13-modda
Hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 18.04.2007 · Amalda
Mazkur Anglashuv Memorandumi imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi. Ushbu Anglashuv Memorandumi besh yil muddatga tuziladi va Tomonlardan biri yozma ravishda uning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida oʻz niyati haqida boshqa Tomonni xabardor qilmaguniga qadar oʻz-oʻzidan keyingi bir yillik muddatga uzayaveradi. Bunday xabarnoma mazkur Anglashuv Memorandumining amal qilish muddati tugashidan kamida 6 (olti) oy ilgari yuboriladi.
Qohira shahrida 2007-yil 18-aprelda, ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Anglashuv Memorandumi qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, ingliz tilidagi matn asos sifatida qabul qilinadi.
(imzolar)
