14-modda. Yashirin reklama
Reklama toʻgʻrisida (723-I-son) · Sana: 25.12.1998 · Amalda
Yashirin reklama isteʼmolchining idrokiga uning oʻzi anglamagan holda taʼsir oʻtkazadigan, shu jumladan maxsus video ilovalardan (qoʻsh ovozli yozuvdan) foydalanish yoʻli bilan hamda boshqa usullar bilan taʼsir oʻtkazadigan reklamadir.
Yashirin reklamadan radio-, tele-, video-, audio- va kino mahsulotda, shuningdek boshqa mahsulotda foydalanishga va uni oʻzga usullar bilan tarqatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Reklamani yashirin deb topish toʻgʻrisidagi qarorni vakolatli davlat organi qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qiladi.
