55-modda. Jiddiy qoidabuzarliklar
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-580-son) · Sana: 05.11.2019 · Amalda
Jiddiy qoidabuzarliklar jumlasiga quyidagilar kiradi:
prudensial normativlarga rioya etilmaganligi, bundan bank ustav kapitalining eng kam miqdoriga oid talablar mustasno;
banklar tomonidan toʻlovlarning oʻz vaqtida oʻtkazilmaganligi;
moliyaviy ahvoli barqaror boʻlmagan qarz oluvchilarning kreditlari restrukturizatsiya qilinganligi;
Markaziy bankning aniqlangan qoidabuzarliklar toʻgʻrisida bank aksiyadorlarining umumiy yigʻilishini xabardor qilishga doir talabi bankning kuzatuv kengashi yoki boshqaruv aʼzolari, shuningdek bankning islomiy moliya kengashi aʼzolari tomonidan bajarilmaganligi;
bankning kuzatuv kengashi yoki boshqaruv aʼzolari yoxud muhim ahamiyatga ega xodimlari, shuningdek bankning islomiy moliya kengashi aʼzolari tomonidan korporativ boshqaruv va mukofotlash siyosatlari bajarilmaganligi;
buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish qoidalari buzilganligi;
xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar) Markaziy bankni belgilangan tartibda xabardor qilmay amalga oshirilganligi yoki tugatilganligi;
banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilganligi;
juzʼiy qoidabuzarlik uchun Markaziy bank tomonidan jarima qoʻllanilganidan keyin uch yil davomida takroran sodir etilgan xuddi shunday qoidabuzarlik.
