18-modda. Roʻyxatga olish markazini tugatish
Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida (562-II-son) · Sana: 11.12.2003 · Amalda
Roʻyxatga olish markazi qonunchilikda belgilangan tartibda tugatilishi mumkin.
Roʻyxatga olish markazi tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran bir oy mobaynida bu haqda maxsus vakolatli organga, shuningdek mazkur roʻyxatga olish markazining elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reyestriga kiritilgan elektron raqamli imzo yopiq kalitlarining barcha egalariga xabar qilishi shart.
Roʻyxatga olish markazi tugatilgan taqdirda, mazkur roʻyxatga olish markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlari elektron raqamli imzo yopiq kalitlari egalarining roziligi bilan boshqa roʻyxatga olish markazlariga topshirilishi mumkin.
Boshqa roʻyxatga olish markazlariga topshirilmagan elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlari bekor qilinadi va maxsus vakolatli organga saqlash uchun topshirilib, bu haqda elektron raqamli imzolar ochiq kalitlarining foydalanuvchilari xabardor qilinadi.
