21-modda. Tizim operatori
Elektr energetikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-225-son) · Sana: 30.09.2009 · Amalda
Tizim operatori yagona elektr energetikasi tizimining ishlab turishi texnologik rejimining, magistral elektr tarmoqlarining tezkor-dispetcherlik boshqaruvini amalga oshiradi, shuningdek yagona elektr energetikasi tizimining boshqa davlatlar elektr energetikasi tizimlari bilan hamkorligini taʼminlaydi.
Tizim operatorining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
yagona elektr energetikasi tizimining ishonchli ishlab turishini taʼminlash;
elektr energiyasini hosil qilish va uning isteʼmoli balansini saqlab turish;
avariya rejimi yuzaga kelishining oldini olish, shuningdek uni bartaraf etish;
avariya rejimi bartaraf etilganidan keyin tizimning ishonchliligini tiklash.
