44-modda. Korxona, muassasa, tashkilot kasaba soyuz komitetining mehnat shartnomasini (kontraktni) bekor qilishga rozilik berish toʻgʻrisidagi maʼmuriyat iltimosini qarab chiqish muddati
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat qonunlari kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (929-XII-son) · Sana: 02.09.1993 · Amalda
Kasaba uyushmasi komiteti xodimni ishdan boʻshatishga rozilik berish toʻgʻrisidagi masala boʻyicha qabul qilgan qarori haqida korxona, muassasa, tashkilot rahbarining yozma ravishdagi taqdimnomasini olganidan boshlab oʻn kunlik muddat ichida maʼmuriyatga yozma shaklda maʼlum qilishi kerak.”
34. 45-moddaning nomi, birinchi va ikkinchi qismlari “mehnat shartnomasini” degan soʻzlardan keyin “(kontraktni)” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
35. 46-moddada:
1) moddaning nomi va birinchi qismi “mehnat shartnomasini” degan soʻzlardan keyin “(kontraktni)” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
2) ikkinchi qism chiqarib tashlansin.
36. 47-moddaning birinchi qismidagi “SSR Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida” degan soʻzlar “qonunlarda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
37. 48-moddaning nomi, birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari “Mehnat shartnomasini”, “mehnat shartnomasi” degan soʻzlardan keyin tegishincha “(kontraktni)”, “(kontrakt)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
38. 49-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
