularda qayd etilgan tezlikdan soatiga 5 kilometr chegirib tashlangan holda, maʼmuriy jazo chorasi qoʻllaniladi.
1284-modda.Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan toʻxtash chizigʻini bosib kirishi va oʻtishi
Svetoforning taqiqlovchi signalida yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida yoʻlning qatnov qismidagi yoʻl chiziqlari yoki yoʻl belgilari bilan belgilangan toʻxtash chizigʻini bosib kirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan oʻtishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
1285-modda. Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yoʻlning qarama-qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan tomoniga yoki boʻlagiga chiqishi
Tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signal bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalari toʻsiqsiz oʻtib ketishi uchun transport vositalari haydovchilari tomonidan xalaqit berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Transport vositalari haydovchilarining yoʻlning qarama-qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan tomoniga yoki boʻlagiga yoʻl harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab boʻlgan, yaʼni yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yoʻnalishini keskin oʻzgartirishga yoki oʻz xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash uchun oʻzga choralarni koʻrishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
1286-modda. Transport vositalari haydovchilarining toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzishi
Transport vositalari haydovchilarining toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzishi, —
maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
1287-modda. Yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan transport vositalarining harakatlanishi
Yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan transport vositalarining harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno), —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
1288-modda. Transport vositasida odam tashish qoidalarini buzish
Odam tashish qoidalarini buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Avtobus va mikroavtobuslarda ichki ishlar organlarining hamrohligisiz odam tashish, agar ularning hamrohligida odam tashish shart boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
1289-modda. Transport vositalarini quvib oʻtish qoidalarini buzish
Transport vositalarini quvib oʻtish qoidalarini buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
12810-modda. Yoʻl bezoriligi
Yoʻl bezoriligi, yaʼni transport vositalari haydovchilarining boshqa transport vositalarining harakatiga qasddan toʻsqinlik qilishi, harakatlanish burchagini va (yoki) tezligini saqlagan holda transport vositasini sababsiz sirpantirishi (drift), oʻz yoʻnalishida harakatlanish boʻlagini sababsiz keskin ravishda uch va undan ortiq marta uzluksiz oʻzgartirishi (bundan maxsus ajratilgan joylarda sodir etish mustasno) yoki yoʻl harakati ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishiga tahdid soluvchi yoxud transport vositasida yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan hurmatsizlikda ifodalangan boshqa xatti-harakatlarni namoyishkorona sodir etishi, —
transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yildan ikki yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga yoki oʻn besh sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
129-modda. Transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh boʻlib harakat qilishda qatnashishi
Transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh boʻlib harakat qilishda qatnashishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
130-modda. Transport vositalari haydovchilarining temir yoʻlning oʻtish joylaridan oʻtish qoidalarini buzishi
Transport vositalari haydovchilarining temir yoʻlning oʻtish joylaridan oʻtish qoidalarini buzishi —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
131-modda. Transport vositalarini mastlik holatida boshqarish
Haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boshqarishi, —
transport vositalarini boshqarish huquqidan uch yil muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
https://neolex.uz/uz/laws/administrative
