5-modda
Hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 18.04.2007 · Amalda
Agar maʼlumot berayotgan Tomon, hujjat va maʼlumot maxfiyligi toʻgʻrisida ogohlantirsa, ushbu Anglashuv Memorandumi doirasida Tomonlar olinayotgan hujjat hamda maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydilar.
Agar maxfiylik boshqa Tomondan belgilanmagan boʻlsa, har bir Tomon hamkorlik qilish natijasida olinayotgan ilmiy va texnikaviy maʼlumotdan erkin foydalanishi mumkin. Ushbu maʼlumot faqat uni berayotgan Tomonning roziligi bilan uchinchi tomonga berilishi mumkin.
Maxfiy maʼlumot, Tomonlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda Tomonlarning huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etiladi.
