1-modda
Hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 18.04.2007 · Amalda
Tomonlar, mazkur Anglashuv Memorandumi va oʻz davlatlari qonun hujjatlariga asosan, quyidagilar nazarda tutiladigan qoʻshimcha bitim, bayonnoma va dasturlardan kelib chiqib standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash hamda akkreditatsiya sohasida hamkorlik qilishga ahdlashib oldilar:
— milliy standartlarni, savdodagi toʻsiqlarni bartaraf etishga koʻmaklashish, shuningdek ilmiy va texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadiga moʻljallangan xalqaro normalar bilan uygʻunlashtirish;
— Tomonlarning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha ilmiy va tadqiqot institutlari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirishga koʻmaklashish;
— davlatlararo yetkazib berilayotgan mahsulotga meʼyoriy hujjatlarni uygʻunlashtirish boʻyicha birgalikda faoliyat koʻrsatish;
— metrologiya boʻyicha Milliy idora tomonidan bajarilgan oʻlchov vositalarining sinov natijalari va akkreditatsiya qilingan kalibrlash laboratoriyalarda bajarilgan kalibrlash natijalarini oʻzaro eʼtirof etish;
— fizik kattaliklar uchun milliy va ishchi etalonlarni ishlab chiqish, takomillashtirish va solishtirish boʻyicha birgalikda faoliyat koʻrsatish;
— muvofiqlikni baholash natijalarini oʻzaro tan olish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish.
