11-modda. Takliflar, arizalar va shikoyatlarni koʻrib chiqish muddati
Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida (1064-XII-son) · Sana: 06.05.1994 · Kuchini yo'qotgan
Fuqarolarning takliflari taklif tushgan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida koʻrib chiqiladi, qoʻshimcha oʻrganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno boʻlib, bu haqda taklif kiritgan shaxsga maʼlum qilinadi.
Arizalar va shikoyatlar davlat organiga, jamoaat birlashmasiga, korxona, muassasa va tashkilotga tushgan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida hal etiladi, ular masalani mohiyatan hal etishlari, qoʻshimcha oʻrganishlar va tekshirishni talab qilmaydigan masalalarni esa 15 kundan kechiktirmay hal etishlari shart.
Ariza yoki shikoyat hal etish uchun maxsus tekshiruvlar oʻtkazish, qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish yoki boshqa chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlsa, tegishli organ, korxona, muassasa, tashkilot rahbari yoki rahbarining oʻrinbosari ariza yoki shikoyatni hal etish muddatini, istisno tariqasida, uzaytirishi mumkin, biroq bu muhlat bir oydan oshmasligi lozim boʻlib, bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga maʼlum qilinadi. Bunda murojaatni koʻrib chiqish umumiy muddati ikki oydan oshmasligi kerak.
