14-modda. Deputatning Oliy Majlis, Joʻqorgʻi Kenges, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari organlaridagi faoliyati
Oʻzbekiston Respublikasida Deputatlarning maqomi toʻgʻrisida (66-I-son) · Sana: 06.05.1995 · Amalda
Qoʻmita, komissiya yoki boshqa organlar tarkibiga kirgan deputat mazkur organlar koʻrib chiqish uchun har qanday masala va taklif kiritishga, bu masala va takliflarni koʻrib chiqish uchun tayyorlashda, ularni muhokama qilish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilishda, shuningdek qabul qilingan qarorlar roʻyobga chiqarilishini tashkil etish va ularning bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etishga haqlidir.
Deputat tegishli organning tarkibida boʻlsa-yu, uning qaroriga qoʻshilmasa, oʻz nuqtai nazarini sessiyada bayon qilishga yoki bu haqda raislik qiluvchiga yozma ravishda maʼlum qilishga haqlidir.
Qoʻmita yoki komissiya tarkibiga saylangan deputat ularning ishida hal qiluvchi ovoz bilan qatnashadi.
Qoʻmita yoki komissiyaning aʼzosi boʻlmagan deputat ularning majlisida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishi mumkin.
