2-modda. Standartlashtirish tizimi
Standartlashtirish toʻgʻrisida (1002-XII-son) · Sana: 28.12.1993 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini oʻtkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi standartlashtirish tizimi faoliyat koʻrsatadi.
Standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va taʼminlashni:
xalq xoʻjaligi tarmoqlarida — Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“Oʻzstandart” agentligi);
qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruksiyalashda — Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi;
tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli taʼsirlardan muhofaza qilish sohasida — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi;
tibbiyot uchun moʻljallangan mahsulotlar, shu jumladan dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika sohasida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan, shu jumladan import boʻyicha yetkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar mavjudligini aniqlash masalalarida — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi;
mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini taʼminlash, mudofaa ahamiyatiga molik mahsulotlar sohasida — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi amalga oshiradi.
Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruvi organlari oʻz vakolatlari doirasida standartlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va nashr etadi.
