22-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisini (xodimini) boʻshatish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-647-son) · Sana: 18.11.2020 · Amalda
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisini harbiy xizmatdan boʻshatish tartibi umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Milliy gvardiyaning xodimini xizmatdan boʻshatishga quyidagilar asos boʻladi:
oʻz xohishi boʻyicha (pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtamaganlar uchun) — xodimning bildirgisi asosida;
xizmatda boʻlishning belgilangan yosh chegarasiga yetganligi;
pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtaganligi — xodimning bildirgisi asosida;
tashkiliy-shtat oʻzgarishlari;
kasalligi — harbiy-tibbiy komissiyaning xizmatga yaroqsizlik toʻgʻrisidagi xulosasi asosida;
sogʻligʻining cheklanganligi holati — harbiy-tibbiy komissiyaning Milliy gvardiyadagi xizmatga yaroqliligi cheklanganligi toʻgʻrisidagi va xizmat boʻyicha boshqa lavozimga oʻtkazish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, egallab turgan lavozimiga muvofiq xizmat majburiyatlarini bajara olmasligi haqidagi xulosasi asosida;
dastlabki sinov muddati davomida xizmatga yaroqsizligi;
malakasi yetarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga noloyiqligi — attestatsiya natijalari asosida;
xizmat intizomini qoʻpol ravishda buzganligi;
Milliy gvardiya xodimining shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi;
sodir etgan jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganligi;
xodimda intizomiy jazo chorasi mavjud boʻlgan taqdirda, muntazam ravishda xizmat intizomini buzganligi;
boshqa davlat organiga xizmatga oʻtganligi (kadrlarning amaldagi zaxirasiga kiritilmagan holda);
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi bekor qilinganligi yoki chet davlat fuqaroligini olganligi;
xodimlar uchun ushbu Qonunda va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlar va taqiqlarga rioya etmaganligi.
Quyidagi hollarda xodimlarning xizmatdan boʻshatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
tibbiyot muassasalarida davolanishda boʻlganida, ular Milliy gvardiyaning va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tibbiyot muassasalari tomonidan vaqtincha mehnatga layoqatsiz deb topilganda;
taʼtilda yoki xizmat safarida boʻlganda;
