261-modda. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlari
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi · Sana: 22.09.1994 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 63-moddasida, 65-moddasining beshinchi qismida (bundan qishloq xoʻjaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlik mustasno), 68-moddasida (tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarga, suv fondi yerlariga oid qismida), 70-moddasining birinchi qismida (bundan yer qaʼridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi mustasno), 701-moddasining birinchi qismida, 71-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 72-moddasida (bundan yer osti suvlariga doir qismi mustasno), 74-moddasining birinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 75-moddasida (bundan irrigatsiya tarmoqlaridan olinadigan suvlarni hisobga olish mustasno, shuningdek davlat suv kadastrini yuritishning belgilangan tartibini buzganlik uchun), 77-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 771-moddasida, 78-moddasida, 79-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 791, 80, 81, 82, 83, 84-moddalarida, 85-moddasida (bundan sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish deb hisoblanuvchi, atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish, biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash mustasno), 851, 86, 861, 862, 87, 88, 89-moddalarida (bundan atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish mustasno), 891-moddasida, 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida, 911-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 912, 913, 914, 92, 93, 95-moddalarida, 96-moddasida (davlat ekologik ekspertizasiga oid qismida), 148-moddasida (bundan ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, yogʻoch koʻpriklar va taxta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar mustasno), 159-moddasining toʻrtinchi qismida (koʻp kvartirali uyga tutash tuproqli va (yoki) yashil qoplamali yer uchastkasini oʻzboshimchalik bilan betonlashtirishga oid qismida), 161-moddasida, 214-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 228-moddasida (tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganda muhrlar (plombalar) qoʻyilgan hollar) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidir:
