9-modda. Mustaqillik va oʻzini oʻzi boshqarish prinsipi
Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida (O‘RQ-588-son) · Sana: 06.12.2019 · Amalda
Kasaba uyushmalari oʻz faoliyatida, shu jumladan moliyaviy faoliyatida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan mustaqildir, ular oldida hisobdor emas hamda ular tomonidan nazorat qilinmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Kasaba uyushmalari mustaqil ravishda oʻz ustavlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, tashkiliy tuzilmasini belgilaydi, kasaba uyushmasi organlarini saylaydi, oʻz faoliyatini tashkil etadi, yigʻilishlar, shuningdek boshqa tadbirlar oʻtkazadi.
