Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-647-son) · Sana: 18.11.2020 · Amalda
Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga (xizmatga) qabul qilinadigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari majburiy tartibda maxsus kasbiy tayyorgarlikdan yoki qayta tayyorgarlikdan oʻtadi.
Milliy gvardiya uchun professional kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) malakasini oshirish Milliy gvardiyaning taʼlim muassasalari, harbiy taʼlim muassasalari, shuningdek boshqa taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Milliy gvardiyaning taʼlim muassasalari tinglovchilari va kursantlari Milliy gvardiyada harbiy xizmatda (xizmatda) deb hisoblanadi, bundan chet ellik fuqarolar mustasno.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-5128310
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 21-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilarini (xodimlarini) tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-647-son). neolex.uz/uz/laws/law-5128318/21 (lex.uz/docs/-5128310)