28-modda. Sugʻurta tashkilotlarini roʻyxatga olish
Sugʻurta toʻgʻrisida (833-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
1. Barcha sugʻurta tashkilotlarining, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi sugʻurta tashkilotlarining faoliyati Davlat sugʻurta nazoratida albatta roʻyxatga olinishi va ularga ruxsatnoma berilishi shart.
2. Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtmagan va qayta roʻyxatga olinmagan hamda tegishli ruxsatnoma olmagan sugʻurta tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida sugʻurta faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega emas va ularning ruxsatnomasiz sugʻurta faoliyatidan olgan hamma daromadi budjet foydasiga tortib olinadi.
3. Taʼsis hujjatlaridagi har qanday oʻzgarishlar albatta qayd qilinib, roʻyxatga olish reyestriga zarur oʻzgartishlar kiritilishi lozim.
4. Sugʻurta tashkilotlari roʻyxatga oluvchi organga taqdim etgan maʼlumotlarining toʻgʻri boʻlishi uchun javobgardir.
