54-modda. Qoʻpol qoidabuzarliklar
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-580-son) · Sana: 05.11.2019 · Amalda
Qoʻpol qoidabuzarliklar jumlasiga quyidagilar kiradi:
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi;
sodir etilishi uchun oldindan Markaziy bankning ruxsatini olish talab etiladigan harakatlarning ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olmay turib amalga oshirilganligi;
bankning yoki banklar guruhining faoliyatidagi qoʻpol qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi Markaziy bank koʻrsatmalarining belgilangan muddatda bajarilmaganligi;
foydani taqsimlashda ushbu Qonunning 39-moddasida koʻrsatilgan talablarning bajarilmaganligi;
bank ustav kapitali miqdori bank ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan belgilangan talabga muvofiq emasligi;
bank yoki banklar guruhi kapitali monandligi koeffitsiyentlarining va (yoki) ustav kapitali miqdorining qonunchilikda belgilangan eng kam miqdordan ellik foizga yoki undan koʻp foizga kamayganligi;
bank aktivlari boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi yetarlicha zaxiraning mavjud emasligi;
litsenziyada nazarda tutilmagan moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganligi;
ushbu Qonun bilan taqiqlangan yoki cheklangan faoliyat amalga oshirilganligi;
bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan ancha qulay shartlar asosida bitimlar tuzilganligi;
buxgalteriya hisobining hisobotga oid maʼlumotlar buzilishiga olib keladigan va bankning yoki banklar guruhining haqiqiy moliyaviy ahvolini aks ettirish imkonini bermaydigan qoidabuzarliklar bilan yuritilganligi;
auditorlik tashkilotiga bankning auditorlik tekshiruvini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan moliyaviy hisobotlar va boshqa moliyaviy axborotlar taqdim etilmaganligi;
Markaziy bank tomonidan nazorat vazifalari bajarilishiga toʻsqinlik qilinganligi;
bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi;
Markaziy bankka axborotni taqdim etmaganlik, oʻz vaqtida taqdim etmaganlik yoki bankning yoki banklar guruhining toʻlov layoqatini yoxud likvidligini baholashni oʻtkazishga toʻsqinlik qiluvchi buzilgan yoki toʻliq boʻlmagan axborot taqdim etilganligi;
oxirgi benefitsiar mulkdorlar toʻgʻrisidagi axborotning oshkor etilmaganligi;
