Hamkorlik toʻgʻrisida
18.04.2007
Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan Misr Arab Respublikasi Standartlashtirish va sifat tashkiloti oʻrtasida
Anglashuv Memorandumi
Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan Misr Arab Respublikasi Standartlashtirish va sifat tashkiloti, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
xalqaro huquq normalariga asoslanib, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida hamkorlikni rivojlantirish istagida, savdo hamda sanoatdagi toʻsiqlarni bartaraf etish maqsadida;
atrof-muhitni muhofaza qilish, inson hayoti va sogʻligʻi uchun xavfsizlikning muhimligini anglab;
ikki Tomonning iqtisodiy manfaatlariga amal qilib;
ikki mamlakatning qonun hujjatlari doirasida;
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
1-modda
Tomonlar, mazkur Anglashuv Memorandumi va oʻz davlatlari qonun hujjatlariga asosan, quyidagilar nazarda tutiladigan qoʻshimcha bitim, bayonnoma va dasturlardan kelib chiqib standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash hamda akkreditatsiya sohasida hamkorlik qilishga ahdlashib oldilar:
— milliy standartlarni, savdodagi toʻsiqlarni bartaraf etishga koʻmaklashish, shuningdek ilmiy va texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadiga moʻljallangan xalqaro normalar bilan uygʻunlashtirish;
— Tomonlarning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha ilmiy va tadqiqot institutlari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirishga koʻmaklashish;
— davlatlararo yetkazib berilayotgan mahsulotga meʼyoriy hujjatlarni uygʻunlashtirish boʻyicha birgalikda faoliyat koʻrsatish;
— metrologiya boʻyicha Milliy idora tomonidan bajarilgan oʻlchov vositalarining sinov natijalari va akkreditatsiya qilingan kalibrlash laboratoriyalarda bajarilgan kalibrlash natijalarini oʻzaro eʼtirof etish;
— fizik kattaliklar uchun milliy va ishchi etalonlarni ishlab chiqish, takomillashtirish va solishtirish boʻyicha birgalikda faoliyat koʻrsatish;
— muvofiqlikni baholash natijalarini oʻzaro tan olish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish.
2-modda
Tomonlar, meʼyoriy hujjatlar, davriy nashrlar, milliy standartlar idoralari tomonidan nashr etilgan axborotlarni,
