13-modda. Hokimiyat vakillik organi sessiyasida deputatlar bildirgan taklif va mulohazalarni koʻrib chiqish
Oʻzbekiston Respublikasida Deputatlarning maqomi toʻgʻrisida (66-I-son) · Sana: 06.05.1995 · Amalda
Deputatlar sessiyada ogʻzaki bildirgan yoki sessiyada raislik qiluvchiga yozma ravishda bergan taklif va mulohazalar hokimiyat vakillik organi, uning qoʻmitalari yoki komissiyalari tomonidan koʻrib chiqiladi yoxud koʻrib chiqish uchun tegishli davlat organlari, jamoat birlashmalarining organlari va mansabdor shaxslarga yuboriladi.
Sessiyada deputatlar bildirgan taklif va mulohazalarning olgan davlat organlari, jamoat birlashmalarining organlari, mansabdor shaxslar kechi bilan bir oylik muddat ichida bu taklif va mulohazalarni koʻrib chiqishlari hamda natijalari toʻgʻrisida bevosita deputatga va tegishli hokimiyat vakillik organiga maʼlum qilishlari shart.
Deputatlarning taklif va mulohazalarini koʻrib chiqish hamda ularni roʻyobga chiqarish ustidan nazorat Oliy Majlis Kengashi, Joʻqorgʻi Kenges, tegishli komissiyalar va qoʻmitalar, Hukumat, hokimliklar tomonidan amalga oshiriladi.
