12-modda. Fuqarolarni shaxsan qabul qilish
Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida (1064-XII-son) · Sana: 06.05.1994 · Kuchini yo'qotgan
Barcha darajadagi deputatlar, davlat organlarining, jamoat birlashmalarining, mulkchilik shaklidan qayʼi nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslarni fuqarolarni shaxsan qabul qilishlari shart.
Qabul muntazam, belgilangan kun va soatlarda, fuqarolar uchun qulay vaqtda oʻtkaziladi.
Fuqarolarning ogʻzaki murojaatlari va ularni koʻrib chiqish natijalari roʻyxatga olinishi lozim.
Fuqarolarni davlat organlarida, jamoat birlashmalarida, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda qabul qilish tartibi ularning rahbarlari tomonidan belgilanadi.
