8-modda. Kamsitishga yoʻl qoʻymaslik prinsipi
Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida (O‘RQ-588-son) · Sana: 06.12.2019 · Amalda
Kasaba uyushmalariga mansublik yoki mansub emaslik fuqarolarning qonunchilikda kafolatlanadigan mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini biror-bir tarzda cheklashga sabab boʻlmaydi. Ishga qabul qilishni, ishda koʻtarilishni, shuningdek xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni muayyan kasaba uyushmasiga mansublik, unga aʼzo boʻlish yoki aʼzolikdan chiqish bilan bogʻliq qilib qoʻyish taqiqlanadi.
Xodimning kasaba uyushmasiga aʼzo boʻlmasligiga yoki aʼzolikdan chiqishiga doir yozma yoki ogʻzaki majburiyatlari haqiqiy emas.
Oʻzini kasaba uyushmasiga mansubligi yoki mansub emasligi belgisiga qarab kamsitilgan deb hisoblovchi shaxs kamsitishni bartaraf etish, yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
