16-modda. Ijtimoiy reklamali axborot
Reklama toʻgʻrisida (723-I-son) · Sana: 25.12.1998 · Amalda
Ijtimoiy reklamali axborot sogʻliqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish, energiya resurslarini saqlab qolish, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish va xavfsizligini taʼminlash, maʼnaviyat va maʼrifat masalalariga doir axborot, shuningdek notijorat yoʻsindagi boshqa axborotdir.
Shaxslarning ijtimoiy reklamali axborotni tekinga tayyorlash va tarqatishga doir faoliyati, oʻz mol-mulkini (shu jumladan pul mablagʻlarini) ijtimoiy reklamali axborot tayyorlash va tarqatish uchun boshqa shaxslarga berishi xayriya faoliyati deb eʼtirof etiladi. Bunday shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadilar.
Reklama tarqatuvchilar reklama uchun ajratilgan efir vaqti, nashr yoki reklama maydoni umumiy yillik hajmining 5 foizidan kam boʻlmagan hajmda ijtimoiy reklamali axborotni joylashtirishi shart. Bunda faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan toʻliq yoki qisman moliyalashtiriladigan reklama tarqatuvchilar ijtimoiy reklamali axborotni bepul joylashtiradi.
