291-modda. Transport vositalarini ushlab turish va koʻrikdan oʻtkazish asoslari va tartibi
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi · Sana: 22.09.1994 · Amalda
Transport vositalarini ushlab turish va koʻrikdan oʻtkazish qonunchilik bilan vakolat berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrilgunga qadar amalga oshirilishi mumkin, chunonchi:
a) transport vositalarining haydovchilari ushbu Kodeks 54-moddasining ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida), 901-moddasida, 125-moddasining uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida, 1251-moddasining ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida (bundan 1251-moddaning ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar avtomatlashtirilgan oʻlchov vositalari orqali aniqlangan hollar mustasno), 126-moddasida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 1286-moddasida (agar transport vositasining haydovchisi boʻlmasa va toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarining buzilishi yoʻl harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa), 12810, 131, 133-moddalarida, 134-moddasida (bundan yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisida xabarnoma tuzilgan hollar mustasno), 135-moddasida (bundan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi, haydovchilarning malaka oshirishdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikati yonida mavjud boʻlmaganligi hollari mustasno), 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137, 1763-moddalarida, 194-moddasida (ichki ishlar organi xodimining transport vositasini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qonuniy talabini bajarmaslik qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etganda, shuningdek qonun hujjatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boshqa hollarda — ichki ishlar organlari tomonidan;
b) Qurolli Kuchlarning va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining transport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar va boshqa shaxslar yoʻl harakati qoidalarini buzganda — harbiy avtomobil inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan;
v) ushbu Kodeksning 60-moddasida, 70-moddasining birinchi qismida, 701, 78, 79, 81, 82, 84, 90, 901, 91, 911, 92, 94-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan;
g) ushbu Kodeksning 901, 198, 227 — 22727-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan;
