14-modda. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish
Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida (562-II-son) · Sana: 11.12.2003 · Amalda
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati roʻyxatga olish markazi tomonidan beriladi.
Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati berilayotganda u roʻyxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Qogʻoz hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Bunday sertifikatning har bir nusxasi roʻyxatga olish markazining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanishi va roʻyxatga olish markazining muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining bir nusxasi elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga beriladi, boshqa nusxasi esa roʻyxatga olish markazida saqlanadi.
Elektron hujjatlar shaklidagi elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining koʻchirma nusxalarini berishga doir xizmatlar roʻyxatga olish markazi tomonidan bepul koʻrsatiladi.
