26-modda. Arxiv hujjatlaridan foydalanish
Arxiv ishi toʻgʻrisida (O‘RQ-252-son) · Sana: 15.06.2010 · Amalda
Arxiv hujjatlaridan foydalanish xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, maʼrifiy, taʼlim maqsadida va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi.
Arxiv hujjatlaridan foydalanuvchilar:
arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibiga rioya qilishi;
arxiv hujjatlarining but saqlanishini taʼminlashi;
arxiv hujjatlariga yetkazilgan shikastlar yoki arxiv hujjatlaridagi yetishmovchiliklar aniqlanganligi toʻgʻrisida tezkor ravishda arxiv va idoraviy arxiv xodimlariga xabar berishi;
arxiv hujjatlaridan olingan maʼlumotlarni buzib koʻrsatish yoki soxtalashtirishga yoʻl qoʻymasligi shart.
Arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
