17-modda. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini roʻyxatga olish markazida saqlash tartibi
Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida (562-II-son) · Sana: 11.12.2003 · Amalda
Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini roʻyxatga olish markazida saqlash tartibi hamda muddati roʻyxatga olish markazi va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi oʻrtasidagi shartnoma bilan belgilanadi.
Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining bekor qilingan sertifikati roʻyxatga olish markazida kamida uch yil saqlanadi.
Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini saqlash muddati tugaganidan keyin, u roʻyxatga olish markazining elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reyestridan chiqariladi va saqlashning arxiv rejimiga oʻtkaziladi.
Qogʻoz hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati qonunchilikda belgilangan tartibda saqlanadi.
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati yoʻqolgan taqdirda, roʻyxatga olish markazi elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining dublikatini berishi mumkin.
