16-modda. Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-580-son) · Sana: 05.11.2019 · Amalda
Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun ariza beruvchi bank tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin uch oydan kechiktirmay Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi, bundan bankni mikromoliya tashkiloti faoliyatini oʻzgartirish orqali tashkil etish mustasno:
bank ikki va undan ortiq shaxslar tomonidan tashkil etilganda taʼsis shartnomasini;
ikki nusxadagi bank ustavini;
bankni tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorni;
muassislar (aksiyadorlar) roʻyxatini;
hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan har bir bevosita va bilvosita muassis (egalik qiluvchi), shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdor toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek ushbu Qonunning 24-moddasiga muvofiq baholashni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni;
hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan shaxslar mavjud boʻlmagan taqdirda, bankning ustav kapitalida eng koʻp ulushlarga ega boʻlgan, umumiy ulushi kamida ellik foizni tashkil etadigan bevosita va bilvosita muassislar (egalik qiluvchilar), shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar toʻgʻrisidagi axborotni, shu jumladan ushbu Qonunning 24-moddasiga muvofiq baholashni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni;
muassis (aksiyador) boʻlgan yuridik shaxsning auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan oxirgi uch yil uchun moliyaviy hisobotlarini;
bankning ustav kapitalini shakllantirish (toʻldirish) uchun kiritiladigan mablagʻlarning manbalari toʻgʻrisidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni;
bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari toʻgʻrisidagi, bu aʼzolarning ushbu Qonunning 36-moddasi talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan axborotni;
bankning tashkiliy tuzilmasini;
bankning ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizom loyihasini;
bankning keyingi uch yilga moʻljallangan biznes-rejasini;
keyinchalik bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim boʻlgan, bankning kredit (moliyalashtirish), investitsiya va emissiya siyosatining loyihalarining, shuningdek tavakkalchiliklarni boshqarish va ichki nazorat siyosati loyihalarining koʻchirma nusxalarini.
Islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun ariza beruvchi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagilarni taqdim etadi:
