15-modda. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish
Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida (562-II-son) · Sana: 11.12.2003 · Amalda
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishi elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining arizasi asosida, arizada koʻrsatilgan muddatga, lekin mazkur sertifikatning amal qilish muhlatidan koʻp boʻlmagan muddatga roʻyxatga olish markazi tomonidan toʻxtatib turilishi mumkin.
Elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi arizasi tushganda roʻyxatga olish markazi elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reyestriga tegishli yozuv kiritadi va ayni bir vaqtning oʻzida bu haqda elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini xabardor qiladi.
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishi toʻxtatib turilgan muddat ichida roʻyxatga olish markazi elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining arizasiga binoan mazkur sertifikatning amal qilishini qayta tiklashi mumkin.
