7-modda. Ixtiyoriylik prinsipi
Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida (O‘RQ-588-son) · Sana: 06.12.2019 · Amalda
Fuqarolar oʻz qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun oʻz tanloviga koʻra ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalarini tuzish, ularga aʼzo boʻlish, kasaba uyushmasi faoliyati bilan shugʻullanish va kasaba uyushmalariga aʼzolikdan chiqish huquqiga ega.
Kasaba uyushmasiga aʼzo boʻlish va aʼzolikdan chiqish, shuningdek mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin kasaba uyushmasiga aʼzolikni saqlab qolish tartibi va shartlari tegishli kasaba uyushmasining ustavi bilan tartibga solinadi.
Fuqarolarning kasaba uyushmalariga birlashishga boʻlgan huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qilishga, shuningdek ularni kasaba uyushmasiga aʼzo boʻlishga yoki aʼzolikdan chiqishga majburlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
