1891-modda. Tazyiqni, zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi · Sana: 22.09.1994 · Amalda
Tazyiqni, zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, uni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, —
tazyiqni, zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotni, shu jumladan uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish va namoyish etish vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan toʻrt yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan toʻrt yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
