13-modda. Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida (1064-XII-son) · Sana: 06.05.1994 · Kuchini yo'qotgan
Murojaatni koʻrib chiqishni gʻayrihuquqiy tarzda rad etganlik, murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzganlik, asossiz, qonunga zid qarorlar qabul qilganlik yoxud fuqarolarning shaxsiy hayotiga doir maʼlumotlarni oshkor etganlik, shuningdek fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzganlik, basharti bunday xatti-harakatlar maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻlmasa, mansabdor shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
Fuqarolarni u davlat organiga, jamoat birlashmasiga, korxona, muassasa, tashkilotga murojaat qilganligi sababli yoxud murojaatdagi tanqid uchun taʼqib ostiga olganlik, shuningdek fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini davlat yoki jamoat manfaatlariga yoxud fuqarolarning qonun bilan muhofaza qilinadigan huquqlariga jiddiy zarar yetkazish tarzida buzganlik aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
