13-modda. Notoʻgʻri reklama
Reklama toʻgʻrisida (723-I-son) · Sana: 25.12.1998 · Amalda
Noaniqligi, ikki xil maʼnoni anglatishi, boʻrttirib yuborishi, yashirib ketishi oqibatida, reklamani tarqatish vaqti, joyi va usuliga nisbatan qoʻyilgan talablarni va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablarni buzishi natijasida reklamadan foydalanuvchilarni chalgʻituvchi yoki chalgʻitishi mumkin boʻlgan, shaxslarga, shuningdek davlatga zarar va maʼnaviy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan reklama notoʻgʻri (insofsiz, bilaturib yolgʻon) reklama hisoblanadi.
Notoʻgʻri reklama taqiqlanadi.
Reklamani notoʻgʻri deb topish toʻgʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy organlari (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi) qabul qiladi.
