10-modda. Davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning shikoyatlarni koʻrib chiqish borasidagi vazifalari
Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida (1064-XII-son) · Sana: 06.05.1994 · Kuchini yo'qotgan
Davlat organlari, jamoat birlashmalari, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, ularning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari oʻz vakolatlari doirasida:
shikoyatlarni xolisona, har tomonlama va oʻz vaqtida tekshirishlari;
shikoyatga sabab boʻlgan noqonuniy qarorni bekor qilishlari yoki oʻzgartirishlari, gʻayriqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish yuzasidan shoshilinch chora-tadbirlar koʻrishlari, qoidabuzarliklarga olib kelgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlashlari;
fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanishini, shikoyat munosabati bilan qabul qilingan qaror amalda ijro etilishini taʼminlashlari;
fuqaroga shikoyatni tekshirish natijalari va qabul qilingan qarorning mohiyati toʻgʻrisida yozma tarzda maʼlum qilishlari shart.
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda rahbar yoki uning oʻrinbosari, jamoat birlashmalarida esa saylab qoʻyiladigan organlar yoki ular vakolat bergan shaxslar shikoyat boʻyicha qaror qabul qilishga haqlidirlar.
