2452-modda. Adliya organlari
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi · Sana: 22.09.1994 · Amalda
Adliya organlariga ushbu Kodeksning 2155-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Adliya organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri va uning oʻrinbosarlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlari departamenti boshligʻi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri va uning oʻrinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari.
Ushbu Kodeksning 1759, 1978, 1983, 1984, 239, 2391-moddalarida, 2392-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, adliya organlarining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma koʻrib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.
