18-modda. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari
Elektr energetikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-225-son) · Sana: 30.09.2009 · Amalda
Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari elektr energiyasini isteʼmolchilarga taqsimlash va sotishni amalga oshiradi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari:
elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisidan shartnoma asosida elektr energiyasini oladi;
elektr taʼminoti korxonalariga isteʼmolchilar bilan elektr taʼminoti shartnomalari tuzish huquqini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda bosh ishonchnoma beradi;
isteʼmolchilarga elektr taʼminoti shartnomasi asosida elektr energiyasini sotishni amalga oshiradi;
isteʼmolchilarga elektr energiyasini yetkazib berishda xavfsizlikni taʼminlaydi;
oʻz elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarida elektr energiyasining milliy standartlarda belgilangan sifat koʻrsatkichlarini saqlab turadi;
Texnik jihatdan foydalanish qoidalariga muvofiq oʻz elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlaridan foydalanilishini va ularning taʼmirlanishini tashkil etadi;
oʻz elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarida elektr energiyasining texnologik nobudgarchiligini kamaytirish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
elektr energiyasini isteʼmol qiluvchi elektr qurilmalarini belgilangan tartibda hududiy elektr tarmoqlariga ulash uchun isteʼmolchilarga texnik shartlarni beradi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari qonunchilikka muvofiq boshqa faoliyatni ham amalga oshirishi mumkin.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xususiy operatorga tuman, shahar doirasida elektr energiyasini sotishning ayrim masalalarini topshirishi mumkin.
