19-modda. Elektr taʼminoti korxonalari
Elektr energetikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-225-son) · Sana: 30.09.2009 · Amalda
Elektr taʼminoti korxonalari hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr energiyasini tuman, shahar, ishlab chiqarish zonasi doirasida isteʼmolchilarga taqsimlash va sotishni amalga oshiruvchi boʻlinmalaridir.
Elektr taʼminoti korxonalari:
isteʼmolchining belgilangan tartibda kiritgan takliflariga muvofiq elektr energiyasining oylik shartnomaviy isteʼmoli hajmlarini shakllantiradi;
Texnik jihatdan foydalanish qoidalariga muvofiq oʻz elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlaridan foydalanilishini va ularning taʼmirlanishini tashkil etadi;
oʻz elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarida elektr energiyasining texnologik nobudgarchiligini kamaytirish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Elektr taʼminoti korxonalari qonunchilikka muvofiq boshqa faoliyatni ham amalga oshirishi mumkin.
