15-modda. Bankni tashkil etish
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-580-son) · Sana: 05.11.2019 · Amalda
Banklar aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi.
Bank taʼsis etish yoki qayta tashkil etish yoxud mikromoliya tashkiloti faoliyatini oʻzgartirish orqali tashkil etiladi.
Banklarni litsenziyalash tartib-taomili quyidagi ikki bosqichdan iborat:
Markaziy bank tomonidan bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish;
bir vaqtning oʻzida litsenziya bergan holda bankni davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
Oraliq bankning tashkil etilishi va faoliyatni amalga oshirishining oʻziga xos xususiyatlari “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
