20-modda. Tezkor-dispetcherlik boshqaruvi tizimi
Elektr energetikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-225-son) · Sana: 30.09.2009 · Amalda
Tezkor-dispetcherlik boshqaruvi tizimiga quyidagilar kiradi:
tizim operatori;
elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalarning tezkor-dispetcherlik xizmatlari;
magistral elektr tarmoqlari korxonasining tezkor-dispetcherlik xizmati;
qaysi yuridik shaxslarning elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlaridan magistral elektr tarmoqlari sifatida foydalanilsa, oʻsha yuridik shaxslarning tezkor-dispetcherlik xizmatlari;
hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining tezkor-dispetcherlik xizmatlari;
energiya koʻp sarflanadigan uskunalardan foydalanadigan yuridik shaxslarning tezkor-dispetcherlik xizmatlari.
Tezkor-dispetcherlik boshqaruvini amalga oshirish tartibi elektr energetikasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
