9-modda. Fuqaroning shikoyat koʻrib chiqilishi vaqtidagi huquqlari
Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida (1064-XII-son) · Sana: 06.05.1994 · Kuchini yo'qotgan
Davlat organi, jamoat birlashmasi, korxona, muassasa, tashkilotga shikoyat bilan murojaat qilgan fuqaro:
shikoyatni tekshirayotgan shaxsga oʻz dalil-isbotlarini shaxsan bayon qilish;
tekshirishga doir materiallar bilan ushbu Qonun 4-moddasining talablariga rioya qilgan holda tanishish;
qoʻshimcha materiallar taqdim etish yoki shikoyatni koʻrib chiqayotgan organning ularni soʻrab olishini iltimos qilish;
advokat yoki boshqa shaxsning xizmatlaridan foydalanish;
shikoyatni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida yozma javob olish;
yetkazilgan zarar qonunda belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish huquqiga egadir.
